• Merganlar - O'zbek Tilida
  • Zulmatdan Ovoz - O'zbek Tilida
  • Hevenhyorst - O'zbek Tilida
  • Yitqichni Izlab - O'zbek Tilida
  • Bo'rilar Jasorati - O'zbek Tilida
  • Yalmog'iz Dunyoni Qutqaradi - O'zbek Tilida
  • Ilonli Botqoq - O'zbek Tilida
  • Begona - O'zbek Tilida
  • Vahshiy Ona - O'zbek Tilida
  • Uddalab Bo'lmas Topshiriq 7 - O'zbek Tilida
  • Kompaniya - O'zbek Tilida
  • Hech Kimga Aytma - O'zbek Tilida
  • Najot Tongi - O'zbek Tilida
  • Stoun Yuragi - O'zbek Tilida
  • Avlod - O'zbek Tilida
  • Berkin - O'zbek Tilida
  • Solomon Keyn - O'zbek Tilida
  • Raketachilar Klubi - O'zbek Tilida
  • Enaga - O'zbek Tilida
  • Meg 2 - O'zbek Tilida
Наш опрос
Ўзбекистоннинг энг яхши телеканалини белгиланг
Всего ответов: 683
Статистика


Яндекс.Метрика


Сейчас онлайн: 17
Гостей: 17
Пользователи 0

faxriddin
Tre
Submarine
Sher80
Tohirjon
hbahodir1980
Umida4008
17797
Nodirjon
Yagshisaxet
Главная » 2017 » Iyun » 27 » ​“Suyunchi”dagi erka qiz Nazira hozir qayerda?
21:43
​“Suyunchi”dagi erka qiz Nazira hozir qayerda?

O‘zbek kinosi durdonalaridan biri "Suyunchi” filmini necha marotaba tomosha qilmaylik, har safar birinchi bor ko‘rayotgandek zavqlanamiz. O‘zbekning fe'l-atvori, dunyoqarashi, urf-odatlari, an'analari, oilaning muqaddasligi va qo‘ni-qo‘shnilarning hamjihatligini ko‘rsatib beradigan bu film barchamiz uchun sevimli. Rejissyor Melis Abzalov har bir qahramonga alohida yondashib, xarakter berib profesional darajada suratga olgani esa tahsinga loyiq. Filmning bosh qahramonlari bilan birga epizod rollarni ijro etgan aktyorlar ham tomoshabinga qadrdon bo‘lib qolgani gapimizga isbot bo‘la oladi. 35 yil avval suratga olingan "Suyunchi” filmining eng esda qolarli obrazlaridan biri — Nazira ekaniga shak-shubha yo‘q. Birgina qarash, harakat va gap-so‘zlari bilan yodimizda qolgan qahramonni gavdalantirgan, bugungi kunda boshqa qit'ada yashaydigan Shahnoza Shamsiyeva (Hamroyeva) bilan internet orqali bog‘lanib suhbatlashishga muvaffaq bo‘ldik. 17 yoshida butun O‘zbekistonga tanilgan, keyinchalik shifokorlik sohasini tanlagan Shahnoza Shamsiyeva ayni kunda Afrika janubidagi Zambiya Respublikasida yashaydi.

— Shahnoza opa, juda uzoqlarga ketib qolgan ekansiz, sizni 5-6 yildan buyon qidiramiz...

— Mendan intervyu olmoqchi ekaningizni aytib, internetdan xabar yozganingizda, juda xursand bo‘ldim. Oradan chorak asrdan ko‘p vaqt o‘tgan bo‘lsa-da, meni unutishmaganidan xursand bo‘ldim, hayratlandim.

Oradan shuncha vaqt o‘tib, meni yana "yulduz” qilar ekansiz-da?

—Ha, dunyoga tarqab ketgan "yulduz”larimizni izlab topishni yaxshi ko‘ramiz.

—To‘g‘risini aytsam, O‘zbekistondan qo‘ng‘iroq qilishsa yoki u yerdagi yaqinlarim bilan internet orqali gaplashsam ichimdagi sog‘inch ikki karra oshib ketadi. Siz esa mendan intervyu olyapsiz, demak, butun o‘zbekistonliklar bu suhbatni o‘qishadi... Hayajon ham shunga yarasha.

— Muxlislarga Nazira orqali tanilgansiz. Orada o‘tgan yillar nimalarni o‘zgartirdi?

