Меню сайта
Супер премьера
Реклама
Загрузка...
Наш опрос
SAYTGA NIMALAR KO'PROQ KERAK?
Всего ответов: 1357
Статистика

waplogStatok.net


Сейчас онлайн: 79
Гостей: 79
Пользователи 0

muzaffar957
abduaziz
ixti9219
xitlog
ensoniq
998749949480
karol
asasin77
woxruvz
alik(
Тизер
Главная » 2016 » Oktyabr » 12 » Tanishuv saytlari, behayo yozishmalar – erimni yo‘lga sololmayapman..
07:43
Tanishuv saytlari, behayo yozishmalar – erimni yo‘lga sololmayapman..

Avvallari tahririyatga maktub yo‘llaganlar haqida o‘qisam, hayron bo‘lardim «Qanday yozisharkin?» deb. Buni qarangki, bugun o‘zim ham xat yozayapman. Yoshim 45da, turmush o‘rtog‘im mendan bir yosh katta. Farzandlarimiz, uch nafar nabiramiz ham bor.   

So‘nggi 15 yil ichida sog‘ligimni yo‘qotib bo‘ldim. Nevrozga chalinganman. Bir necha oy ilgari bachadonimdagi miomani jarrohlik yo‘li bilan olib tashlashdi. Ammo muammom bu ham emas.

Erimning noma'qul xatti-harakatlaridan ezilib ketdim. «Yoshim o‘tib borayapti, nabiralarim bor» demaydi. Tanishuv chatlariga kirib, o‘zini yosh yigit deb tanishtiradi-yu, qizlar bilan gaplashadi. Shunchaki, suhbatlashsa ham mayliga edi. Yotoqda kechadigan ishlarni aytib, erkalovchi so‘zlar bilan yozishadi. Ilgari behayo filmlar disklarni ko‘rardi. Zo‘rg‘a bu odatini yo‘q qildim. Endi bo‘lsa, uyali aloqa kompaniyalarining tanishuv saytlari chiqqan. O‘zi do‘konda savdo qiladi. Kun davomida telefoni qo‘lidan tushmaydi. Uyga kelib ham hech kim yo‘q xonaga kirib oladi-da, allamahalgacha telefon orqali qizlar bilan «yaqinlik qiladi». Bir-ikki safar qizlarning raqamlarini bilib, ularga qo‘ng‘iroq qildim. Ammo natijasi bo‘lmadi.

Turmush o‘rtog‘imning azaldan fe'li og‘irroq. Achchig‘i chiqqanida, bir necha marta javobimni bergan. Er-xotin yotoq masalasida ham kelisholmaymiz. Rosti, uning talablari tarbiyamga to‘g‘ri kelmaydi, qabul qilolmayman... Va tabiiyki, rad etganim uchun jahli chiqib, so‘kinadi.

O‘zim ham savdo bilan shug‘ullanaman. Erim ilgari rashk qilib turardi. Operatsiya bo‘lganimdan so‘ng men bilan ishi bo‘lmay qoldi. «Shirin so‘zingiz ko‘chadagilarga-yu, achchig‘i mengami?» desam baqiradi. «Sen bilan yaqinlik qilishimni o‘zing so‘ra mendan» deydi. Axir qanday qilib aytaman? Alam qilgani u bilan sevishib turmush qurganmiz.

YAqinda 7-sinfda o‘qiydigan o‘g‘limni masturbatsiya paytida ko‘rib qoldim. Otasiga aytsam, parvoyiga keltirmadi. Faqat «O‘g‘lingga qarab qo‘y» dedi, xolos. Jaxlim chiqib, o‘g‘limni rosa urishdim.

Otasining qiliqlarini bolalar bilib qolishidan juda qo‘rqaman. Lekin muammo tobora chuqurlashib ketayaptiki, nima qilishni bilmay qoldim. Maslahat bering, erimni noma'qul ishlardan qanday qaytaray? U bilan qanday muomala qilishni bilmayapman...»

Ismi sir tutildi.

