• Merganlar - O'zbek Tilida
  • Zulmatdan Ovoz - O'zbek Tilida
  • Hevenhyorst - O'zbek Tilida
  • Yitqichni Izlab - O'zbek Tilida
  • Bo'rilar Jasorati - O'zbek Tilida
  • Yalmog'iz Dunyoni Qutqaradi - O'zbek Tilida
  • Ilonli Botqoq - O'zbek Tilida
  • Begona - O'zbek Tilida
  • Vahshiy Ona - O'zbek Tilida
  • Uddalab Bo'lmas Topshiriq 7 - O'zbek Tilida
  • Kompaniya - O'zbek Tilida
  • Hech Kimga Aytma - O'zbek Tilida
  • Najot Tongi - O'zbek Tilida
  • Stoun Yuragi - O'zbek Tilida
  • Avlod - O'zbek Tilida
  • Berkin - O'zbek Tilida
  • Solomon Keyn - O'zbek Tilida
  • Raketachilar Klubi - O'zbek Tilida
  • Enaga - O'zbek Tilida
  • Meg 2 - O'zbek Tilida
Наш опрос
SAYTGA QAYSI QURILMADAN KIRDINGIZ?
Всего ответов: 1969
Статистика


Яндекс.Метрика


Сейчас онлайн: 8
Гостей: 8
Пользователи 0

faxriddin
Tre
Submarine
Sher80
Tohirjon
hbahodir1980
Umida4008
17797
Nodirjon
Yagshisaxet
Главная » 2016 » Oktyabr » 10 » Shohjahon Jo‘rayev zaif tomonlari va baxtini butun qilib turganlar haqida
10:34
Shohjahon Jo‘rayev zaif tomonlari va baxtini butun qilib turganlar haqida

Shohjahon Jo‘rayevga ko‘pchilik juda manman, kibirli deya baho berishadi. Ammo inson bilan gaplashmay turib, asli qanday ekanini bilish qiyin. Bunga bugungi suhbat orqali yana bir karra amin bo‘ldik. YAqinda imidjini o‘zgartirgan xonanda o‘zi haqidagi ko‘pgina ma'lumotlarni biz bilan o‘rtoqlashdi.

— Biroz tanaffusdan keyin yakkaxon konsert dasturingizni taqdim etayapsiz. Tayyorgarliklar qanday?

— Bugun tomoshabinlar ikki toifaga bo‘linib qolgandek. Birovlar sahnadagi shou dasturga ko‘zi qamashib mahlif bo‘lsa, ikkinchi guruhdagilar haqiqiy qo‘shiq shaydolari. Men konsertimda tomoshabinlarning e'tiborini keraksiz narsalarga qaratmoqchi emasman. Chunki o‘sha kuni chin dildan qo‘shiq eshitaman deb kelganlar bilan yuzlashishni istardim. Yana bir gap — konsertimda dekoratsiya bo‘lmaydi. Faqat o‘rtaga katta monitor qo‘yamiz. Bu ham bo‘lsa, orqa o‘rindiqlarda o‘tirganlar uchun qulaylik yaratish maqsadida. Raqqosalar masalasida ham to‘xtalib o‘tishim mumkin. Ko‘proq yakkaxon ijrolarga e'tibor beryapmiz. Xullas, bir so‘z bilan aytganda shou dastur emas, yakkaxon konsert dasturim bilan muxlislarni xushnud etaman.

— Repertuaringizda ko‘proq qaysi mavzuga to‘xtalyapsiz?

—  Hozirgi zamonda muammoga aylanib borayotgan mavzularga to‘xtalish niyatim yo‘q. Ya'ni, chet davlatlardagi holatlar, qochqinlar, urushlarda qurbon bo‘layotganlarga atab qo‘shiq kuylamayman. Chunki insonlar bular haqida har kuni internet tarmoqlarida, televideniyeda eshitib charchashgan, siqilishgan. Men esa konsertimda ularni bu olamdan olib chiqib ketmoqchiman. Ikki soat davomida qo‘shiqlarimni tinglab, muammmolarni unutib, maza qilib hordiq chiqarishlarini istayman. Maqsadimiz shu.

