• Merganlar - O'zbek Tilida
  • Zulmatdan Ovoz - O'zbek Tilida
  • Hevenhyorst - O'zbek Tilida
  • Yitqichni Izlab - O'zbek Tilida
  • Bo'rilar Jasorati - O'zbek Tilida
  • Yalmog'iz Dunyoni Qutqaradi - O'zbek Tilida
  • Ilonli Botqoq - O'zbek Tilida
  • Begona - O'zbek Tilida
  • Vahshiy Ona - O'zbek Tilida
  • Uddalab Bo'lmas Topshiriq 7 - O'zbek Tilida
  • Kompaniya - O'zbek Tilida
  • Hech Kimga Aytma - O'zbek Tilida
  • Najot Tongi - O'zbek Tilida
  • Stoun Yuragi - O'zbek Tilida
  • Avlod - O'zbek Tilida
  • Berkin - O'zbek Tilida
  • Solomon Keyn - O'zbek Tilida
  • Raketachilar Klubi - O'zbek Tilida
  • Enaga - O'zbek Tilida
  • Meg 2 - O'zbek Tilida
Наш опрос
Qaysi mobil operatordan foydalanasiz?
Всего ответов: 373
Статистика


Яндекс.Метрика


Сейчас онлайн: 21
Гостей: 21
Пользователи 0

faxriddin
Tre
Submarine
Sher80
Tohirjon
hbahodir1980
Umida4008
17797
Nodirjon
Yagshisaxet
Главная » 2022 » Sentyabr » 17 » Telegram yangilandi: Premium emojilardan endi hamma foydalansa bo‘ladi
21:16
Telegram yangilandi: Premium emojilardan endi hamma foydalansa bo‘ladi

Telegram jamoasi ilovaning yangi versiyasini taqdim qildi. 

Mesenjer avvalgi yangilanishida emojilar bilan bog‘liq bir qator o‘zgarishlarni taqdim etgan edi. Bu safar esa emojilar yanada takomillashtirildi. 
Cheksiz reaksiyalar

Endi barcha foydalanuvchilar avval faqat Telegram Premium’da ishlatish mumkin bo‘lgan emojilardan foydalanishi mumkin. 

Ko‘plab yangi emojilarni ko‘rish qulay bo‘lishi uchun yangilangan reaksiyalarni tanlash menyusini endi kengaytirish mumkin. Tez-tez foydalaniladigan reaksiyalar ro‘yxat yuqorisida chiqadi.

Telegram Premium obunasiga ega foydalanuvchilar reaksiya sifatida nafaqat standart, balki minglab mualliflik emojilaridan birini tanlashi mumkin. 

Cheksiz turli-tuman emojilardan bittasini tanlash oson bo‘lmaydi, shuning uchun endi Premium foydalanuvchilar 3 tagacha reaksiya yuborishi mumkin.

Reaksiyalarga kiritilgan ushbu o‘zgarishlardan hozircha guruhlar va alohida chatlarda foydalanish mumkin.

Adminlar o‘z guruhlarida maxsus reaksiyalardan foydalanishga ruxsat berishi yoki taqiqlashi mumkin.
Emoji statuslar

16-sentabrdan boshlab Telegram Premium obunasiga ega foydalanuvchilar hozir qanday kayfiyatda ekani yoki nima bilan shug‘ullanayotganini bildirish uchun ismlari yonida aks etuvchi animatsiyali statuslarni belgilashi mumkin. 

Bu maxsus status chatlar ro‘yxati, guruhlar va profilda Premium nishoni o‘rnini egallaydi.

Turli Telegram mavzulariga mos kelishi uchun ranglarini o‘zgartiruvchi 7 ta standart statusdan yoki cheksiz sondagi maxsus emojilardan birini tanlash mumkin. 

Ish, uyqu, sayohat va boshqalar uchun ommabop tavsiyalar yuqorida aks etadi.

Statusni o‘zgartirish uchun chatlar ro‘yxati yuqori qismidagi Premium nishonini bosish yoki Sozlamalarga kirish lozim. Statusni muayyan muddatga belgilash uchun emojini bosib turish talab etiladi.

Ochiq emojilar platformasi barcha uchun ochiq. Uning yordamida Premium foydalanuvchilar uchun unikal qahramonlarga ega maxsus to‘plamlarni yuklash mumkin.
Hisobga yanada qulay kirish

Tez-tez hisobga kirib-chiqadigan foydalanuvchilar endi email manzili, Apple yoki Google orqali kirish yordamida login kodlarini olishi mumkin.

iOS uchun ilovada Telegram hisobiga kirish allaqachon Android foydalanuvchilariga tanish bo‘lgan yangi interfeyslar va quvnoq animatsiyalar bilan yanada soddalashtirildi.
Yangi foydalanuvchi nomi havolalari

Telegramda istalgan ommaviy @username manzili uchun t.me/username ko‘rinishidagi havola ishlaydi. 

Uni Internetda ulashish oson, demak, siz yuborayotgan istalgan kishi ommaviy profil, guruh yoki kanalingizga tezda kirishi mumkin.

Endi har bir foydalanuvchi nomi username.t.me shaklidagi unikal havola formatiga ega. Bu ismini ajratib ko‘rsatmoqchi bo‘lganlar (yoki / tugmasini topishga qiynalayotganlar) uchun mo‘ljallangan.
Android uchun ilovada yuklanmalarga ustuvorlik berish

Faol yuklab olinayotgan media va fayllarni Qidiruv panelining "Yuklanmalar” sahifasida yoki chatlaringiz ro‘yxatida chiqadigan belgisini bosish orqali boshqarish mumkin. 

Foydalanuvchilar yuklanmalar tartibini ustuvorligini oshirish yoki pasaytirish orqali o‘zgartirishi mumkin. 

Buning uchun kerakli qatorni bosib turish, keyin uning o‘rnini almashtirish kifoya. Har doim birinchi o‘rinda ro‘yxat boshidagi fayl yuklab olinadi. Bu funksiya iOS uchun ilovada allaqachon mavjud edi.
Android uchun ilovada yangi dizayn elementlari

Android uchun ilovada mediani ochish, yopish va o‘zgartirishda endi yangi ravon animatsiyalar hamrohlik qiladi.

Android 13 yoki undan keyingi versiyadagi qurilma egalari telefonidagi tungi rejim sozlamalari va asosiy rangga avtomatik moslanuvchi mavzuli Telegram ikonkasini tanlashi mumkin.
Категория: Har-Hil | Просмотров:250 | Добавил: moderator | Теги: yangilik | Рейтинг: 0.0/0
Всего комментариев: 0
Добавлять комментарии могут только зарегистрированные пользователи.
[ Регистрация | Вход ]
Профил
Время:11:58
Добро Пожаловать, Mexmon
Поиск
Калькулятор
Календарь
«  Sentyabr 2022  »
ПнВтСрЧтПтСбВс
   1234
567891011
12131415161718
19202122232425
2627282930