• Merganlar - O'zbek Tilida
  • Zulmatdan Ovoz - O'zbek Tilida
  • Hevenhyorst - O'zbek Tilida
  • Yitqichni Izlab - O'zbek Tilida
  • Bo'rilar Jasorati - O'zbek Tilida
  • Yalmog'iz Dunyoni Qutqaradi - O'zbek Tilida
  • Ilonli Botqoq - O'zbek Tilida
  • Begona - O'zbek Tilida
  • Vahshiy Ona - O'zbek Tilida
  • Uddalab Bo'lmas Topshiriq 7 - O'zbek Tilida
  • Kompaniya - O'zbek Tilida
  • Hech Kimga Aytma - O'zbek Tilida
  • Najot Tongi - O'zbek Tilida
  • Stoun Yuragi - O'zbek Tilida
  • Avlod - O'zbek Tilida
  • Berkin - O'zbek Tilida
  • Solomon Keyn - O'zbek Tilida
  • Raketachilar Klubi - O'zbek Tilida
  • Enaga - O'zbek Tilida
  • Meg 2 - O'zbek Tilida
Наш опрос
Bizning Saytga Yana Qanday Loyihalar Kiritish Lozim?
Всего ответов: 231
Статистика


Яндекс.Метрика


Сейчас онлайн: 14
Гостей: 14
Пользователи 0

faxriddin
Tre
Submarine
Sher80
Tohirjon
hbahodir1980
Umida4008
17797
Nodirjon
Yagshisaxet
Главная » 2016 » Sentyabr » 29 » Telefondagi notanish yigitga ko‘ngil qo‘ydim, keyin bilsam...
14:15
Telefondagi notanish yigitga ko‘ngil qo‘ydim, keyin bilsam...

Bugun aloqa vositalari juda ko‘p. Albatta, ularning ijobiy tomonlari juda bisyor. Afsuski, tanganing ikki tomoni bo‘lgani kabi, ularning salbiy jihatiga ham ko‘z yuma olmaymiz. Ism-sharifini sir tutishimizni so‘rab maktub yo‘llagan muxlisamizning dil kechinmalari aynan shu so‘zlashuv vositalari bilan bog‘liq. O‘ylaymizki, bugun bu singlimizning kechmishlariga o‘xshash voqyealar har qadamda uchraydi: kimdir suygan, kimdir kuygan. Lekin hamma ham bundan to‘g‘ri xulosa chiqara olmaydi. Ushbu hodisa kimlargadir saboq bo‘lsa ajabmas...

"Umrimiz shu qadar qisqaki, qandaydir olisdagi baxtni kutib yashash uchun yetarli emas. Undan ko‘ra, ba'zida oldimizdagi, yonginamizdagi baxtni his qilib yashash bizga ko‘proq shodlik beradi. Qaysidir qilayotgan yomon ishlarimiz gunoh ekanligini bilamiz, ammo bilib turib qo‘l uramiz. Eng yomoni, bilib, yana davom ettiraveramiz...

Bu hislar, bu fikrlar ayni damda mening boshimda aylanadi. Tinimsiz charx uradi va go‘yo pilla qurti o‘z ipiga o‘ralgani kabi, men ham o‘z dardimga o‘ralaveraman, undan chiqib ketolmayman, yiroqlasholmayman. O‘ylaganim sari boshi berk ko‘chaga kirib qolganga o‘xshayman. Birovga tish yorib aytolmayman. Aytgim keladi, ammo...

Yaxshiyam, "Yuragimda saqlaganlarim...” bor...

Mana, men ham dardimni to‘kib soladigan bo‘ldim...

Hammasi mening telefonimga begona raqamdan qo‘ng‘iroq bo‘lgan kundan boshlandi. Qizig‘i, qo‘ng‘iroqqa men emas, dugonam javob berdi.

—   Alo? — u o‘zining telefoni bo‘lmagani uchun erkin va xushchaqchaqlik bilan.

Dugonamning nozli so‘zlashi va menga qarab ko‘z qisib qo‘yishidan yigit kishi ekanligini payqadim. Yigit nima dedi bilmadim-u, dugonam "quloqqa lag‘mon ilish”ni boshlab yubordi:

—   Kimga qo‘ng‘iroq qilayotganingizni bilmaysizmi? Ha-a-a... Men "Adashib tushgan yigitlarni ro‘yxatga olish va to‘g‘ri yo‘lga solish” kompaniyasining boshlig‘iman... Hm... Yo‘q. Kompaniya xizmati pullik. Har adashib tushganingizda hisob raqamimizga yoki mana shu raqamga ming so‘m tashlab qo‘yishingiz shart. Arzon deysizmi?.. Albatta, bir adashgan banda, qayta-qayta adashaveradi va avvaliga har kuni keyin kunda ikki marta, so‘ng har soatda adasha boshlaydi. Qarabsizki, siz arzon deb baholagan xizmatimiz uni bor-budidan ayiradi... Nima?.. Ha, ha biz faqat mijozlarning manfaatiga xizmat qilamiz...

