• Merganlar - O'zbek Tilida
  • Zulmatdan Ovoz - O'zbek Tilida
  • Hevenhyorst - O'zbek Tilida
  • Yitqichni Izlab - O'zbek Tilida
  • Bo'rilar Jasorati - O'zbek Tilida
  • Yalmog'iz Dunyoni Qutqaradi - O'zbek Tilida
  • Ilonli Botqoq - O'zbek Tilida
  • Begona - O'zbek Tilida
  • Vahshiy Ona - O'zbek Tilida
  • Uddalab Bo'lmas Topshiriq 7 - O'zbek Tilida
  • Kompaniya - O'zbek Tilida
  • Hech Kimga Aytma - O'zbek Tilida
  • Najot Tongi - O'zbek Tilida
  • Stoun Yuragi - O'zbek Tilida
  • Avlod - O'zbek Tilida
  • Berkin - O'zbek Tilida
  • Solomon Keyn - O'zbek Tilida
  • Raketachilar Klubi - O'zbek Tilida
  • Enaga - O'zbek Tilida
  • Meg 2 - O'zbek Tilida
Наш опрос
Qaysi mobil operatordan foydalanasiz?
Всего ответов: 373
Статистика


Яндекс.Метрика


Сейчас онлайн: 6
Гостей: 6
Пользователи 0

faxriddin
Tre
Submarine
Sher80
Tohirjon
hbahodir1980
Umida4008
17797
Nodirjon
Yagshisaxet
Главная » 2023 » Sentyabr » 2 » Singapurda yangi prezident saylandi
21:29
Singapurda yangi prezident saylandi

Singapur bosh vazirining sobiq o‘rinbosari Tarman Shanmugaratnam mamlakatda bo‘lib o‘tgan prezidentlik saylovlarida 70,4 foiz ovoz bilan g‘alaba qozondi. Bu haqda Sinxua axborot agentligi xabar berdi.

Uning prezidentlikdagi raqiblari Ng Kok Song va Tan Kin Lian mos ravishda 15,72 foiz hamda 13,88 foiz ovoz to‘plagan. Saylovlarda jami 2,48 milliondan ortiq singapurliklar qatnashgan.

Eslatib o‘tamiz, shu yilning 23-may kuni Singapur prezidenti Halima Yaqub ikki kunlik davlat tashrifi bilan O‘zbekistonga kelgandi. 24-may kuni Ko‘ksaroy qarorgohida Singapur rahbari Halima Yaqubni O‘zbekiston prezidenti Shavkat Mirziyoyev samimiy qarshi olgan, shuningdek, u Samarqandga "Afrosiyob” poyezdida borgan edi.

Halima Yaqub 2017-yilda prezident saylovida o‘z nomzodini ilgari surish uchun parlament raisi lavozimidan ketgandi. Singapur qonunchiligiga ko‘ra, o‘sha yilgi saylovlarga faqat malay xalqiga mansub shaxslar nomzod qo‘yishi mumkin bo‘lgan. Boisi 1970-yildan buyon bu lavozimga malaylar o‘tirmagan edi. Shu tariqa raqobat ancha pasayib ketadi va so‘nggida Halima Yaqub qiyinchilik va ortiqcha qarshiliklarsiz mamlakat prezidenti etib tayinlanadi. Aynan tayinlanadi, chunki talablarga javob beradigan boshqa nomzod qolmagan edi.

Buning ortidan Singapurda hozirgacha bir guruh fuqarolar uni lavozimga adolatsiz o‘tirganlikda ayblaydi. Jumladan, mamlakatning sobiq prezidentlaridan biri Tan Cheng Bok Halimani "Singapur tarixidagi eng ziddiyatli prezident” deb ataydi.

Halima Yaqub esa bu gaplarga quyidagicha javob bergan: "Shuni aytishim mumkinki, men Singapur xalqiga xizmat qilish uchun qo‘limdan kelganini qilishga va’da beraman. Bu saylovlar o‘tkazilishi yoki o‘tkazilmasligidan qat’iy nazar, o'zgarmaydi”.
Категория: Har-Hil | Просмотров:145 | Добавил: Admin | Теги: yangilik | Рейтинг: 0.0/0
Всего комментариев: 0
Добавлять комментарии могут только зарегистрированные пользователи.
[ Регистрация | Вход ]
Профил
Время:16:12
Добро Пожаловать, Mexmon
Поиск
Калькулятор
Календарь
«  Sentyabr 2023  »
ПнВтСрЧтПтСбВс
    123
45678910
11121314151617
18192021222324
252627282930