• Merganlar - O'zbek Tilida
  • Zulmatdan Ovoz - O'zbek Tilida
  • Hevenhyorst - O'zbek Tilida
  • Yitqichni Izlab - O'zbek Tilida
  • Bo'rilar Jasorati - O'zbek Tilida
  • Yalmog'iz Dunyoni Qutqaradi - O'zbek Tilida
  • Ilonli Botqoq - O'zbek Tilida
  • Begona - O'zbek Tilida
  • Vahshiy Ona - O'zbek Tilida
  • Uddalab Bo'lmas Topshiriq 7 - O'zbek Tilida
  • Kompaniya - O'zbek Tilida
  • Hech Kimga Aytma - O'zbek Tilida
  • Najot Tongi - O'zbek Tilida
  • Stoun Yuragi - O'zbek Tilida
  • Avlod - O'zbek Tilida
  • Berkin - O'zbek Tilida
  • Solomon Keyn - O'zbek Tilida
  • Raketachilar Klubi - O'zbek Tilida
  • Enaga - O'zbek Tilida
  • Meg 2 - O'zbek Tilida
Наш опрос
Ўзбекистоннинг энг яхши телеканалини белгиланг
Всего ответов: 683
Статистика


Яндекс.Метрика


Сейчас онлайн: 10
Гостей: 10
Пользователи 0

faxriddin
Tre
Submarine
Sher80
Tohirjon
hbahodir1980
Umida4008
17797
Nodirjon
Yagshisaxet
Главная » 2020 » Fevral » 10 » Sog‘liqni saqlash vazirligi bolalar bog‘chalariga bolalarni koronavirusdan saqlash bo‘yicha yo‘riqnoma berdi
20:17
Sog‘liqni saqlash vazirligi bolalar bog‘chalariga bolalarni koronavirusdan saqlash bo‘yicha yo‘riqnoma berdi

O‘zbekiston Sog‘liqni saqlash vazirligi respublikadagi maktabgacha ta’lim muassasalari rahbariyatiga bolalarni koronavirusdan saqlash bo‘yicha eslatma berdi.
Vazirlik tomonidan qayd etilishicha, bolalar bog‘chalari ma’muriyati tarbiyalanuvchilarni koronavirus yuqishidan asrash uchun quyidagilarni amalga oshirishi kerak:

Spirtli vositalar yordamida bolalar qo‘lini dezinfeksiya qilish uchun zarur shart-sharoitlarni majburiy tartibda yaratish;
Bolalarga qo‘llarni sovun bilan astoydil va tez-tez yuvish, spirtli dezinfeksiyalovchi vositalardan foydalanish, ovqatlanishdan oldin hamda hojatxonadan keyin qo‘llarni yuvish, dars va tanaffus paytida spirtli nam salfetkalarda qo‘llarni artish zarurligi haqida eslatib turish;
Bolalarga yuzlarini qo‘l bilan ushlamaslikni tavsiya etish;
Bolalar yo‘talganida, burun qoqqanida va aksirganida og‘iz bilan burunga dastro‘mol yoki salfetkani tutish. Undan keyin dastro‘mol yoki salfetkani darhol axlatga tashlash va qo‘lni yuvish;
Bolalarga shamollash yoki gripp alomatlariga ega odamlar bilan muloqot yoki yaqin aloqa qilishdan chekinishni aytish (bemor bilan ikki metrgacha masofada turish);
Bolalarda ilk kasallik alomatlari kuzatilganda, uyda qolish va darhol shifokorga murojaat qilishni tavsiya qilish;
Bog‘cha bolalaridan birortasi kasallansa, darhol uni izolyatsiya qilish, kasallanish haqida ota-onasiga xabar berish va tez tibbiy yordam chaqirish;
Bolalarga doim og‘iz va burun uchun mo‘ljallangan tibbiy niqoblardan foydalanishni hamda yashash uylari va sinf xonalarini toza havo bilan shamollatishni tavsiya etish.
Ovqat tayyorlayotganda bolalar bog‘chasining tegishli xodimlari quyidagi ehtiyot choralariga amal qilishi shart:

Xom go‘sht va pishirilgan mahsulotlar uchun alohida pichoq va chopish taxtalarini ishlatish;
Pishirilgan mahsulotlar bilan muomala qilishdan oldin xom mahsulotlarni, ayniqsa, go‘sht va sut mahsulotlarini ushlagandan keyin qo‘llarni yaxshilab yuvish;
Go‘sht mahsulotlarini ovqatga ishlatish sharti shuki, ular yaxshilab qaynatilgan yoki qovurilgan, ya’ni puxta pishirilgan bo‘lishi kerak;
Kasal hayvon yoki kasallik oqibatida o‘lgan hayvon go‘shtini aslo ovqatga ishlatmaslik;
Kelib chiqishi hayvonlarga mansub mahsulotlarning xom yoki chala qaynatilganlarini iste’mol qilishdan tiyilish. Qo‘lning zararlanishiga yo‘l qo‘ymaslik uchun xom go‘sht, sut bilan ehtiyotkor muomala qilish lozim. Sutni yaxshilab qaynatish.
Vazirlik tomonidan qayd etilishicha, infeksiyadan himoya vositasi sifatida og‘iz va burun uchun mo‘ljallangan tibbiy niqobni quyidagi hollarda taqib yurish shart:

Respirator infeksiya alomatlari kuzatilsa — yo‘tal, nafas olishda qiynalish;
Respirator infeksiya alomatlariga ega bemorga qaralayotgan vaqtda;
Sog‘liqni saqlash tizimi xodimi bo‘lib, respirator infeksiya alomatlariga ega bemorlarni borib ko‘rish vaqtida.
Respirator infeksiya alomatlariga ega bo‘lmagan barcha holatlarda tibbiy niqobni taqib yurish shart emas.

Eslatib o‘tamiz, Xitoyda koronavirusdan vafot etganlar soni 900 kishidan oshib ketdi. Jahon sog‘liqni saqlash tashkiloti (JSST) bosh direktori Tedros Adan Gebreyesus koronavirusga qarshi kurashda niqoblardan oqilona foydalanishga chaqirdi. Tashkilot himoya vositalariga talab 100 baravar, uning narxi esa 20 baravar oshishini taxmin qilmoqda.

Avvalroq Toshkentda tibbiy niqoblar defitsiti kuzatilayotgani va O‘zbekiston bo‘yicha narxi keskin oshgani haqida xabar berilgan edi. O‘zbekistonlik yigit esa 300 dan ortiq tibbiy niqoblarni Qirg‘izistondan noqonuniy olib chiqishga uringan vaqtda qo‘lga olindi.

Iste’molchilar huquqlarini himoya qilish agentligi o‘z vakolatlari doirasida dorixonalarda dori vositalari va tibbiyot buyumlari uchun belgilangan ulgurji va chakana savdo ustamalariga rioya qilinishi ustidan nazoratni amalga oshirishini ma’lum qilib, farmatsevtika sohasida faoliyat yurituvchi tadbirkorlardan dori vositalari va tibbiy buyumlarga narx belgilash tartibiga, litsenziya talablari va shartlariga qat’iy rioya qilishni so‘ragan.
Категория: Har-Hil | Просмотров:578 | Добавил: moderator | Теги: yangilik | Рейтинг: 0.0/0
Всего комментариев: 0
Добавлять комментарии могут только зарегистрированные пользователи.
[ Регистрация | Вход ]
Профил
Время:08:20
Добро Пожаловать, Mexmon
Поиск
Калькулятор
Календарь
«  Fevral 2020  »
ПнВтСрЧтПтСбВс
     12
3456789
10111213141516
17181920212223
242526272829