• Merganlar - O'zbek Tilida
  • Zulmatdan Ovoz - O'zbek Tilida
  • Hevenhyorst - O'zbek Tilida
  • Yitqichni Izlab - O'zbek Tilida
  • Bo'rilar Jasorati - O'zbek Tilida
  • Yalmog'iz Dunyoni Qutqaradi - O'zbek Tilida
  • Ilonli Botqoq - O'zbek Tilida
  • Begona - O'zbek Tilida
  • Vahshiy Ona - O'zbek Tilida
  • Uddalab Bo'lmas Topshiriq 7 - O'zbek Tilida
  • Kompaniya - O'zbek Tilida
  • Hech Kimga Aytma - O'zbek Tilida
  • Najot Tongi - O'zbek Tilida
  • Stoun Yuragi - O'zbek Tilida
  • Avlod - O'zbek Tilida
  • Berkin - O'zbek Tilida
  • Solomon Keyn - O'zbek Tilida
  • Raketachilar Klubi - O'zbek Tilida
  • Enaga - O'zbek Tilida
  • Meg 2 - O'zbek Tilida
Наш опрос
Bizning Saytga Yana Qanday Loyihalar Kiritish Lozim?
Всего ответов: 231
Статистика


Яндекс.Метрика


Сейчас онлайн: 9
Гостей: 9
Пользователи 0

faxriddin
Tre
Submarine
Sher80
Tohirjon
hbahodir1980
Umida4008
17797
Nodirjon
Yagshisaxet
Главная » 2018 » Avgust » 15 » Sigir sog‘ishni biladigan prezident xonim
09:49
Sigir sog‘ishni biladigan prezident xonim

Kolinda Grabar-Kitarovich Xorvatiya tarixidagi birinchi ayol prezident hisoblanadi. Xo‘sh, u xizmat pillapoyasidan qanday ko‘tarilgan va nimasi bilan butun xalqning ko‘nglidan joy olgan?

"Ekonomklas” yo‘lovchisi

Zagreb-Moskva avia yo‘nalishi yo‘lovchilari «ekonomklas»ning tiqilinch salonida qo‘l yukini joylashtirish uchun navbatda turishganda yo‘lovchilardan biri yonidagi o‘rindiqda o‘tirgan mallasaoch ayol Xorvatiya prezidenti Kolinda Grabar-Kitarovich ekanini tanib qoladi. U Rossiyada bo‘lib o‘tayotgan futbol bo‘yicha jahon chempionatiga o‘z mamlakati futbolchilarini qo‘llab-quvvatlash uchun ketayotgandi. Mazkur yangilik yashin tezligida ijtimoiy tarmoqlar orqali tarqaldi va prezident xonimning kamtarligi, samimiyatiga tahsin o‘qimagan odam qolmadi. Xuddi shu kundan e'tiboran, Xorvatiyaning birinchi ayol prezidentining ismi eng mashhur nashrlar muqovasidan tushmay qoldi.

Dress-kodlar cho‘t emas!

Futbol ishqibozlari nafaqat uning samolyot bortidagi suratini eslab qolishdi, balki Nijniy Novgorodda bo‘lib o‘tgan Xorvatiya-Daniya o‘yinidastadionning VIP-lojasidan voz kechib, oddiy tomoshabinlar qatoridan joy olgani ham ko‘pchilikni qoyil qoldirdi. O‘sha o‘yinda Xorvatiya Daniyani yutdi. «Men ham boshqalar qatori oddiy ishqiboz ekanimni ko‘rsatishni istadim, ishqibozlar davrasida jamoamni qo‘llagim keldi. VIP-hudud dress-kodi bo‘yicha uzun ko‘ylak kiyish lozim, men esa milliy naqshlar tushirilgan futbolkamni kiyib oldim,chunki uzun ko‘ylakda tribunadan turib o‘yin tomosha qilib bo‘lmaydi».



Prezident xonim rasmiy dress-kodni keyin ham bir necha marta buzdi. U jamoasining keyingi o‘yinlarida ham o‘sha futbolkada keldi va boshqa rasmiy kiyingan siyosatchilar orasida ajralib turdi. Har bir urilgan golda quvonchini yashirmay, raqsga tushib berdi.

Jamoasi Fransiyaga mag‘lub bo‘lganda esa futbolchilarga qo‘shilib yig‘ladi. Lekin kubok bilan taqdirlash marosimida o‘z jamoasi o‘yinchilari bilan bir qatorda fransuz o‘yinchilarini ham bag‘riga bosib tabriklashga o‘zida kuch topdi. «Bu protokol»ga to‘g‘ri kelmaydi deb jar solishdi, jurnalistlar, lekin aynan shu harakati bilan Kolinda xonim butun jahon futbolchilari qalbini zabt etdi.

