• Merganlar - O'zbek Tilida
  • Zulmatdan Ovoz - O'zbek Tilida
  • Hevenhyorst - O'zbek Tilida
  • Yitqichni Izlab - O'zbek Tilida
  • Bo'rilar Jasorati - O'zbek Tilida
  • Yalmog'iz Dunyoni Qutqaradi - O'zbek Tilida
  • Ilonli Botqoq - O'zbek Tilida
  • Begona - O'zbek Tilida
  • Vahshiy Ona - O'zbek Tilida
  • Uddalab Bo'lmas Topshiriq 7 - O'zbek Tilida
  • Kompaniya - O'zbek Tilida
  • Hech Kimga Aytma - O'zbek Tilida
  • Najot Tongi - O'zbek Tilida
  • Stoun Yuragi - O'zbek Tilida
  • Avlod - O'zbek Tilida
  • Berkin - O'zbek Tilida
  • Solomon Keyn - O'zbek Tilida
  • Raketachilar Klubi - O'zbek Tilida
  • Enaga - O'zbek Tilida
  • Meg 2 - O'zbek Tilida
Наш опрос
YOSHINGIZ?
Всего ответов: 1362
Статистика


Яндекс.Метрика


Сейчас онлайн: 16
Гостей: 16
Пользователи 0

faxriddin
Tre
Submarine
Sher80
Tohirjon
hbahodir1980
Umida4008
17797
Nodirjon
Yagshisaxet
Главная » 2016 » Avgust » 18 » Test natijalarini Click tizimi orqali bilib olish mumkin
21:42
Test natijalarini Click tizimi orqali bilib olish mumkin


Click kompaniyasi Davlat test markazi (DTM) bilan hamkorlikda O‘zbekiston oliy o‘quv yurtlariga topshirilgan imtihonlarning natijalarini o‘z mobil telefonlari orqali bilib olish imkonini beruvchi xizmatlarni ishga tushirgani haqida mamnuniyat bilan xabar qiladi.Joriy yilning 1-avgust kuni mamlakatning deyarli barcha oliy o‘quv yurtlarida bo‘lib o‘tgan kirish imtihonlarining natijalarini hozirgi kunda 660 migdan ko‘proq yoshlar intizorlik bilan kutmoqda. Click tizimida DTM bilan hamkorlikda yaratilgan xizmat qayta ishga tushirildi. Ushbu xizmat yordamida imtihonlarning natijalarini USSD-so‘rovlar yoki ommabop Telegram messenjeri orqali bilib olish mumkin.

Bir so‘rovning qiymati, o‘tgan yildagidek, 1500 so‘mni tashkil qiladi. O‘zbekiston Respublikasi Markaziy bankining joriy kursi bo‘yicha ushbu qiymat taxminan 0,50 AQSh dollariga teng bo‘lmoqda. Shuni ta’kidlash joizki, so‘rov qiymati Click tizimiga ulangan plastik karta hisobidan yechiladi.

Natijalarni USSD-so‘rovlar orqali olish uchun mobil telefonda *880# terish va paydo bo‘lgan menyuda "DTM-2016” bandini tanlash, so‘ngra tizim yo‘riqlarini bajarish lozim.

Natijalarni Telegram mobil dasturi orqali olish uchun kontaktlar ro‘yxatiga DTM botini (@DTMbot yoki @DTMrobot) qo‘shish va unga /start buyrug‘ini jo‘natish kerak. Shundan so‘ng bot til tanlashingizni va boshqa kerak bo‘lgan ma’lumotni so‘raydi (batafsil ma’lumot yo‘riqnomada).

"O‘tgan yildagidek biz barcha abituriyentlarga ushbu ma’lumotni olishda maksimal qulay sharoitlarni yaratib berishga harakat qildik. So‘rovlarni hozirning o‘zida qoldirish mumkin, va natijalar e’lon qilingan zahoti, ular so‘rovlar bo‘yicha SMS yoki Telegram orqali jo‘natiladi. Fursatdan foydalanib, barcha abituriyentlarga yana bir bor omad tilab qolamiz”, — deb ta’kidladi Click kompaniyasining bosh direktori Rustamov Ulug‘bek.

Qo‘shimcha ma’lumot:
e-mail: info@click.uz
Web: www.click.uz
USSD: *880#

Click tizimi haqida:
Click tizimi — mobil banking tizimi bo‘lib, jismoniy shaxslarga mobil telefon orqali (USSD\SMS yordamida) yoki Internet orqali (Web\Web-mobile vositasida) turli hamkorlarning tovar va xizmatlari uchun to‘lovlarni amalga oshirish imkonini beradi. Tizim 2011-yil noyabr oyida tashkil qilingan Click MChJ kompaniyasi tomonidan ishlab chiqarilgan. Kompaniya faoliyatining asosiy yo‘nalishi – tijorat banklari, tashkilotlar, jismoniy shaxslar uchun dasturiy mahsulot ishlab chiqish, ularni joriy etish, turli apparat-dasturiy komplekslarga moslashtirish va yanada takomillashtirish.

Yo‘riqnoma
Natijalarni bilish uchun Telegram foydalanuvchilari quyidagilarni bajarishlari lozim:
• Kontaktlaringiz ro‘yxatiga DTM botini qo‘shing (@DTMbot ili @DTMrobot) va unga xabar orqali /start buyrug‘ini jo‘nating.
• Kerakli tilni tanlang (o‘zbek yoki rus tili)
• So‘ng "@uzrobotga o‘tish” tugmasini bosing va unga telefon raqamingizni ma’lum qiling (Share my contact menyusi)
• So‘ng DTM-botga /check so‘rovini yo‘llang
• DTM botining so‘roviga abituriyent varaqasining raqamini jo‘nating.
• Ushbu so‘rov asosida DTM boti raqamingizga Click tizimi orqali to‘lovni oshirish uchun hisob chiqaradi.
• To‘lov amalga oshirilgandan so‘ng, DTM boti ko‘rsatilgan abituriyent varaqasining raqami bo‘yicha sinov natijasini yuboradi.

Категория: Har-Hil | Просмотров:2069 | Добавил: Admin | Теги: Test natijalarini Click tizimi orqa | Рейтинг: 5.0/1
Всего комментариев: 0
Добавлять комментарии могут только зарегистрированные пользователи.
[ Регистрация | Вход ]
Профил
Время:09:52
Добро Пожаловать, Mexmon
Поиск
Калькулятор
Календарь