• Merganlar - O'zbek Tilida
  • Zulmatdan Ovoz - O'zbek Tilida
  • Hevenhyorst - O'zbek Tilida
  • Yitqichni Izlab - O'zbek Tilida
  • Bo'rilar Jasorati - O'zbek Tilida
  • Yalmog'iz Dunyoni Qutqaradi - O'zbek Tilida
  • Ilonli Botqoq - O'zbek Tilida
  • Begona - O'zbek Tilida
  • Vahshiy Ona - O'zbek Tilida
  • Uddalab Bo'lmas Topshiriq 7 - O'zbek Tilida
  • Kompaniya - O'zbek Tilida
  • Hech Kimga Aytma - O'zbek Tilida
  • Najot Tongi - O'zbek Tilida
  • Stoun Yuragi - O'zbek Tilida
  • Avlod - O'zbek Tilida
  • Berkin - O'zbek Tilida
  • Solomon Keyn - O'zbek Tilida
  • Raketachilar Klubi - O'zbek Tilida
  • Enaga - O'zbek Tilida
  • Meg 2 - O'zbek Tilida
Наш опрос
YOSHINGIZ?
Всего ответов: 1362
Статистика


Яндекс.Метрика


Сейчас онлайн: 6
Гостей: 6
Пользователи 0

faxriddin
Tre
Submarine
Sher80
Tohirjon
hbahodir1980
Umida4008
17797
Nodirjon
Yagshisaxet
Главная » 2020 » Iyun » 26 » Shavkat Mirziyoyev matbuot va OAV xodimlarini kasb bayrami bilan tabrikladi
20:45
Shavkat Mirziyoyev matbuot va OAV xodimlarini kasb bayrami bilan tabrikladi

O‘zbekiston Prezidenti Shavkat Mirziyoyev matbuot va ommaviy axborot vositalari xodimlarini 27-iyun — Matbuot va ommaviy axborot vositalari xodimlari kuni bilan tabrikladi. Shuningdek, Prezident O‘zbekiston jurnalistika va ommaviy kommunikatsiyalar universiteti talabalari uchun Mahmudxo‘ja Behbudiy nomidagi stipendiyani ta’sis etishni taklif qildi. Bu haqda Prezident matbuot xizmati xabar berdi.

Muhtaram do‘stlar!

Barchangizni 27-iyun — Matbuot va ommaviy axborot vositalari xodimlari kuni bilan chin qalbimdan samimiy tabriklab, sizlarga o‘zimning yuksak hurmatim va ezgu tilaklarimni bildiraman.

Fursatdan foydalanib, jahon miqyosida yuz bergan pandemiya tufayli vujudga kelgan bugungi murakkab vaziyat va qiyinchiliklarga qaramasdan, aholiga tezkor va ishonchli axborot yetkazib berish, mamlakatimizda amalga oshirilayotgan demokratik islohotlarni atroflicha aks ettirish yo‘lida o‘z professional burchini sidqidildan ado etib kelayotgan siz, jurnalistlar ahliga chuqur minnatdorchilik bildiraman.

Hurmatli ommaviy axborot vositalari xodimlari!

Sizlarga ayonki, mamlakatimiz taraqqiyotini yangi bosqichga ko‘tarishda axborot sohasini tubdan isloh qilish va rivojlantirishga jiddiy e’tibor qaratilmoqda.

Keyingi uch yilda bu borada o‘ndan ziyod qonun hujjatlari qabul qilingani ham bu fikrni tasdiqlaydi. Xususan, ‘Ommaviy axborot vositalari mustaqilligini ta’minlash hamda davlat organlari va tashkilotlari axborot xizmatlari faoliyatini rivojlantirish bo‘yicha qo‘shimcha chora-tadbirlar to‘g‘risida’gi Prezident qaroriga muvofiq bu sohada yangi tizim yaratildi.

