• Merganlar - O'zbek Tilida
  • Zulmatdan Ovoz - O'zbek Tilida
  • Hevenhyorst - O'zbek Tilida
  • Yitqichni Izlab - O'zbek Tilida
  • Bo'rilar Jasorati - O'zbek Tilida
  • Yalmog'iz Dunyoni Qutqaradi - O'zbek Tilida
  • Ilonli Botqoq - O'zbek Tilida
  • Begona - O'zbek Tilida
  • Vahshiy Ona - O'zbek Tilida
  • Uddalab Bo'lmas Topshiriq 7 - O'zbek Tilida
  • Kompaniya - O'zbek Tilida
  • Hech Kimga Aytma - O'zbek Tilida
  • Najot Tongi - O'zbek Tilida
  • Stoun Yuragi - O'zbek Tilida
  • Avlod - O'zbek Tilida
  • Berkin - O'zbek Tilida
  • Solomon Keyn - O'zbek Tilida
  • Raketachilar Klubi - O'zbek Tilida
  • Enaga - O'zbek Tilida
  • Meg 2 - O'zbek Tilida
Наш опрос
YOSHINGIZ?
Всего ответов: 1363
Статистика


Яндекс.Метрика


Сейчас онлайн: 7
Гостей: 7
Пользователи 0

faxriddin
Tre
Submarine
Sher80
Tohirjon
hbahodir1980
Umida4008
17797
Nodirjon
Yagshisaxet
Главная » 2023 » Avgust » 12 » Sud Trampga Kapitoliyga hujum haqidagi ma’lumotlarni oshkor qilishni taqiqladi
21:42
Sud Trampga Kapitoliyga hujum haqidagi ma’lumotlarni oshkor qilishni taqiqladi

Kolumbiya okrugi federal sudyasi Tanya Chatken AQSH sobiq prezidenti Donald Trampga 2021-yil yanvarida Kapitoliyga uyushtirilgan bosqin ishi bo‘yicha ba’zi maxfiy ma’lumotlarni oshkor qilishni taqiqladi, deb yozmoqda The New York Times.

"Tomonlar yoki ularning advokatlari beradigan noaniq bayonotlar guvohlarni qo‘rqitish yoki potensial sud hay’ati a’zolariga zarar yetkazish maqsadida talqin qilingudek bo‘lsa, jarayonga xavf tug‘dirishi mumkin”, — dedi sudya.
Ogohlantirish bir yarim soat davom etgan majlis doirasida e’lon qilindi, unda tomonlar ruxsat etilgan ma’lumotlarni oshkor qilish ko‘lamini muhokama qildi – bu shunday jinoiy ishlarda odatiy hol, deb yozadi nashr. 

Sudya: Trampga cheklovlar boshqa ayblanuvchilarniki bilan bir xil bo‘ladi 

Reuters xabariga ko‘ra, prokurorlarning e’tirozlariga qaramay, sudya Trampga ba’zi maxfiy bo‘lmagan materiallarni ulashishga ruxsat bergan. Prokurorlar Tramp maxfiy dalillar tafsilotlaridan guvohlarni qo‘rqitish uchun foydalanishi mumkinligini ta’kidladi va buni sobiq prezidentning ijtimoiy tarmoqlardagi postlari bilan izohladi. 

"U jinoiy ish bo‘yicha ayblanuvchi. U ham boshqa sudlanuvchilar kabi cheklovlarga ega bo‘ladi. Bu ish odatdagidek davom etmoqda. Ayblanuvchining siyosiy kampaniyada ishtirok etishi unga ko‘proq yoki kamroq harakat erkinligini bermaydi” , — deb xulosa qildi Chatken. 
Trampga uchta alohida ish bo‘yicha ayblov qo‘yilgan

Majlisda ko‘rib chiqilgan ayblovlarni maxsus prokuror Jek Smit avgust oyining boshida ilgari surgandi. Sobiq prezident 2020-yilgi prezidentlik saylovi natijalarini bekor qilishga urinishda ayblangan. U fuqarolarning huquqlarini buzish, hukumatni aldash maqsadida til biriktirish, rasmiy tartib-qoidalarga to‘sqinlik qilishda ayblanmoqda. 

Ayblov versiyasiga ko‘ra, 2021-yilning 6-yanvarida Tramp va uning sheriklari prezidentlik saylovlaridagi soxtalashtirishlar haqida yolg‘on bayonot tarqatish, shuningdek, zo‘ravonlik va tartibsizliklarni keltirib chiqarishga undash orqali rasmiy ovoz berish natijalarini bekor qilishga uringan. Maxsus maslahatchi Jek Smitga ko‘ra, aynan Trampning yolg‘onlari Kapitoliyga hujumga sabab bo‘lgan bo‘lishi mumkin.

Bu Trampga qo‘yilgan uchta ayblovdan biridir. Bundan tashqari, sobiq prezident aktrisa Stormi Deniyelsga aloqalari haqida sukut saqlashi uchun pul to‘laganini yashirganlikda va o‘z qarorgohida maxfiy hujjatlarni noto‘g‘ri saqlaganlikda ayblangan. Tramp barcha ayblovlarni rad etmoqda.
Категория: Har-Hil | Просмотров:159 | Добавил: moderator | Теги: yangilik | Рейтинг: 0.0/0
Всего комментариев: 0
Добавлять комментарии могут только зарегистрированные пользователи.
[ Регистрация | Вход ]
Профил
Время:00:25
Добро Пожаловать, Mexmon
Поиск
Калькулятор
Календарь
«  Avgust 2023  »
ПнВтСрЧтПтСбВс
 123456
78910111213
14151617181920
21222324252627
28293031