— Konsert taqdim etishda amal qiladigan uch muhim qoidangiz bormi?

— Ularning soni nechta bilmadim-u, lekin yo‘q emas. Birinchisi, jonli ijro va musiqa. Ikkinchisi esa, haqiqiy konsertni targ‘ib qilish. Kelganlar qo‘shiqlardan rohatlanib vaqt qanday o‘tganini bilmay qolishsin.

— Ijod  yo‘lingizga ahamiyat bersak, umuman duet kuylamagan ekansiz?

— Bu narsaga umuman qiziqmayman desam, to‘g‘riroq bo‘ladi. Men qo‘shiqlarimni o‘zim yozaman. Menga hamkorlik qilish taklifini bildirganlar ham o‘z qo‘shig‘i bilan kelishi kerak deb o‘ylayman. Duet kuylaylik degan bilan qo‘lida ishi bo‘lmasa, bu ham to‘g‘ri emas nazarimda. Yana bir asosiy jihatlardan biri ovozlarimizning bir- biriga tushishi. Lekin hozir esladim, bir marta duet kuylamoqchi ham bo‘ldim. Yangi qo‘shiq yozdim, umuman boshqa yo‘nalishda. U ko‘proq Rayhon G‘aniyevaning stiliga mos edi. Qani bir duet ham kuylab ko‘ray-chi, deb, konsertlarning birida taklif ham bildirdim, o‘zaro kelishib oldik. Biroq aytyapman-ku, qiziqishim kuchli bo‘lmagani uchun ishni oxirigacha yetkazmaganman.

— Bugun sizni yo‘nalishingizda qo‘shiq kuylovchilar juda ko‘p. Ovoz borasida ham o‘xshashlar yo‘q emas. Ularning ijodini kuzatib turasizmi?

— Men hammani ijodini kuzataman. Lekin ularning ismini ajratib ko‘rsatmayman.

— Aytmoqchimanki, balki ular bilan ham duet kuylashingiz mumkindir...

— Men ularga taklif bilan chiqmayman. Agarda kimningdir xohishi bo‘lsa, marhamat. Rad javobini bermayman. Aksincha, hatto ayrimlariga foydam ham tegadi deb o‘ylayman. 

—  Endi, bugungi ko‘rinishingiz haqida gapirsangiz. Tanaffusdan keyin ijodingizni yangi imidjda davom ettirishni istadingizmi?

— Bu haqda gapirsam, tarixi uzun. Bilasizmi, o‘zimga qolsa bu imidjda allaqchon ko‘rinish bergan bo‘lardim. Ammo ijodimni boshlagan yillarim istasam-istamasam, dadamga qiyoslovchilar ko‘p bo‘lgan. Mana o‘n yildirki, dadamning yo‘nalishida, ularning qo‘shiqlarini qayta kuylab ijod qildim, to‘plamlar yaratdim. Tan olishim kerak, shu kungacha sahnaga chiqqanimda men uchun emas, dadam uchun qarsak chalinardi, ya'ni ularning qo‘shiqlarini kuylaganim uchun.  Ammo butun umr soyada yurishim to‘g‘ri emasligini yaxshi bilaman. Bugun dadamga munosib o‘g‘il ekanimni yetarli darajada isbotladim. Endi ko‘rganlar kimningdir o‘g‘li emas, Shohjahon Jo‘rayev deyishyapti. Sekin-sekin ikki yo‘nalishni qorishtirib, o‘zim istagan yo‘nalishga ham yetib kelyapman. Aytmoqchimanki, aslida men yaratishni istagan qo‘shiqlar bugungi kunda jarang sochishni boshladi, prem'yerasi kutilayotganlari ham bor. Men istagan yo‘nalishdagi qo‘shiqlarga esa mo‘ylovli Shohjahon to‘g‘ri kelmas edi. Shuning uchun imidijimga biroz o‘zgartirish kiritdik. Bugungi yaratadigan qo‘shiqlarim 35 yoshdan kichik bo‘lganlarga mo‘ljalangan. Rok-n-roll elementlari qo‘llanilayotgan yangi qo‘shiqlarimni eski shinavandalarim tushunmay qolishadimi deyman-da. Tez kunlarda yangi albomdan joy olgan "Go‘zalim” qo‘shig‘i efirlarga uzatiladi. Bu qo‘shiq milliy yo‘nalishda emas, u yoshlarbop janrda. Nima demoqchiligimni muxlislar qo‘shiqni tinglaganda bilib olishadi.

