• Merganlar - O'zbek Tilida
  • Zulmatdan Ovoz - O'zbek Tilida
  • Hevenhyorst - O'zbek Tilida
  • Yitqichni Izlab - O'zbek Tilida
  • Bo'rilar Jasorati - O'zbek Tilida
  • Yalmog'iz Dunyoni Qutqaradi - O'zbek Tilida
  • Ilonli Botqoq - O'zbek Tilida
  • Begona - O'zbek Tilida
  • Vahshiy Ona - O'zbek Tilida
  • Uddalab Bo'lmas Topshiriq 7 - O'zbek Tilida
  • Kompaniya - O'zbek Tilida
  • Hech Kimga Aytma - O'zbek Tilida
  • Najot Tongi - O'zbek Tilida
  • Stoun Yuragi - O'zbek Tilida
  • Avlod - O'zbek Tilida
  • Berkin - O'zbek Tilida
  • Solomon Keyn - O'zbek Tilida
  • Raketachilar Klubi - O'zbek Tilida
  • Enaga - O'zbek Tilida
  • Meg 2 - O'zbek Tilida
Наш опрос
Qaysi mobil operatordan foydalanasiz?
Всего ответов: 373
Статистика


Яндекс.Метрика


Сейчас онлайн: 7
Гостей: 7
Пользователи 0

faxriddin
Tre
Submarine
Sher80
Tohirjon
hbahodir1980
Umida4008
17797
Nodirjon
Yagshisaxet
Главная » 2018 » May » 15 » Shohjahon Ergashev: “Orzuimga yetishish uchun menga imkon berishlarini istardim”
15:42
Shohjahon Ergashev: “Orzuimga yetishish uchun menga imkon berishlarini istardim”

Avvalroq, WBA International kamari sohibi Shohjahon Ergashev Milliy olimpiya qo‘mitasiga tashrif buyurib, Umid Ahmadjonov qabulida bo‘lgani haqida xabar bergan edik. Uchrashuvda Milliy olimpiya qo‘mitasi rahbari bokschi uchun barcha shart-sharoitlarni yaratib berishga tayyorligi, undan faqat g‘alabalar kutib qolishi haqida aytib o‘tgandi.
 
Milliy olimpiya qo‘mitasi matbuot xizmati fursatdan foydalanib, Shohjahon Ergashev bilan intervyu tashkil qildi. E'tiboringizga ushbu eksklyuziv intervyuni taqdim etamiz.
 
WBA International kamari uchun jang haqida
WBA International kamarini qo‘lga kiritish oson bo‘lgani yo‘q. Bu safargi hislar umuman boshqacha bo‘ldi. Chunki, vatanga kamar bilan qaytish odamga boshqacha bir his-tuyg‘u bag‘ishlaydi. Bundan juda xursandman. Meni qo‘llab-quvvatlab turgan insonlarga rahmat aytaman. Nasib qilsa, bundan ham yirikroq g‘alabalarni qo‘lga kiritaman.
 
Navbatdagi rejalar
Kelajakda reytingda birinchi o‘rinni egallab turgan bokschiga qarshi jang qilaman va uni mag‘lub etmoqchiman. So‘nggi jangimning ertasigayoq yana mashg‘ulotlarni boshlab yubordim. Chunki, hali o‘ylagan maqsadimga yetganim yo‘q. Keyingi jangimga O‘zbekistonda jiddiy tayyorgarlik ko‘ryapman. YAqinlarim meni qo‘llab-quvvatlab turishibdi. Bu orqali yanada kuchli bo‘laman. Ishonamanki, barchasi yaxshi bo‘ladi.
 
Keyingi jang
Promouter, menejerlarim bilan birgalikda navbatdagi jangimni avgust oyi boshiga rejalashtiryapmiz. Bu chempionlik jangi bo‘lishi ham mumkin. Avgust oyi boshida, so‘ngra yil oxirida ringga chiqmoqchiman. Hozirgi rejalarim shulardan iborat.
 
MOQ rahbari bilan uchrashuv haqida
To‘g‘risi bunday uchrashuv bo‘lishini umuman kutmagandim. Chunki, men Olimpiya o‘yinlarida ishtirok etmaganman. O‘zbekiston terma jamoasi safida kam musobaqalarda qatnashganman. Yurtimizda sportga bo‘lgan e'tibor, qolaversa, Umid Ahmadjonovning so‘zlaridan yanada ruxlandim. Bu sportchi uchun yaxshigina dalda bo‘ladi. Umid Mahammadjonovich men uchun zarur bo‘lgan barcha sharoitlarni yaratib berishga tayyor ekanliklarini ma'lum qildilar. Tezroq chempion bo‘lishim lozim. Bu esda qolarli uchrashuv bo‘ldi.
 
Osiyo va Olimpiya o‘yinlari
Musobaqalarda ishtirok etishim mumkin. Men Olimpiya, Osiyo o‘yinlarida, jahon chempionatlarida ishtirok etib, yurtimiz bayrog‘ini yuqorilarga ko‘tarishni bir umr orzu qilganman. Balki, ushbu orzuimga bir kun kelib yetisharman. Menga imkon berishlarini istardim. Hali o‘zimning to‘liq imkoniyatlarimni ko‘rsata olganimcha yo‘q. Bir kun kelib albatta vatanimizga oltin kamarni olib kelaman.
 
O‘zbek sportidagi islohotlar haqida
O‘zbekistonda sport yaxshigina o‘sdi. Ayniqsa, yakkakurash bahslarida rivojlandik. Milliy olimpiya qo‘mitasi ham sport rivoji yo‘lida keng ko‘lamda ishlar olib bormoqda. O‘zbek yoshlari bunday imkoniyatdan foydalanishlari lozim. Bunday sharoitlar hamma joyda ham bo‘lavermaydi. Ba'zi mamlakatlarda hattoki Olimpiada chempionlariga ham e'tibor bu darajada emas. Sportga e'tibor juda yuqori. Buning uchun yurtboshimizga, sport sohasidagi mutasaddilarga kattadan-katta rahmat aytaman.
 
O‘zbekistonda jang qilishi mumkin
Albatta, o‘z janglarimdan birini O‘zbekistonda o‘tkazishni istayman. Vatandoshlarim ko‘z o‘ngida jang qilib, ularning qo‘llab-quvvatlashi bilan ringga chiqishimni xohlayman. Buning uchun imkoniyat bor. Bugungi kundagi eng asosiy maqsadim jahon chempionligi kamarini qo‘lga kiritishdir. Bu yo‘lda kerak bo‘lsa uyqudan voz kechib, tinimsiz mashg‘ulot o‘tkazyapman. Nasib qilsa, jahon chempionligi kamari meniki 
Категория: Har-Hil | Просмотров:1070 | Добавил: Moderator | Рейтинг: 0.0/0
Всего комментариев: 0
Добавлять комментарии могут только зарегистрированные пользователи.
[ Регистрация | Вход ]
Профил
Время:23:36
Добро Пожаловать, Mexmon
Поиск
Калькулятор
Календарь