• Merganlar - O'zbek Tilida
  • Zulmatdan Ovoz - O'zbek Tilida
  • Hevenhyorst - O'zbek Tilida
  • Yitqichni Izlab - O'zbek Tilida
  • Bo'rilar Jasorati - O'zbek Tilida
  • Yalmog'iz Dunyoni Qutqaradi - O'zbek Tilida
  • Ilonli Botqoq - O'zbek Tilida
  • Begona - O'zbek Tilida
  • Vahshiy Ona - O'zbek Tilida
  • Uddalab Bo'lmas Topshiriq 7 - O'zbek Tilida
  • Kompaniya - O'zbek Tilida
  • Hech Kimga Aytma - O'zbek Tilida
  • Najot Tongi - O'zbek Tilida
  • Stoun Yuragi - O'zbek Tilida
  • Avlod - O'zbek Tilida
  • Berkin - O'zbek Tilida
  • Solomon Keyn - O'zbek Tilida
  • Raketachilar Klubi - O'zbek Tilida
  • Enaga - O'zbek Tilida
  • Meg 2 - O'zbek Tilida
Наш опрос
QAYSI TAS-IX TIZIMI QULAY?
Всего ответов: 288
Статистика


Яндекс.Метрика


Сейчас онлайн: 4
Гостей: 4
Пользователи 0

faxriddin
Tre
Submarine
Sher80
Tohirjon
hbahodir1980
Umida4008
17797
Nodirjon
Yagshisaxet
Главная » 2021 » Oktyabr » 25 » Sudanda harbiylar poytaxtga kirish yo‘llarini yopib qo‘ydi
20:28
Sudanda harbiylar poytaxtga kirish yo‘llarini yopib qo‘ydi

Sudanda to‘rt nafar vazir, shuningdek, Xartum shtatining yuqori martabali amaldorlari hibsga olindi. Armiya mamlakat poytaxtiga kirish yo‘llari va ko‘priklarni yopgan, deb xabar beradi "TASS”.

Ta’kidlanishicha, hibsga olinganlar orasida — aloqa, axborot, moliya va sanoat vazirlari bor. Shuningdek, Xartum gubernatori va mamlakatda hukmron Suveren kengash vakillaridan biri qo‘lga olingan. Hibsga olish ishlari davom etmoqda. Sudan bosh vaziri Abdulla Xamdok armiya tomonidan uy qamog‘iga joylashtirilgan. Avvalroq hukumat raisining uyini harbiylar qurshovga olgan edi.

Mamlakatda asosiy muxolif harakat hisoblanuvchi "Ozodlik va o‘zgarish kuchi” hozirda odamlarni ko‘chaga chiqishga va "harbiylarning hokimiyatni egallashga urinishiga” qarshi turishga chaqirmoqda.

Al Arabiya telekanalining ma’lumotlariga ko‘ra, Xartumda mobil aloqa va internet butkul o‘chirilgan. Shuningdek, statsionar telefon aloqalari ham mavjud emas.

Yaqin vaqtlar ichida Suveren kengash rahbari Abdul Fattoh al-Burhonning bayonot berishi kutilmoqda. Poytaxtda ommaviy hibsga olish ishlari al-Burhonning hukumat rahbari Abdulla Xamdok bilan uchrashuvidan so‘ng boshlangan.

24-oktabr kuni Sudan politsiyasi poytaxt markazi ko‘chasini yopib qo‘yishga uringan yuzlab namoyishchilarni quvib yuborish uchun ko‘zni yoshlantiruvchi gazdan foydalangan. Xartumda ikki haftadan buyon armiya tarafdorlarining namoyishlari davom etmoqda — ular hukumatning iste’fosini talab qilyapti.

2019-yil aprelida Sudanda davlat to‘ntarishi oqibatida 1993-yildan buyon prezidentlik qilib kelayotgan Umar al-Bashir hokimiyatdan chetlatilgan va hibsga olingan edi. Hokimiyat Harbiy kengash qo‘liga o‘tgandi. May oyida harbiylar va muxtoriyat mamlakatda uch yil muddatga o‘tish davrini joriy qilishga kelishib oldi. Biroq muxolifat ish tashlashni boshlab, hukumatni tezroq shakllantirishga da’vat etdi. Mamlakatda tartibsizliklar davom etaverdi.

2019-yil dekabrida Umar al-Bashir korrupsiya va chet el valyutasiga noqonuniy egalik qilgani uchun ikki yil muddatga axloq tuzatish koloniyasiga mahkum qilindi. U hokimiyatdan tushirilgach, uyidan 130 million dollar pul solingan jomadonlar topilgan.

Bugungi harbiy isyon uyushtirishga urinish al-Bashir prezidentligidan keyin Sudanda yuz bergan birinchisi emas. 2020-yil yanvarida mamlakatda hokimiyatni egallab olishga razvedka ofitserlari urinib ko‘rgan edi. 2021-yilning sentabrida Sudanda bir guruh harbiylar hukumat obyektlarini o‘z nazorati ostiga olishga va davlat to‘ntarishi uyushtirishga uringandi.
Категория: Har-Hil | Просмотров:312 | Добавил: moderator | Теги: yangilik | Рейтинг: 0.0/0
Всего комментариев: 0
Добавлять комментарии могут только зарегистрированные пользователи.
[ Регистрация | Вход ]
Профил
Время:04:39
Добро Пожаловать, Mexmon
Поиск
Калькулятор
Календарь
«  Oktyabr 2021  »
ПнВтСрЧтПтСбВс
    123
45678910
11121314151617
18192021222324
25262728293031