— Bu yo‘nalish tinglovchilar tomonidan yaxshi qabul qilinishiga ishonasizmi?

— Yuz foiz ishonchim komil.

— "Go‘zalim” qo‘shig‘ining klipida ilk bor o‘zingiz rol ijro etdingiz.

— Ha, chunki qo‘shiqning stili ana shu narsani taqozo qiladi. Uni o‘zim kuylab, o‘zim rol o‘ynamasam, klipning ma'nosi boshqa aktyor men  istagandek ko‘rsatolmasdi.

— Kinolardan taklif tushsa, rol o‘ynashingiz mumkinmi?

— Yo‘q. Balki epizodlarda o‘zimning fe'limga yaqin rol bo‘lsa, ijro etishim mumkin. Biroq, kino olami men uchun emas.

—  Qanday qo‘shiqlardan ilhomlanasiz?

— Bu haqida gapirmayman. Chunki intervyuni o‘qiganlar nimadan ilhomlanishimni bilib olishini istamayman.

— "So‘nggi pushaymon o‘zingga dushman” degan naqlning isbotini hayotingizda ko‘rganmisiz?

— Juda ko‘p bora hayotimda o‘z aksini topgan. Sababi tabiatan ishonuvchan insonman. Biror iltimosimni bajargan insonga qattiq bog‘lanib qoladigan odatim bor. Bu zaif tamonimni o‘zimga qarshi qo‘llaganlar ko‘p bo‘lgan.

— O‘zingizni yolg‘iz his qilgan paytlaringiz ham bo‘lganmi?

— Men aksincha yolg‘iz qolishni istayman.

— E'tibordan charchaganmisiz?

— Yo‘q. Juda asabiy odamman. Jahlim chiqqanda, kayfiyatim bo‘lmaganda, yolg‘iz qolishni istayman. Bunday vaziyatdan sukunat bilan chiqib ketaman.

— Baxtingizni butun qilib turganlar haqida gapirib bersangiz.

— Insonni to‘laqonli baxtli qilishi mumkin bo‘lganlar bu uning oilasi, farzandlari va sevimli ishi deb o‘ylayman.

— Fazandlaringiz haqida gapni davom ettirsak...

— Nega? Keling yaxshisi boshqa mavzuga o‘ta qolaylik. Shaxsiy hayotimni muhokama qilib o‘tirish niyatim yo‘q. San'atkorning san'ati qiziq bo‘lsin...

—  Yaxshi. Bolalaringizning qaysi savollariga javob topolmagansiz?

— (O‘ylanib) Bolalarim ko‘p savol bermaydi-ku, lekin juda ajoyib gaplar o‘ylab topishadi. Misol uchun kuni kecha qizim yonimga kelib "Dada, yuring oymomoni ko‘ramiz” deb qoldi. Yur, deb qo‘limda ko‘tarib, hovliga chiqdim. "Ana oymomoni qarang, osmonga yopishib turibti” deydi.  Ishonasizmi, bunday o‘xshatishni men she'rlarda ham uchratmaganman. Ammo nasib qilsa kelajakda ijodimda bu o‘xshatmani, albatta qo‘llayman.

— Mazmunli suhbatingiz uchun rahmat.

— Taklif uchun sizlardan minnadorman!

Категория: Har-Hil | Просмотров:3977 | Добавил: Admin | Теги: Шоҳжаҳон Жўраев заиф томонлари ва б | Рейтинг: 0.0/0
Всего комментариев: 0
Добавлять комментарии могут только зарегистрированные пользователи.
[ Регистрация | Вход ]
Профил
Время:12:23
Добро Пожаловать, Mexmon
Поиск
Калькулятор
Календарь
«  Oktyabr 2016  »
ПнВтСрЧтПтСбВс
     12
3456789
10111213141516
17181920212223
24252627282930
31