• Merganlar - O'zbek Tilida
  • Zulmatdan Ovoz - O'zbek Tilida
  • Hevenhyorst - O'zbek Tilida
  • Yitqichni Izlab - O'zbek Tilida
  • Bo'rilar Jasorati - O'zbek Tilida
  • Yalmog'iz Dunyoni Qutqaradi - O'zbek Tilida
  • Ilonli Botqoq - O'zbek Tilida
  • Begona - O'zbek Tilida
  • Vahshiy Ona - O'zbek Tilida
  • Uddalab Bo'lmas Topshiriq 7 - O'zbek Tilida
  • Kompaniya - O'zbek Tilida
  • Hech Kimga Aytma - O'zbek Tilida
  • Najot Tongi - O'zbek Tilida
  • Stoun Yuragi - O'zbek Tilida
  • Avlod - O'zbek Tilida
  • Berkin - O'zbek Tilida
  • Solomon Keyn - O'zbek Tilida
  • Raketachilar Klubi - O'zbek Tilida
  • Enaga - O'zbek Tilida
  • Meg 2 - O'zbek Tilida
Наш опрос
YOSHINGIZ?
Всего ответов: 1362
Статистика


Яндекс.Метрика


Сейчас онлайн: 7
Гостей: 7
Пользователи 0

faxriddin
Tre
Submarine
Sher80
Tohirjon
hbahodir1980
Umida4008
17797
Nodirjon
Yagshisaxet
Главная » 2020 » Fevral » 13 » Shavkat Mirziyoyev texnoparklar qurish loyihalarining ijrosini ko‘rib chiqdi
20:38
Shavkat Mirziyoyev texnoparklar qurish loyihalarining ijrosini ko‘rib chiqdi

O‘zbekiston Prezidenti Shavkat Mirziyoyev 13-fevral, payshanba kuni, axborot texnologiyalarini rivojlantirish, buning uchun zamonaviy infratuzilma yaratish masalasi bo‘yicha yig‘ilish o‘tkazdi. Bu haqda Prezident matbuot xizmati xabar berdi.

Ta’kidlanishicha, barcha sohalarda ochiqlik va samaradorlikni ta’minlash maqsadida "Elektron hukumat” tizimi keng joriy etilmoqda. Xususan, Yagona interaktiv davlat xizmatlari portali orqali 178 ta xizmat yo‘lga qo‘yilib, aholining vaqti va xarajatlari tejalmoqda.

Raqamli iqtisodiyotning yalpi ichki mahsulotdagi ulushi AQShda 10,9 foiz, Xitoyda 10 foiz, Hindistonda 5,5 foizni tashkil etadi. O‘zbekistonda bu ko‘rsatkich 2 foizdan ham oshmaydi, deyiladi xabarda.

Bu sohani rivojlantirish va eksport salohiyatini oshirish maqsadida O‘zbekiston Axborot texnologiyalari va kommunikatsiyalarini rivojlantirish vazirligi bilan Hindistonning Elektronika va axborot texnologiyalari vazirligi qoshidagi Dasturiy texnologiyalar parklari jamiyati hamkorligida O‘zbekistonda IT-park tashkil etilishi belgilangan. 2019-yil 10-yanvarda Vazirlar Mahkamasining shu boradagi qarori qabul qilinib, Toshkent shahri Mirzo Ulug‘bek tumanida Dasturiy mahsulotlar va axborot texnologiyalari texnologik parki qurila boshlandi.

Davlat rahbari o‘tgan yili 20-noyabr kuni ushbu parkka tashrif buyurib, u yerdagi sharoitlar bilan yaqindan tanishdi. Soha rivojiga yanada keng sharoit yaratish maqsadida IT-parkning yangi bosqichi qurilishiga tamal toshi qo‘ydi.

Hozirda u yerda axborot texnologiyalari sohasi bo‘yicha 350 ta mahalliy rezident korxona faoliyat yuritib, 4 ming mutaxassis ishlamoqda. Xorijiy hamkorlar bilan birgalikda "1 million dasturchi” loyihasini amalga oshirish boshlandi.

2020—2024-yillarda 14 ta hududda Dasturiy mahsulotlar va axborot texnologiyalari texnologik parkining filialini tashkil etib, rezidentlar sonini 3 barobar oshirish va xodimlar sonini 40 mingga yetkazish rejalashtirilgan. Buning natijasida kompyuter va dasturlash xizmatlari hajmi ham, eksporti ham ancha oshadi.

Yig‘ilishda Dasturiy mahsulotlar va axborot texnologiyalari texnologik parki hamda uning filiallarini qurish, yuqori texnologiyali infratuzilmalar yaratish masalalari muhokama qilindi.

IT-akademiya, IT-laboratoriya, Kovorking markazi, Mobil dasturlar ishlab chiqish markazi, Masofaviy axborot texnologiyalari markazini barpo etish bo‘yicha ko‘rsatmalar berildi.

Davlat buyurtmasi asosida soha va tarmoqlar uchun zarur zamonaviy dasturiy ta’minotlarni ishlab chiqish va amaliyotga tatbiq etish mexanizmini yo‘lga qo‘yish taklifi bildirildi.

Jahondagi tendensiyalar bilan hamqadam bo‘lib, yangi ishlanmalarni hayotga faol joriy etish, yetakchi texnoparklar bilan hamkorlikni rivojlantirish muhimligi qayd etildi.

Dasturiy mahsulotlar va axborot texnologiyalari texnologik parki xodimlari hamda xorijiy mutaxassislar uchun ko‘p qavatli turar joy, mehmonxona, sport majmualari tashkil etish masalasiga ham e’tibor qaratildi.

Mutasaddilar qurilish va loyihalashtirish ishlarining borishi yuzasidan hisobot berdi.
Категория: Har-Hil | Просмотров:567 | Добавил: moderator | Теги: yangilik | Рейтинг: 0.0/0
Всего комментариев: 0
Добавлять комментарии могут только зарегистрированные пользователи.
[ Регистрация | Вход ]
Профил
Время:09:43
Добро Пожаловать, Mexmon
Поиск
Калькулятор
Календарь
«  Fevral 2020  »
ПнВтСрЧтПтСбВс
     12
3456789
10111213141516
17181920212223
242526272829