Dugonam gaplashaverdi. Men esa uning ichidan qaynab kelayotgan gaplardan zavqlanib kulaverdim. Suhbat tugagach, yana o‘z ishimiz bilan band bo‘ldik. Adashib qo‘ng‘iroq qilgan yigitni unutdik. Ertasiga kutilmaganda yana notanish raqamdan qo‘ng‘iroq bo‘ldi.

—  "Adashib tushgan yigitlarni ro‘yxatga olish va to‘g‘ri yo‘lga solish”kompaniyasimi? — dedi yigit kishi dabdurustdan.

Kechagi suhbat birdan yodimga kelmagani bois, "Yo‘q” dedim. Birdan yodimga tushdi va kulib yubordim.

—   Kompaniya xodimlari juda sho‘xmi, deyman? SHo‘xlik qizbolaga yarashadi. Xo‘sh, nechta adashganni to‘g‘ri yo‘lga soldingiz?

—   Sanog‘i yo‘q. Bu dunyoda adashmagan odam bor ekanmi? — dedim yigit meni dugonam deb o‘ylayotganidan zavqlanib.

—   Xizmat haqi ming so‘mmidi? Tashladim, ming so‘m. Undan keyin ming so‘m evaziga to‘g‘ri yo‘lni topish zo‘r-ku! Qani edi, rostmana shunday kompaniya bo‘lsa... Pulini qo‘yarga joy topa olmay qolardi. Chunki dunyoda adashmagan insonning o‘zi yo‘q. Ikki og‘iz maslahat — ming so‘m. Minglab odamlar har kuni qo‘ng‘iroq qiladi. "Xotinim bilan urishib qoldim. Negadir yarashgim kelmayapti. To‘g‘ri yo‘lni ko‘rsting”, deydi biri. "O‘g‘lim chetga ishga ketmoqchi, qaytara olmayapman. Uni to‘g‘ri yo‘lga solishning iloji bormi?” deydi boshqasi. Yana biri esa "Uylanganman-u, qizlar bilan ham gaplashgim kelaveradi-da”... deydi. Menimcha, shunday deguvchilar ko‘p bo‘ladi. Agar siz ularga "To‘g‘risi, har kuni o‘nta qizga qo‘ng‘iroq qiling. Oxiri bezib ketib, o‘zingiz bu yo‘ldan qaytasiz”, desangiz bormi, mijozlaringiz yanada oshadi...

Yigitning zavqu-shavqqa to‘lib gapirishiga mahliyo bo‘ldim. O‘z-o‘zidan savolga tutdim:

—  Sizam shunaqa maslahat istab qo‘ng‘iroq qilayotgandirsiz, honahoy...

—  Albatta. Mening ham xotinim, ikkita o‘g‘lim bor. Lekin negadir notanish qizlarga qo‘ng‘iroq qilib suhbatlashish jonu dilim, — hech narsani yashirmadi u.

Men esa birdan dedim:

—  Bo‘pti...

—  Iye, shoshmang. Men xizmat haqini to‘lab qo‘yganman. Gaplashishga majbursiz.

—  Nima qilasiz, xotiningiz, bolalaringizga xiyonat qilib...

—  Qani, xiyonat qilayotganim? Men bir kompaniya xizmatidan foydalanayapman, xolos...

Xullas, u aloqani uzishimga yo‘l qo‘ymadi. Ertasiga ham, indiniga ham xuddi rostmana kompaniya xizmatidan foydalanayotgandek, telefon raqamimga ming so‘m tashlaydi-da, gaplashaveradi. Men ham hech narsa deya olmayman. Lekin oilasi borligi uchun bu suhbatga chek qo‘yishim kerakligini yaxshi bilardim. Shunday qildim, ham. U esa darhol xabar yo‘llash yo‘liga o‘tdi. Ochig‘i, gaplashmaganimga qo‘ymadi. Suhbatlasha-suhbatlasha unda uchrashish istagi ham paydo bo‘ldi. Bir-birimizdan qayerda yashashimizni so‘radik. Eng qizig‘i, bizdan sal narida, uzoqroq qo‘shnimiz desak ham bo‘larkan...

Oxiri ko‘rishdik...

 Uni ko‘rdim. YAqindan, yaqqol ko‘rdim: chiroyli, kelishgan, qoshlari tutash, ko‘zlari yashil tusli... Xuddi xorij kinolaridagi aktyorlarni eslatadi.

Lekin yuragim jiz etmadi. Ya'ni, unga nisbatan o‘zimda hech bir hisni tuymadim. Bundan xursand ham bo‘ldim. Axir uning oilasi bor!

—  Boshqa menga qo‘ng‘iroq qilmang! Bu uchrashuv birinchi va oxirgisi. Yana, bizdan u qadar uzoq bo‘lmagan "dom”da ekanmiz. Shahar bo‘lgani bois, bir-birimizni bilmaganmiz. Qishloq yo mahalla bo‘lsa, bunaqa bo‘lmasdi. Yuzxotir qilib ham gaplashmasdingiz.... — dedim dangaliga ko‘chib.

