• Merganlar - O'zbek Tilida
  • Zulmatdan Ovoz - O'zbek Tilida
  • Hevenhyorst - O'zbek Tilida
  • Yitqichni Izlab - O'zbek Tilida
  • Bo'rilar Jasorati - O'zbek Tilida
  • Yalmog'iz Dunyoni Qutqaradi - O'zbek Tilida
  • Ilonli Botqoq - O'zbek Tilida
  • Begona - O'zbek Tilida
  • Vahshiy Ona - O'zbek Tilida
  • Uddalab Bo'lmas Topshiriq 7 - O'zbek Tilida
  • Kompaniya - O'zbek Tilida
  • Hech Kimga Aytma - O'zbek Tilida
  • Najot Tongi - O'zbek Tilida
  • Stoun Yuragi - O'zbek Tilida
  • Avlod - O'zbek Tilida
  • Berkin - O'zbek Tilida
  • Solomon Keyn - O'zbek Tilida
  • Raketachilar Klubi - O'zbek Tilida
  • Enaga - O'zbek Tilida
  • Meg 2 - O'zbek Tilida
Наш опрос
QAYERDANSIZ
Всего ответов: 1777
Статистика


Яндекс.Метрика


Сейчас онлайн: 18
Гостей: 18
Пользователи 0

JohaC2
03012005
Olaqanatlar
Akmalaka
Holdarov
Nuratdin
ismonali1994
2904
Risolat0921
faxriddin
Главная » 2020 » Iyun » 27 » Shavkat Mirziyoyev Namanganda “Obod va xavfsiz mahalla” konsepsiyasi doirasidagi ishlar bilan tanishdi
07:16
Shavkat Mirziyoyev Namanganda “Obod va xavfsiz mahalla” konsepsiyasi doirasidagi ishlar bilan tanishdi

Shavkat Mirziyoyev Namangan shahridagi "Orzu” mahalla fuqarolar yig‘inida "Obod va xavfsiz mahalla” konsepsiyasi asosida amalga oshirilgan ishlar bilan tanishdi. Bu haqda Prezident matbuot xizmati xabar qilgan.

Xabarda "Orzu” MFY 2013-yilda tashkil topgani, mazkur mahallada namunaviy loyihalar asosidagi 830 ta hamda yakka tartibdagi 1 ming 682 ta uy mavjudligi, qariyb 12 yarim ming aholi hayot kechirayotgani qayd etilgan.

Mirziyoyev 2017-yilda viloyatga tashrifi chog‘ida bu yerda bo‘lib, "Orzu” mahallasi misolida aholiga qulayliklar yaratish va xavfsizligini ta’minlash bo‘yicha butun mamlakatga namuna bo‘ladigan tizim taqdimoti bilan tanishgan.

"Hududda tashkil etilgan ‘Orzu’ kichik sanoat zonasida 15 ta loyiha ishga tushirilib, 930 dan ziyod ish o‘rni yaratilgan. Shundan qariyb 400 tasiga mahalla fuqarolari joylashdi. Bitta bog‘cha, 650 o‘rinli maktab, dorixona, savdo va umumiy ovqatlanish shoxobchalari, fitnes klubi, mini-futbol maydoni barpo etildi. O‘tgan yili davlat xizmatchilari uchun 20 ta xizmat uyi qurib berilgan”, – deyiladi Prezident matbuot xizmati axborotida.

Prezident Namangan shahrining ijtimoiy-iqtisodiy geoaxborot monitoring va raqamli boshqaruv tizimi bilan tanishib, eng katta masala jinoyatchilikni kamaytirishga erishish ekanini ta’kidladi.

Yangi tizimning maqsadi shahardagi ijtimoiy-iqtisodiy vaziyatni uzluksiz o‘rganib borish, kundalik nazorat qilish, muammoli holatlarni dasturdagi tahliliy ma’lumotlar asosida tezkor bartaraf etish, qaror qabul qilishda yuqori samara beruvchi yangi innovatsion onlayn boshqaruv usuliga o‘tishdan iborat.

Mazkur tizimda barcha ko‘rsatkichlar geoxarita orqali monitorda aks etadi. Jumladan, aholi soni, yolg‘iz keksalar, ta’lim muassasalari, mehnat bozori, investitsiyaviy loyihalar, kambag‘al oilalar, kriminogen muhit kabi ma’lumotlar uzluksiz kiritib boriladi.

Tajriba sifatida ishga tushirilgan bu tizim keyinchalik barcha sohalardagi elektron bazalarga ulanadi. Natijada shahardagi ijtimoiy-iqtisodiy ko‘rsatkichlarni onlayn kuzatish, vaziyatni xolis baholash, muammolarni nazoratga olish va kerakli chora-tadbirlar ko‘rish mumkin bo‘ladi.

Shavkat Mirziyoyev viloyatdagi yoshlar va jinoyatga moyil qatlamni sektorlar tomonidan nazoratga olish va shu orqali jinoyatchilikni jilovlash bo‘yicha hali tizimli ishlar qilinmayotganiga e’tibor qaratdi. Ichki ishlar vazirligi, Milliy gvardiya, Bosh prokuratura mutasaddilariga mahallalarda tinchlikni ta’minlashga to‘sqinlik qilayotgan omillarni o‘rganish, sektorlar ishlashi uchun qonunchilikka tegishli me’yorlarni kiritish yuzasidan topshiriqlar berildi.

Aholi bilan ishlash uchun psixolog kadrlar tayyorlashni kengaytirish, jinoyat sodir etilishiga sabab bo‘layotgan omillarni bartaraf etish yuzasidan chora-tadbirlar belgilandi.

Namanganda jinoyatchilikning oldini olish yuzasidan viloyat sektorlari rahbarlarining axborotlari tinglandi, deyiladi xabarda.
Категория: Har-Hil | Просмотров:563 | Добавил: moderator | Теги: yangilik | Рейтинг: 0.0/0
Всего комментариев: 0
Добавлять комментарии могут только зарегистрированные пользователи.
[ Регистрация | Вход ]
Профил
Время:18:07
Добро Пожаловать, Mexmon
Поиск
Калькулятор
Календарь
«  Iyun 2020  »
Пн Вт Ср Чт Пт Сб Вс
1234567
891011121314
15161718192021
22232425262728
2930