Rogatkadan otishni ham biladi

Kolinda Grabar-Kitarovich, aslida, qishloqdan, oddiy oiladan chiqqan qiz. Bo‘lajak prezident Riyeki shahrida tug‘ilgan bo‘lsa-da, bolaligi va yoshligi Xorvatiyadagi qishloqlardan birida o‘tgan. Uning otasi go‘sht do‘konida savdo qilardi. Kolinda o‘g‘il bolalardek rogatkadan otish, ovga chiqish, qishloq bolalari bilan futbol o‘ynashni yaxshi ko‘rardi. Onasi uy bekasi bo‘lib, u qiziga ro‘zg‘orning barcha yumushlarini o‘rgatish bilan birga o‘qishga ham mehr uyg‘ota bilgan. Kolinda xonimning o‘zi tan olib aytishicha, u diplomatlar orasida sigir sog‘ishni biladigan yagona siyosatchi.



Kichik qishloqlarda bo‘lganidek, uning maktabi uyidan bir necha kilometr uzoqda edi. Kolinda har kuni shuncha yo‘lni piyoda bosib o‘tardi. Darsdan bo‘sh paytlarida esa onasi sotib olib beradigan xorijiy tildagi plastinkalarni tinglardi. Aytish joizki, Kolinda til o‘rganishda juda qobiliyatli chiqdi. Til bilgani sabab 17 yoshida grant yutib oldi va til bo‘yicha malaka oshirish uchun AQSHga jo‘nab ketdi.

Aslida, uning xorvatiyalik sinfdoshlari bilan munosabati havas qilgulik emasdi. Kolindani shevasi sabab ustidan ko‘p kulishardi. Tinimsiz kitob o‘qigan Kolinda bu kamchiligini yo‘q qildi va sof adabiy tilda gapiradigan bo‘ldi. U ayollar huquqini himoya qilishga ko‘p e'tibor qaratadi. BMT yig‘ilishlarining birida Xorvatiya prezidenti ayollar huquqini kengaytirish mamlakat iqtisodiy rivojiga keng yo‘l ochadi deya ta'kidlagandi.

Umr yo‘ldoshi ruhlantirgan

1980 yillarning oxirida otasi Kolindaning o‘qishi uchun pul topib berolmay qoladi, shunda bo‘lajak prezident o‘zi pul topib, o‘qishini davom ettiradi.

Prezident xonimning aytishicha, u yoshligidan BMTda ishlashni istagan, shu sabab tashkilotning ishchi tili bo‘lgan ingliz va ispan tillarini yaxshi o‘zlashtirishga e'tibor qaratgan. AQSHda malaka oshirgan Xorvatiyaning bo‘lajak prezidenti Zagreb universitetida o‘qishni davom ettirish uchun vataniga qaytadi. Sotsiologiya fakultetini tugatgach, xalqaro aloqalar bo‘yicha magistr darajasiga ham erishadi. Aynan magistraturada o‘qib yurganida Yakov Kitarovich bilan tanishib qoladi. Kitarovich rafiqasini siyosiy karyeraga ruhlantiradi.



Tashqi ishlar vazirligiga ishga qabul qilinguniga qadar Kolinda enaga, ingliz tili bo‘yicha repetitor bo‘lib ham ishlagan. 1992 yilga kelib u Xorvatiya fan va texnologiya vazirligining xalqaro hamkorlik departamenti maslahatchisi vazifasiga ishga qabul qilinadi, keyinchalik esa Xorvatiya xorijiy aloqalar vazirligiga maslahatchi bo‘lib ishlay boshlaydi. Oradan 3 yil o‘tib Kolinda Grabar-Kitarovich TIVning Shimoliy Amerika departamenti direktori lavozimiga tayinlanadi. Ko‘p o‘tmay Kanadaga elchi maslahatchisi sifatida yuboriladi. Diplomatiyaning turli lavozimlarida faoliyat yuritgan Kolinda xonim Xorvatiya tashqi ishlar vaziri etib tayinlanadi. Aynan u davlatining Yevroittifoq tarkibiga kirishi bo‘yicha muzokaralar olib borgan. Xorvatiyaning AQSHdagi elchisi vazifasida ishlagan Kolinda Grabar-Kitarovich NATOning bosh direktori o‘rinbosari lavozimiga ko‘tarilgan birinchi ayol hisoblanadi. 46 yoshida esa u Xorvatiya tarixidagi eng yosh va birinchi ayol prezident bo‘ldi.



Kolinda xonim nafaqat karyera borasida omadli, balki oilasi ham havas qilgulik. Uning Katarina ismli qizi va Luka ismli o‘g‘li bor. FIFA 2018ning ko‘rki deya ta'riflangan Kolinda Grabar-Kitarovich o‘z mamlakatining faxri va haqiqiy jonkuyari hisoblanadi.
Категория: Har-Hil | Просмотров:1524 | Добавил: Admin | Теги: Sigir sog‘ishni biladigan prezident | Рейтинг: 0.0/0
Всего комментариев: 0
Добавлять комментарии могут только зарегистрированные пользователи.
[ Регистрация | Вход ]
Профил
Время:17:40
Добро Пожаловать, Mexmon
Поиск
Калькулятор
Календарь
«  Avgust 2018  »
ПнВтСрЧтПтСбВс
  12345
6789101112
13141516171819
20212223242526
2728293031