Bu gaplarim unga kor qilmadi. Qo‘ng‘iroq qilishni kanda qilmasdi. Shu tufayli telefonimni bir necha bor o‘chirib qo‘ydim. Ishga tushirganimda esa uning qo‘rg‘iroq qilganini bildiruvchi o‘nlab xabarlar turnadek tizildi...

Oradan kunlar o‘tdi. Men bora-bora unga o‘rgana boshladim. U esa hamon qo‘ng‘iroq qilishdan charchamasdi. Suhbatimiz uzoq cho‘ziladigan bo‘ldi. Bir-ikki kun suhbatlashmay qolsak, bir-birimizni sog‘inardik. Gap-so‘zimiz ko‘proq hazil-huzuldan iborat bo‘lar, jiddiy gaplashishga yuragim betlamasdi.

"Nega u bilan gaplashyapman? Nega tanishdim? Bundan ne naf? Biribir turmush qurmasak, baxtli bo‘lmasak... U xotini, ikki o‘g‘lidan voz kechib, senga uylanarmidi? Shuni bila turib, nega gaplashishda davom etasan?”

Bu oxiri yo‘q savollarga javob topishga o‘zimda kuch topa olmasdim. Bilib-bilmay mubtalo bo‘lgan muhabbatim oldida ojiz edim. Juda, judayam, ojiz...

Yoz chillasi. Unga o‘zim qo‘ng‘iroq qildim. Ayol kishining "Alo?” degan muloyim ovozi eshitildi. Qotib qoldim.

—  Yaxshimisiz? Kim kerak, edi? Xo‘jayinimmi? Nega indamaysiz? — yaxshi gapira boshladi ayol. — Xijolat bo‘lmang, erimga ish yuzasidan bunaqa qo‘ng‘iroqlar har kuni bo‘ladi...

—  O‘zlari qayerda? — dedim beixtiyor.

—  Hozir keladilar. Nima deb qo‘yay? Ismingiz nima? Qayerdan qo‘ng‘iroq qilayapsiz?

—  Ismim... — ayolning muloyim va shirin muomalasi meni tilga kiritgandi.

—  Gapiring. Ular kelguncha tanishib turaylik...

—  Men siz bilan tanisha olmayman... — dedim birdan cho‘chib.

—  Nega?

—  ...

—  Ha-a, bilaman, nima uchun tanisha olmasligingni? Xotini bor deb o‘ylamaganding, a? Uylanishini kutib yurganmiding?..

Ayol bilan anchagina "san-man”ga bordik...

Lekin o‘ylaymanki, u meni ko‘cha-ko‘yda ko‘rsa tanimaydi. Shundan xotirjamman. Ammo yuragim bir dahshatga tushdi.

Uydagilar, odamlar bilsa nima bo‘ladi?

"Esing borida etagingni yig‘ishtir! Unut uni! U uchun shunchaki ermaksan! O‘zingni qo‘lga ol!”

O‘zimga shu so‘zlarni bot-bot ayta boshladim. U bilan aloqani birdan uza olmasligimni bilib, asta-sekinlik bilan suhbatlarimiz orasini uzoqlashtirishga harakat qildim. Bu orada ular bizga yaqinroq joyga keldi. Ayoli bilan qo‘shni sifatida tanishdim. U meni qo‘shni qiz sifatida biladi, xolos. Men esa...

Hozir deyarli qo‘ng‘iroqlashmaymiz. Ko‘rishib qolsak, shunchaki hol-ahvol so‘rashamiz xolos. Xuddi qo‘shnilardek...

Uning oilasiga hech qanday yomonligim, adovatim yo‘q. O‘ziga ham. Uni ham tushunaman. Axir ko‘r yo kar emasman. Telefon yoki boshqa aloqa vositalari orqali qizlar bilan tanishib, sevishib qolib, oilasidan voz kechganlar, farzandlarini yetim qilganlar ozmi? U bunday qilmadi-ku! Ehtimol, meni aldagandir? Shunchaki ermak qilgandir? Lekin men unga ko‘ngil qo‘ydim. Chindan muhabbat otliq tuyg‘uga oshno bo‘ldim. Yondim, kuydim, qizg‘andim, suydim...

Qalbimda bo‘y cho‘zgan bu to‘yg‘ular menga yomonlik bermadi. Tushunishga, hayotga teranroq qarashga o‘rgatdi. Kun kelib, o‘z baxtimni topsam, balki unutib ham yuborarman...

Demoqchi bo‘lganim, o‘z vaqtida xatodan oyoq tortishning o‘zi ham jasorat, shuning o‘zi ham insoniylik! Demak, u ham, men ham hali tubanlashib ketmadik. Hali ham pok tuyg‘ular og‘ushidamiz. Garchi muhabbatdan yiroq bo‘lsak-da, baxtlimiz!


Категория: Har-Hil | Просмотров:1734 | Добавил: Admin | Теги: Telefondagi notanish yigitga ko‘ngi, keyin bilsam... | Рейтинг: 5.0/1
Всего комментариев: 0
Добавлять комментарии могут только зарегистрированные пользователи.
[ Регистрация | Вход ]
Профил
Время:04:31
Добро Пожаловать, Mexmon
Поиск
Калькулятор
Календарь