• Merganlar - O'zbek Tilida
  • Zulmatdan Ovoz - O'zbek Tilida
  • Hevenhyorst - O'zbek Tilida
  • Yitqichni Izlab - O'zbek Tilida
  • Bo'rilar Jasorati - O'zbek Tilida
  • Yalmog'iz Dunyoni Qutqaradi - O'zbek Tilida
  • Ilonli Botqoq - O'zbek Tilida
  • Begona - O'zbek Tilida
  • Vahshiy Ona - O'zbek Tilida
  • Uddalab Bo'lmas Topshiriq 7 - O'zbek Tilida
  • Kompaniya - O'zbek Tilida
  • Hech Kimga Aytma - O'zbek Tilida
  • Najot Tongi - O'zbek Tilida
  • Stoun Yuragi - O'zbek Tilida
  • Avlod - O'zbek Tilida
  • Berkin - O'zbek Tilida
  • Solomon Keyn - O'zbek Tilida
  • Raketachilar Klubi - O'zbek Tilida
  • Enaga - O'zbek Tilida
  • Meg 2 - O'zbek Tilida
Наш опрос
QAYSI TAS-IX TIZIMI QULAY?
Всего ответов: 288
Статистика


Яндекс.Метрика


Сейчас онлайн: 5
Гостей: 5
Пользователи 0

faxriddin
Tre
Submarine
Sher80
Tohirjon
hbahodir1980
Umida4008
17797
Nodirjon
Yagshisaxet
Главная » 2018 » Iyun » 9 » Shaxmatning vatani O‘zbekistonmi?
19:45
Shaxmatning vatani O‘zbekistonmi?

Kuni kecha Milliy olimpiya qo‘mitasida O‘zbekiston shaxmat federatsiyasining navbatdan tashqari hisobot-saylov konferensiyasi tashkil qilindi. Unda Butunjahon shaxmat federatsiyasi rahbari Kirsan Ilyumjinov, Milliy olimpiya qo‘mitasi Prezidenti Umid Ahmadjonov, Jismoniy tarbiya va sport vaziri Shoakrom Isroilov, O‘zbekiston shaxmat federatsiyasi mutasaddilari ishtirok etdilar.
 
Konferensiya kun tartibi O‘zbekiston shaxmat federatsiyasiga yangi rais saylab olish, shuningdek, shu yil oktyabr oyida bo‘lib o‘tadigan Butunjahon shaxmat federatsiyasi (FIDE) prezidentligi saylovi uchun Kirsan Ilyumjinov nomzodini ilgari surishdan iborat bo‘ldi.
 
Shaxmat federatsiya raisi lavozimiga O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti huzuridagi loyiha boshqaruvi Milliy agentligi direktorining birinchi o‘rinbosari Dmitriy Romanovich Li nomzodi ishtirokchilar tomonidan bir ovozdan nomzodini qo‘llab-quvvatlandi. Shu tariqa, Dmitriy Li O‘zbekiston shaxmat federatsiyasining yangi raisi etib saylandi.
 
"Bildirilayotgan ishonch uchun rahmat aytaman. O‘zbekistonda shaxmatga oid Prezident qarori bor. O‘zbek shaxmatini qo‘llab-quvvatlash, yordam berish uchun barcha chorani amalga oshiraman. Shaxmat insonning intelektual, mantiqiy fikrlashini rivojlantiradi”, dedi Dmitriy Li.
 
Shundan so‘ng, Butunjahon shaxmat federatsiyasi va O‘zbekiston shaxmat federatsiyasi nizomiga binoan, shu yil Batumida bo‘lib o‘tadigan FIDE prezidentlik saylovi uchun O‘zbekiston shaxmat federatsiyasi nomidan 1995 yildan beri ushbu tashkilotga rahbarlik qilib kelayotgan, yetti marotaba FIDE prezidentligi lavozimiga qayta saylangan Kirsan Ilyumjinov nomzodini ilgari surish masalasi ko‘rildi. Konferensiya qatnashchilari bir ovozdan Kirsan Nikolayevich Ilyumjinov nomzodini FIDE prezidentligi uchun nomzod sifatida qayd etishdi.
 
"Toshkent men uchun qadrli shahar. Bu yerga o‘z uyimga kelgandek kelaman. O‘zbekistonga ilk marotaba 1978 yilda Spartakiada vaqtida kelgandim. Bugungi kunda FIDE jahonning eng yirik sport tashkilotlaridan biri hisoblanadi. Federatsiyaga 188 mamlakat a'zo. 1995 yilda shaxmat sport turi sifatida tan olinmagandi. 1999 yilga kelib shaxmat Xalqaro olimpiya qo‘mitasi tomonidan sport turi sifatida rasman tan olingan. Ayni paytda jahon bo‘ylab 600 milliondan ortiq inson shaxmat o‘ynaydi. Maqsadim 2020 yilgacha ushbu ko‘rsatkichni 1 milliardga yetkazish. Bu yerdan Rustam Qosimjonov, Nodirbek Abdusattorov kabi grossmeysterlar yetishib chiqqan. O‘zbekiston shaxmat federatsiyasi eng faol federatsiyalardan biri hisoblanadi. Dmitriy Li bilan birga o‘zbek shaxmatidagi kamchiliklar bartaraf etilishiga, sport turi yangi bosqichga olib chiqilishiga ishonchim komil”, dedi Kirsan Ilyumjinov.
 
Butunjahon shaxmat federatsiyasi rahbari nutqi davomida shaxmat vatani Pokiston, Hindiston yoki Eron emas, balki O‘zbekiston ekanligini aytdi. Bu fakt ilmiy tadqiqotlar, tarixchi olimlar tomonidan o‘rganib chiqilgan izlanishlar natijasi ekanligi, FIDE bu borada Xalqaro Olimpiya qo‘mitasiga rasmiy xat tayyorlayotgani va yaqin orada O‘zbekiston shaxmat vatani deb rasman tan olinishi ma'lum qildi.
Категория: Har-Hil | Просмотров:1259 | Добавил: Moderator | Рейтинг: 0.0/0
Всего комментариев: 0
Добавлять комментарии могут только зарегистрированные пользователи.
[ Регистрация | Вход ]
Профил
Время:23:51
Добро Пожаловать, Mexmon
Поиск
Калькулятор
Календарь
«  Iyun 2018  »
ПнВтСрЧтПтСбВс
    123
45678910
11121314151617
18192021222324
252627282930