• Merganlar - O'zbek Tilida
  • Zulmatdan Ovoz - O'zbek Tilida
  • Hevenhyorst - O'zbek Tilida
  • Yitqichni Izlab - O'zbek Tilida
  • Bo'rilar Jasorati - O'zbek Tilida
  • Yalmog'iz Dunyoni Qutqaradi - O'zbek Tilida
  • Ilonli Botqoq - O'zbek Tilida
  • Begona - O'zbek Tilida
  • Vahshiy Ona - O'zbek Tilida
  • Uddalab Bo'lmas Topshiriq 7 - O'zbek Tilida
  • Kompaniya - O'zbek Tilida
  • Hech Kimga Aytma - O'zbek Tilida
  • Najot Tongi - O'zbek Tilida
  • Stoun Yuragi - O'zbek Tilida
  • Avlod - O'zbek Tilida
  • Berkin - O'zbek Tilida
  • Solomon Keyn - O'zbek Tilida
  • Raketachilar Klubi - O'zbek Tilida
  • Enaga - O'zbek Tilida
  • Meg 2 - O'zbek Tilida
Наш опрос
QAYERDANSIZ
Всего ответов: 1765
Статистика


Яндекс.Метрика


Сейчас онлайн: 21
Гостей: 21
Пользователи 0

faxriddin
Tre
Submarine
Sher80
Tohirjon
hbahodir1980
Umida4008
17797
Nodirjon
Yagshisaxet
Главная » 2022 » Yanvar » 15 » Shvetsiya Maliga “Vagner” jangarilari kelgani sabab mamlakatdan harbiylarini olib chiqmoqchi
17:33
Shvetsiya Maliga “Vagner” jangarilari kelgani sabab mamlakatdan harbiylarini olib chiqmoqchi

Shvetsiya hukumati "Vagner” xususiy harbiy kompaniyasining jangarilari Maliga kelgani munosabati bilan Takuba terrorchilikka qarshi kurash missiyasida qatnashishdan bosh tortishga, unda ishtirok etayotgan harbiylarini 2022-yil davomida Malidan olib chiqishga qaror qildi. Bu haqda Shvetsiya tashqi ishlar vaziri Ann Linde Fransiyada payti jurnalistlarga ma’lum qilgan.

Xuddi shu sababga ko‘ra, Shvetsiya Birlashgan Millatlar Tashkilotining Malidagi tinchlikparvar missiyasida ishtirok etish masalasini ham qayta ko‘rib chiqadi. Hozircha bu savol ochiqligicha qolmoqda, deydi vazir.

" ‘Vagner’ guruhi o‘sha yerda ekanidan xabarimiz bor, agar ular o‘z ta’sir doirasini kengaytirsa, u holda bunchalik ko‘p sonli qo‘shin bilan operatsiyani davom ettira olmaymiz”, — deb tushuntirdi Ann Linde.

2020-yilda Shvetsiya parlamenti Takuba operatsiyasida ishtirok etish uchun Maliga 150 nafargacha harbiy xizmatchilarni yuborishga ruxsat bergan, BMT missiyasiga 250 ga yaqin shved harbiy xizmatchilari jalb qilingan. Lindening aytishicha, parlament fevral oyida Malidagi vaziyatni qayta muhokama qiladi.

Takuba missiyasi Fransiya qurolli kuchlarining Sahel (Afrika ) hududidagi aksilterror operatsiyasini qisman davom ettirdi. Takuba missiyasi Mali xavfsizlik kuchlariga qurolli jangarilarga qarshi kurashda yordam beradigan 14 ta Yevropa davlatining harbiy va logistika salohiyatidan foydalanishni o‘z ichiga oladi. Parij ilgari Takuba’ga a’zo ayrim davlatlar "Vagner” kuchlarining Maliga kelishidan xavotir bildirganini tasdiqlagan. Fransiya va AQSh Malida ushbu guruhning paydo bo‘lishiga bir necha bor qarshilik qilgan.

Ma’lumot uchun "Vagner” guruhi norasmiy qurolli tuzilma bo‘lib, ommaviy axborot vositalarida u ko‘pincha Rossiyaning xususiy harbiy kompaniyasi deb ataladi. Ta’kidlanishicha, guruh 2014-yildan Ukrainada, keyin esa Suriyada faoliyat yuritgan. Avvalroq Rossiya TIV vakili "Vagner” faoliyatiga davlatning aloqasi yo‘qligi, bu shaxsiy kampaniya ekani va kapitalizm sharoitida "har kim qo‘lidan kelgan usulda pul topishini” aytgan.

Mali atrofidagi vaziyatning keskinlashuvi 2020-yildagi davlat to‘ntarishi ortidan boshlandi, shundan so‘ng G‘arbiy Afrika davlatlari o‘z chegaralarini yopdi, diplomatik munosabatlarni uzdi va Maliga qarshi iqtisodiy sanksiyalar joriy etdi, bu AQSh va Fransiya tomonidan qo‘llab-quvvatlandi.

Yevropa Ittifoqi avvalroq "Vagner” va unga aloqador bir qator shaxs va tashkilotlarga nisbatan sanksiyalar kiritgan edi.
Категория: Har-Hil | Просмотров:364 | Добавил: moderator | Теги: yangilik | Рейтинг: 0.0/0
Всего комментариев: 0
Добавлять комментарии могут только зарегистрированные пользователи.
[ Регистрация | Вход ]
Профил
Время:20:05
Добро Пожаловать, Mexmon
Поиск
Калькулятор
Календарь
«  Yanvar 2022  »
ПнВтСрЧтПтСбВс
     12
3456789
10111213141516
17181920212223
24252627282930
31