
So'nggi vaqtlarda asosan xorijda ijod qilayotgan xonanda, O'zbekistonda xizmat ko'rsatgan artist Sevara Nazarxon ijtimoiy tarmoqlardagi shaxsiy sahifasi orqali farzandli bo'lganini xabar qildi. 38 yoshli xonanda ikkinchi farzandi qizligini ma'lum qilib, suratga "Xush kelibsiz! Qizim, Imon Anvar” deya izoh qoldirgan. Ma'lumotlarga qaraganda, xonanda otasining ismini qiziga familiya qilib bergan. Ma'lumot uchun, 2000 yillardan san'atga kirib kelgan xonanda 2003 yilda O'zbekiston davlat konservatoriyasini bitirgan. 2000 yilda "Nihol” mukofoti, 2002 yilda O'zbekistonda xizmat ko'rsatgan artist unvoni bilan taqdirlangan. Oilali, Dengiz ismli o'g'li bor.