Mushtariymizning murojaatini o‘qib, mavzuga qay tomonlama yondashishni uzoq o‘yladik. Garchi bu oilaviy muammo bo‘lsa-da, er-xotin munosabatlari va nozik masalalar ham tilga olinganki, ularga ham yechim topish talab etiladi. Balki xat bilan tanishgach, «Oila sirini ko‘chaga olib chiqish to‘g‘rimi?» dersiz. Ammo bu «sir» ayolning yelkasiga og‘irlik qilayotgan yoki kuni kelib bolalarning boshi xam bo‘lishiga sabab bo‘lsa-chi? Shunda ham indamay, ichga yutish kerak deysizmi?

Biz kimnidir oqlash yoki ayblash fikridan yiroqmiz. Mavzuga xolis yondashib, muammoga yechim topish maqsadida seksopotolog Dilmurod ERGASHEVGA yuzlandik.

15 yil oldin nima bo‘lgandi?

Hyech bir muammo o‘z-o‘zidan yuzaga kelmaydi. Uning tag zamirida, albatta, biror voqyea-hodisa yotadi. Maktubda tilga olinishicha, ayol so‘nggi o‘n besh yil davomida halovatini yo‘qotgan. Demak, muammo kecha, undan avvalgi kun yoki bir necha oy ilgari paydo bo‘lmagan. Xo‘sh, 15 yil ichida nimalar sodir bo‘ldi? Er-xotin munosabatlarida nimalar o‘zgardi? Avvalo, mana shu savolga javob topish lozim. Oila muhabbat asosiga qurilgan ekan, turmushning baxtli pallasi ham bo‘lgan. Ammo keyinchalik qandaydir holatlar sabab munosabatlar bugungi ko‘rinishga kelgan.

Erkakning xatti-harakatlaridan unda kompleks borligi sezilayapti. Ehtimol yoshlik chog‘ida yoki uylanganidan so‘ng nafsoniyatiga tegadigan qandaydir voqyea bo‘lgan-u, shuning ta'sirida o‘ziga nisbatan ishonchi pasaygan. Balki rafiqasi tomonidan bir necha bor rad etilishi ruhiyatiga zarba bo‘lgandir? Ha, biz erkaklarni kuchli jins vakili deb bilamiz. Ammo birgina so‘z ularni ko‘klarga ko‘taradi yoki, aksincha, yer bilan chilparchin qiladi.

Kompleks

46 yoshni qarshilagan erkak nima sababdan o‘zini yosh yigit sifatida tanishtiradi? Chunki unda o‘zidan qoniqmaslik, tashqaridan olayotgan muomalasiga ehtiyoj bor. Balki tashqi ko‘rinishidan qoniqmas. Yoki erkaklik g‘ururiga dahl qiluvchi holatlar yuzasidan ikkilanish mavjuddir. Nima bo‘lganda ham muammo erkak ruhiyatida yashiringan. Va shu narsa unga tinchlik bermaydi. Mutaxassis ko‘magi bilan uni qiynayotgan vaziyatni aniqlash mumkin.

Chegaradan chiqqanmi yoki?

Seksologiyada muammoning chegaradan chiqqan va chegara doirasidagi ko‘rinishlari bor. Birinchisi, mutaxassis nazoratida davolanishni talab qiladi. Ikkinchisi uchun esa kerakli tavsiya va yo‘l-yo‘riqlar bilan yondashish mumkin. Maktubdagi erkak muammosi esa yaqinlikka kirishish uchun stimul(rag‘batlantirish)ni tashqaridan izlashidir. Tibbiy tilda aytganda erkakning aloqaga kirishishi uchun ma'lum stimul bo‘lishi lozim. Bu organizm uchun normal holat. Kimdadir ko‘rish, kimdadir eshitish orqali xohish uyg‘onishi sodir bo‘ladi. Agar erkakning mazkur talablari qondirilmasa, u tashqaridan yupanch izlashga tushadi. Virtual muloqot yordamida behayo so‘zlarni aytish erkakdagi aynan shu muammo belgisidir.

