• Merganlar - O'zbek Tilida
  • Zulmatdan Ovoz - O'zbek Tilida
  • Hevenhyorst - O'zbek Tilida
  • Yitqichni Izlab - O'zbek Tilida
  • Bo'rilar Jasorati - O'zbek Tilida
  • Yalmog'iz Dunyoni Qutqaradi - O'zbek Tilida
  • Ilonli Botqoq - O'zbek Tilida
  • Begona - O'zbek Tilida
  • Vahshiy Ona - O'zbek Tilida
  • Uddalab Bo'lmas Topshiriq 7 - O'zbek Tilida
  • Kompaniya - O'zbek Tilida
  • Hech Kimga Aytma - O'zbek Tilida
  • Najot Tongi - O'zbek Tilida
  • Stoun Yuragi - O'zbek Tilida
  • Avlod - O'zbek Tilida
  • Berkin - O'zbek Tilida
  • Solomon Keyn - O'zbek Tilida
  • Raketachilar Klubi - O'zbek Tilida
  • Enaga - O'zbek Tilida
  • Meg 2 - O'zbek Tilida
Наш опрос
YOSHINGIZ?
Всего ответов: 1362
Статистика


Яндекс.Метрика


Сейчас онлайн: 20
Гостей: 20
Пользователи 0

faxriddin
Tre
Submarine
Sher80
Tohirjon
hbahodir1980
Umida4008
17797
Nodirjon
Yagshisaxet
Главная » 2016 » Avgust » 24 » Telefoningiz batareyasi quvvatini tejashning 10 ta oddiy usuli
10:12
Telefoningiz batareyasi quvvatini tejashning 10 ta oddiy usuli

Smartfonlarda  hozirgi kunda juda mashhur bo‘lgan Pokemon Go kabi katta quvvat talab qiladigan ilovalar paydo bo‘lgandan beri, foydalanuvchilar batareya quvvatini uzoqroq saqlab qolish imkoniyatini qidirishmoqda.

London universiteti qoshidagi kollej injener-kimyogari Pol Shiringning ma'lumot berishicha, bu muammoni bartaraf etishning oddiy usullari mavjud ekan. Marhamat, ular bilan tanishing!

1.Keraksiz ilovalarni yopish

Smartfonlar foydalanilayotgan bir necha ilovalarni ta'minlash maqsadida juda katta quvvat yo‘qotadi, bu haqda smartfon egasiga aksariyat operatsiya tizimlari ham qancha quvvat sarflayotgani haqida ma'lumot berishi mumkin. Quvvatni ortiqcha sarflamaslik uchun  ayni paytda foydalanayotgan ilovanigina ochiq qoldirib, qolganlarini yopib qo‘ying.

2. GPSni o‘chirish
Turgan joyni ko‘rsatuvchi, manzilni aniqlovchi xizmat ham juda katta quvvat talab qiladigan "ochko‘z” xizmatlardan biridir. Agar undan foydalanmayotgan bo‘lsangiz, o‘chirib qo‘yganingiz ma'qul.

3. Rush xabarlarini ham o‘chirib qo‘ying
Batareya quvvatini tejab-tergab ishlatishni istasangiz, ijtimoiy tarmoqlarga kelgan yangi xatlar haqidagi xabarlar xizmatini ham o‘chirib qo‘ying.

4. Dastur ta'minotini yangilash
Aksariyat telefonlarda quvvatni tejovchi turli dasturlar o‘rnatilgan. Ularning eng oxirgi versiyagacha yangilash kerak.

5. Bluetooth ni o‘chirish

Agar boshqa gadjetga simsiz ulanish zarurati bo‘lmasa, bu xizmatning sifatiga putur yetkazmaslik, telefonni  yana biror soat ortiqcha ishlatish uchun uni o‘chirib qo‘ying.

6. Ekran yorqinligini kamaytirish
Ekranni yorqinlashtiruvchi avtomatik sozlovchi qurilmani ishlating. Agar ko‘proq quvvatni iqtisod qilmoqchi bo‘lsangiz, xona ichi yorug‘ bo‘lsa, ekran yorqinligini qo‘lda kamaytiring.

7. Yaxshisi Wi-Fi dan foydalaning

Wi-Fi orqali ma'lumotlar bazasiga kirilganda, mobil tarmoq orqali kirgandan ko‘ra kamroq quvvat sarflanadi. Ijtimoiy tarmoqqa simsiz kirish asosiy sozlash menyusi orqali amalga oshiriladi.

8. Telefonning qizib ketmasligiga e'tibor berish
Smartfon – cho‘ntak kompyuteri vazifasini o‘tagani bilan statsionar kompyuter qarindoshlaridan tubdan farq qiladi, chunki uning sovitish tizimi mavjud emas. Smartfonning harorat diapazoni  0 dan 35 °S gacha bo‘lishi lozim.  Gadjet havo haroratida o‘zini yaxshi his qiladi, uni issiq havoda quvvatlantirish mumkin emas. Bu batareyaning ishdan chiqishiga olib keladi.

9. G‘ilofini yechish
Telefonni quvvatlantirayotganda akkumulyatori qizib ketmasligi uchun ustidan g‘ilofini olib qo‘yganingiz ma'qul. Aslida esa aksariyat telefonlar ustida g‘ilof tursa ham qizimasligi lozim.

10. Ortiqcha quvvatlantirish

Zamonaviy, litiy-ionli batareyalar uchun uni qancha quvvatlantirishning ahamiyati yo‘q.  Chunki telefon keragicha quvvatga ega bo‘lgandan  keyin quvvatlantiruvchi qurilma avtomatik tarzda o‘chadi. Smartfoningiz barcha xavfdan xoli bo‘ladi.

Категория: Har-Hil | Просмотров:2375 | Добавил: Admin | Теги: Telefoningiz batareyasi quvvatini t | Рейтинг: 5.0/1
Всего комментариев: 0
Добавлять комментарии могут только зарегистрированные пользователи.
[ Регистрация | Вход ]
Профил
Время:18:49
Добро Пожаловать, Mexmon
Поиск
Калькулятор
Календарь