— (O‘ylanib) Ichki olamimda deyarli hech narsa o‘zgarmagan. O‘sha-o‘shaman. Yaxshiga yaxshi, yomonga esa yomon (kulib). Odamlar, Nazirani ko‘rib, qaysar, sharttaki, tilidagi dilida qiz ekan, deyishgan bo‘lsa, bugun men bilan gaplashganlar ham shunday fikr bildirishadi. Qanday bo‘lsam, shundayligimcha qolganman.

— Keling endi, tarixga nazar tashlaylik, "Suyunchi”ga qanday tushib qolganingizni gapib bersangiz.

— Kino olamiga kirishimga tasodif sabab bo‘lgan. O‘sha paytda ukam Ulug‘bek Hamroyev filmlarda suratga tushib yurardi. Lekin u 16 yoshga to‘lmagani, pasporti bo‘lmagani uchun uning gonorarini meni nomimga yozishardi. Bir kuni pul olish uchun "O‘zbekfilm”ga borganman va Melis akani uchratib qolganman. Rejissyor hadeb menga qarayverganini ko‘rib, "Bu kishi namuncha menga tikildi?” deb ensamni qotirganman (kuladi). Keyin bilsam, Melis Abzalov Nazira uchun aktrisa izlab yurgan ekan. Ensamni qotirganimni ko‘rib, "Nazirani topdim!” deya ko‘nglidan o‘tkazib, meni rolga taklif etganlar.

—Nazirani gavdalantirganingizda, hayotdagi Shahnozadan andoza olgan ekansiz-da. Demak, ijroda ham qiyinalmagansiz...

— Umuman qiyinchilik sezmaganman. Hayotda qanday bo‘lsam, borimcha rol o‘ynagandim.

— Nega keyinchalik filmlarda ko‘rinmadingiz? Yoki takliflar bo‘lmadimi?

— Rejissyorlardan ko‘p takliflar tushgan. Masalan, "Kelinlar qo‘zg‘oloni”dagi Nigorani menga topishirmoqchi bo‘lishgandi. Lekin ota-onam ruxsat berishmagan. Dadam, "Esdalik uchun filmda bir marta ko‘rinding, yetadi. Boshqa rol o‘ynamaysan” degandilar.

— O‘zingizda-chi, xohish bo‘lmaganmi? San'atni nonini yegan odam, undan voz kechishi qiyin deyishadi...

— O‘zimda ikkilanish kuchli edi. Bir tomondan kinoda rol ijro etish yoqsa. Ikkinchi tomondan, o‘qishim qolib ketishi mumkinligidan xavotirlanardim. Keyin baribir o‘qishni afzal ko‘rdim... Ota-onam istagandek, shifokor bo‘ldim.

— Birgina kichik rol bilan muxlislarning tiliga tushaman, deb o‘ylaganmidingiz?

— Buni hatto tasavvur ham qilmaganman. Filmda bosh qahramonni gavdalantirmagan bo‘lsam-da, haligacha Toshkentga borganimda odamlar ovozimdan tanib qolishadi va "siz o‘sha filmdagi qizmisiz?” deb so‘rashadi. Bu albatta, juda yoqimli.

— O‘sha paytlarni bugun qanday xotiralar bilan yodga olasiz?

— Film so‘lim tabiatli qishloqda suratga olingan. Biz suratga olgan xonadon, aslida dala hovli edi. Suratga olish ishlari boshlangandan to tugaguncha men ustoz san'atkor Zaynab Sadriyeva bilan bir xonada yashaganman. Gap-so‘zlarim, kim bilan muloqotda bo‘layotganimni nazorat qilib turardilar. U inson nafaqat san'atga doir, balki hayotiy nasihatlari bilan ham menga ko‘p narsalarni o‘rgatganlar. Juda qattiqqo‘l, intizomni yaxshi ko‘radigan ayol edilar rahmatli.

— Fimmdagi boshqa ijodkorlar bilan gaplashib turasizmi?

— Ming afsuski, hech kim bilan ko‘rishmaymiz ham, gaplashmaymiz ham. Hamma o‘z ishi bilan band, hayot tashvishlar hammani har yerga yo‘naltirgan.

— Bugun O‘zbekistonda uzoqda, Afrikada yashayotgan ekansiz...

