• Merganlar - O'zbek Tilida
  • Zulmatdan Ovoz - O'zbek Tilida
  • Hevenhyorst - O'zbek Tilida
  • Yitqichni Izlab - O'zbek Tilida
  • Bo'rilar Jasorati - O'zbek Tilida
  • Yalmog'iz Dunyoni Qutqaradi - O'zbek Tilida
  • Ilonli Botqoq - O'zbek Tilida
  • Begona - O'zbek Tilida
  • Vahshiy Ona - O'zbek Tilida
  • Uddalab Bo'lmas Topshiriq 7 - O'zbek Tilida
  • Kompaniya - O'zbek Tilida
  • Hech Kimga Aytma - O'zbek Tilida
  • Najot Tongi - O'zbek Tilida
  • Stoun Yuragi - O'zbek Tilida
  • Avlod - O'zbek Tilida
  • Berkin - O'zbek Tilida
  • Solomon Keyn - O'zbek Tilida
  • Raketachilar Klubi - O'zbek Tilida
  • Enaga - O'zbek Tilida
  • Meg 2 - O'zbek Tilida
Наш опрос
QAYSI TAS-IX TIZIMI QULAY?
Всего ответов: 288
Статистика


Яндекс.Метрика


Сейчас онлайн: 4
Гостей: 4
Пользователи 0

faxriddin
Tre
Submarine
Sher80
Tohirjon
hbahodir1980
Umida4008
17797
Nodirjon
Yagshisaxet
Главная » 2020 » Iyun » 27 » So‘x tumanida elektr ta’minoti bilan bog‘liq muammolar hal etilmoqda
20:05
So‘x tumanida elektr ta’minoti bilan bog‘liq muammolar hal etilmoqda

Farg‘ona viloyati So‘x tumanida tashkil etilgan tezkor shtab mutasaddilarining ma’lumotiga ko‘ra, hududda elektr energiyasi ta’minotini yaxshilash borasidagi ishlar amalga oshirilmoqda. Bu haqda O‘zA xabar qilgan.

Tumanning barcha hududlarida elektr energiyasi ta’minotida kamchilik va muammolar mavjud. Elektr ko‘p o‘chmasa-da, lekin aksariyat mahalla va qishloqlarda elektr energiyasini yetkazib beruvchi qurilma, asbob-uskunalar bugungi zamon talablariga javob bermaydi. Sal shamol ko‘tarilsa yoki yog‘ingarchilik bo‘lsa, aholi soatlab "svet”siz qolib ketadi. Endilikda barcha mavjud muammo va kamchiliklar bartaraf etilmoqda.

So‘x tumanida elektr energiyasi ta’minoti bilan bog‘liq muammolarni bartaraf etish bo‘yicha 82 nafar malakali mutaxassislardan iborat 13 ta brigada tashkil etilgan. Ular tumanning barcha hududlarida, xususan, "Mulgon”, "Hazrati Ali”, "Oftobru”, "Chumoqcha”, "Zangat”, "G‘aznov”, "Sharqobod”, "Qizilqiyoq”, "Chashma”, "Devayron”, "Xushyor”, "Sarikanda”, "Yangiariq” va "Lenbur” mahalla fuqarolar yig‘inlari hududida elektr ta’minotini yaxshilashga qaratilgan ishlarni olib borgan.

Mazkur ishlarni amalga oshirish uchun 10 ta texnika va maxsus mashinalar jalb etilgan. Mahallalarda yangi kabel, ochiq simlar tortish, yangi transformatorlar o‘rnatish, eski simyog‘ochlarni zamonaviy temir-beton tayanchlar bilan almashtirish, mavjud elektr taqsimlagich qurilmalarini ta’mirlash, elektr energiyasi ta’minotiga to‘siq bo‘ladigan daraxtlar shoxlarini tozalash ishlari olib borilgan. Shu kungacha "Xushyor”, "Saribozorcha”, "Mulgon”, "Ravon” mahallalarida 8 000 metrdan ortiqroq masofaga yangi SIP kabellari tortilgan. "Chumoqcha”, "Zangat”, "G‘aznov”, "Oftobru” mahallalariga 2 000 metrga yaqin ochiq simlar tortilgan.

"Tumanning boshqa hududlarida ham bu yo‘nalishda ishlar olib borilmoqda. Tadbir boshidan tuman hududida transformatorlarni ta’mirlash, shuningdek, yangi transformatorlar o‘rnatish ishlari ham jadallik bilan olib borilyapti. Jumladan, "Lenbur” mahallasida 2 ta transformator ta’mirlangan bo‘lsa, olib kelingan barcha 16 ta yangi transformatorlar – bittadan "Sharqobod”, "Qizilqiyoq”, "Lenbur”, "Sebzor”, "Demursad”, "Zangat”, "Xushyor”, "G‘aznov”, "Chashma” mahallalariga, ikkkitadan "Chumoqcha” va "Guliston” mahallalariga yetkazib berildi. "Oftobru” mahallasiga 3 dona yangi transformator yetkazilib, o‘rnatib berildi”, – deyiladi xabarda

Soha mutaxassislari tomonidan 90 kilometrga yaqin masofadagi daraxt shoxlari tozalandi. Tumanning elektr ta’minotidagi asosiy podstansiyasi "Devayron” mahalla fuqarolar yig‘inida joylashgan. Podstansiyadagi asosiy elektr taqsimlovchi qurilma viloyatdan kelgan mutaxassislar tomonidan ta’mirlangan.

So‘x tumanida elektr energiya sohasi mutaxassislariga yordamchi kuch sifatida elektr tarmoqlari korxonasiga 51 nafar yoshlar ishga qabul qilingan.
Категория: Har-Hil | Просмотров:450 | Добавил: moderator | Теги: yangilik | Рейтинг: 0.0/0
Всего комментариев: 0
Добавлять комментарии могут только зарегистрированные пользователи.
[ Регистрация | Вход ]
Профил
Время:03:45
Добро Пожаловать, Mexmon
Поиск
Калькулятор
Календарь