Erkakning o‘ziga nisbatan ishonchi past. Shunga ham maqtov va rag‘batlardan ruhlanadi. Boshqalardan eshitgan erkalovchi so‘zlar uning erkaklik g‘ururini oshiradi, biroq rafiqasiga nisbatan salbiy munosabat paydo bo‘lishiga olib kelishi mumkin. Virtual muloqot yordamida uyg‘ongan xohishni esa jufti bilan yakunlashi mumkin. Biroq bu jarayonda hech qanday hislar bo‘lmaydi.

Tanishuvdagi «tanish»lar kim?

Ijtimoiy tarmoqlar yoki tanishuv saytlaridagi qizlar-chi, nahot ularda or-nomus yo‘q dersiz? Keling, hissiyotlarga berilmay, bafurja gaplashamiz. «Qahramon»imiz o‘zini yosh yigit deb tanishtirgan bir paytda, «qiz»larning yoshi aslidagidek deysizmi? Kim biladi, balki ular ham shu erkak qatoriyu, hayoni yuzidan sidirib tashlaganlardandir. Kim biladi, deysiz?! Ammo erkakni endi yo‘lga solish mumkinmikan??

Yechim:

Er-xotin o‘rtasidagi munosabatlarda garmoniyaning yo‘qligi ularni bir-biridan uzoqlashtirgan. Gormoniya esa bir-birini tushunish, tinglash va xohish-istaklarini o‘rganish bilan vujudga keladi. Agar ayol juftini o‘zidan itarsa, uning dunyoqarashi, fikrlashini noto‘g‘ri bilib, o‘z bilganidan qolmasa yoxud erkak talablarini to‘g‘ri yetkaza olmay rafiqasini xo‘rlasa, garmoniya paydo bo‘lmaydi. Avvalgi, bor munosabatlar ham asta-sekinlik bilan nurab boraveradi. Xo‘sh, maktub egasiga nima deymiz? Tibbiy tomondan ayolga ruhshunos va seksopatolog maslahati kerak. Juftini bu ishlardan qaytarish uchun o‘zini qo‘lga olishi, uni turmushining dastlabki yillaridagi qiyofada ko‘rishga harakat qilishi, munosabatlarni yaxshilashga urinishi lozim. Erkakchi, u bilganini qilaveradimi, dersiz? Yo‘q! U ham o‘zgaradi. Qachonki o‘ziga nisbatan munosabat o‘zgarganini ko‘rsa! Qachonki jufti unga ishonayotgani, talpinayotgani va tushunayotganini sezsa!

O‘g‘il masalasi...

Masturbatsiya jinsiy yetilish davrini boshidan kechirayotgan o‘spirinlar uchun normal holat. Hatto, farzandingizni bu holatda ko‘rib qolsangiz ham o‘zingizni nazorat qiling. Aslo, dakki bermang. Ota, o‘g‘liga sodir bo‘lgan jarayonni sodda tilda tushuntirib, gigiyena qoidalariga rioya etishni o‘rgatsin. Bu ishga onalarning aralashmagani ma'qul. Chunki ular bilib-bilmay turli gaplarni aytishadi. «Yana shunday qilsang, uylanolmaysan. Bolang bo‘lmaydi» kabi qo‘rqitishlar bola ruhiyatini siquvga olib, keyinchalik turli muammolarga sabab bo‘lishi mumkin. Organizmning me'yoriy jarayoni to‘g‘ri tushuntirilsa, hammasi yaxshi bo‘ladi.

Категория: Har-Hil | Просмотров: 400 | Добавил: Admin | Теги: беҳаё ёзишмалар – эримни йўлга соло, Танишув сайтлари | Рейтинг: 0.0/0
Всего комментариев: 0
Добавлять комментарии могут только зарегистрированные пользователи.
[ Регистрация | Вход ]
Профил
Время:23:22
Добро Пожаловать, Mexmon
Переводчик сайтов
Поиск
Для Android
Реклама
Календарь