— Afrikada 20 yildan buyon yashab, shifokor pediatr bo‘lib ishlab kelyapman.
— Filmdagi boshqa ijodkorlar bilan gaplashib turasizmi?

— Ming afsuski, hech kim bilan ko‘rishmaymiz ham, gaplashmaymiz ham. Hamma o‘z ishi bilan band, hayot tashvishlar hammani har yerga yo‘naltirgan.

— Bugun O‘zbekistonda uzoqda, Afrikada yashayotgan ekansiz...

— Afrikada 20 yildan buyon yashab, shifokor pediatr bo‘lib ishlab kelyapman.— Nega aynan Afrikaga ketgansiz?

— Buyam taqdirdan. Bir tanishim ishlagani ketayotganda men ham tavakkal qilib birga chiqqanman.

— O‘zbekistonga qachon qaytmoqchisiz?

— Ayni kunlarda kenja o‘g‘lim universitetda o‘qiyapti. Bitirib, ishga kirsa, ko‘nglim xotirjam bo‘ladi, shundan keyin nasib bo‘lsa, Vatanimga qaytaman.

— Farzandlaringiz haqida ham gapirsangiz...

— Uchta farzandim bor. Katta o‘g‘lim Sherzod uylangan, ikkita nabiram bor. Qizim Rayhonni ham uzatganman, u ham oilasi bilan Afarikada. Kichik o‘g‘lim Shuhrat ham yonimda.

O‘qishlari tugasa, albatta O‘zbekistonga qaytamiz. Bu kunni ular ham intizorlik bilan kutib yashashyapti.— Nabirlaringiz bilan qanday vaqt o‘tkazasiz?

— To‘ng‘ichim, oilasi bilan Londonda yashagani bois, nabirlarim bilan hozircha, faqat internetda ko‘rishib turamiz.

— Uzoqda bo‘lganingizda Vatan sog‘inchini qanday bosasiz?

— Vatan sog‘inchi og‘ir bo‘ladi. Uni uncha-munchaga qondirish qiyin. Lekin ko‘pincha o‘zbek milliy taomlarini pishirib, oilamiz bilan yig‘ilamiz. Dasturxon atrofida Vatanimizni eslab, u yerda o‘tgan kunlarni maroq bilan yodga olamiz.

— O‘zbekistonga qaytib kelganingizdan keyin kinoda rol ijro etish taklifi tushsa...

— (kulib) Nega endi yo‘q?! O‘ylab ko‘rishim mumkin...

— So‘nggi marta qaysi o‘zbek filmini ko‘rgandingiz?

— Bundan 5-6 yil avval "Farzandim” filmini ko‘rib, ta'sirlangandim. Hayotiy mavzuda, juda yaxshi film bo‘libdi. Kuni-kecha ijtimoiy tarmoqlardagi guruhlarda, yangi suratga olingan kartinalarning ro‘yxatini ko‘rdim. Endi ularga vaqt ajratishim lozim. Lekin o‘g‘lim Shuhrat o‘zbek filmlarining ashadiy muxlisi. Qanday yangilik bo‘lmasin internetda topib, tomosha qiladi.

— Suhbat so‘nggida yana nimalar haqida gapirishni istardingiz?

— Suhbatimiz boshida aytganimdek, oradan ancha yillar o‘tgan bo‘lishiga qaramay meni eslaganlarga o‘z tashakkurimni bildiraman.Qisqa satrlarda...

Shahnoza Shamsiyeva 1963 yil 28 oktyabrda tug‘ilgan.

"Suyunchi” filmida suratga tushganida 17 yoshda bo‘lgan.

Bo‘sh vaqtida kitob mutolaa qilish va yaqinlar davrasida hordiq chiqarishni yaxshi ko‘radi.


— O‘zbekiston deganda nima ko‘z o‘ngizga keladi?

— Issiq patir va yangi suzilgan qaymoq (kuladi).
Категория: Har-Hil | Просмотров:3062 | Добавил: Admin | Теги: ​“Suyunchi”dagi erka qiz Nazira hoz | Рейтинг: 5.0/1
Всего комментариев: 0
Добавлять комментарии могут только зарегистрированные пользователи.
[ Регистрация | Вход ]
Профил
Время:05:56
Добро Пожаловать, Mexmon
Поиск
Калькулятор
Календарь
«  Iyun 2017  »
ПнВтСрЧтПтСбВс
   1234
567891011
12131415161718
19202122232425
2627282930