Davlat organlari va tashkilotlari faoliyatining ochiqligini ta’minlash maqsadida o‘tgan bir yil davomida ko‘plab vazirlik va idoralarda axborot xizmatlari zamon talablari asosida qaytadan, 201 ta tuman va shahar hokimligida esa birinchi marta tashkil etildi.

Ana shu xizmatlar tomonidan ijtimoiy jarayonlar haqida ishonchli axborot berish maqsadida matbuot anjumanlari, brifinglar, mediaturlar tashkil etilmoqda, hayotimizdagi muammo va hodisalarga tezkor munosabat bildirilmoqda, ularning veb-saytlar, ijtimoiy tarmoqlar, mobil messenjerlardagi sahifalari yangilab borilmoqda.

Oxirgi yillarda mamlakatimizda katta auditoriyaga ega bo‘lgan qariyb 290 ta xususiy va idoraviy Internet nashrlari tashkil etildi. Ular boshqa materiallar qatorida eng muhim rasmiy axborotlar, normativ-huquqiy hujjatlarni o‘zbek, rus va ingliz tillarida tarqatmoqda.

Eng asosiysi, ommaviy axborot vositalari mamlakatimizda amalga oshirilayotgan keng ko‘lamli o‘zgarish va yangilanish jarayonlarini har tomonlama tahlil qilib, joylardagi ijtimoiy muammolar, xato va kamchiliklarga davlat idoralari va jamoatchilik e’tiborini qaratayotganini alohida qayd etish lozim.

Albatta, bugun biz hamma sohada, jumladan, ommaviy axborot vositalarini rivojlantirish borasida ham izlanishdamiz. Binobarin, bu yo‘lda yutuqlar bilan birga, kamchilik va nuqsonlar bo‘lishi ham tabiiydir.

Bu haqda gapirganda, milliy media maydonimizda zamonning o‘tkir talab va mezonlari, eng muhim tendensiyalarini ochib berish, tanqidiy tahlil, odamlar kutayotgan mavzu va muammolarni dadillik bilan o‘rtaga tashlash hali ham yetakchi o‘rin egallamayotganini aytishga to‘g‘ri keladi. Afsuski, aksariyat axborot vositalarida ijtimoiy salmog‘i yengil bo‘lgan, hisobot va balandparvozlik ruhidagi materiallar hanuz ustunlik qilmoqda.

Yana bir muhim masala — ayrim jurnalist va blogerlarimizda bilim va professional malaka, bahs madaniyati yetishmasligi jamoatchilikni tashvishlantirmoqda.

Bu boradagi eng asosiy vazifa ana shunday kamchiliklarni chuqur o‘rganib, ularni bartaraf etish, mavjud miqdor ko‘rsatkichlarini sifat ko‘rsatkichlariga aylantirish, ommaviy axborot vositalarining samaradorligini oshirishdan iborat.

Biz bugun huquqiy demokratik davlat qurayotgan ekanmiz, jurnalistikaning butun dunyoda e’tirof etilgan, o‘zgarmas talab va mezonlariga amal qilishimiz zarur. Bu mezonlarning eng asosiysi — xolislik va haqqoniylikdir. Binobarin, matbuot maydoniga kirgan inson — u jurnalist bo‘ladimi, bloger bo‘ladimi, bundan qat’i nazar — ana shu qoidalarga amal qilishi shart.

Biz bo‘lg‘usi jurnalistlarimiz chuqur bilim va kasb mahoratini, ona tilimiz bilan birga chet tillarni, faol fuqarolik pozitsiyasini, axborot-kommunikatsiya texnologiyalari, notiqlik malakasini puxta egallashlariga alohida e’tibor qaratishimiz zarur.

Ana shunday yetuk kadrlarni tayyorlashda, eng avvalo, o‘zimizning boy ma’naviy merosimizga tayansak, albatta, natija bo‘ladi. Bu borada jadidlar, xususan, bu yil 145 yillik tavallud sanasi keng nishonlanayotgan ulug‘ alloma va publitsist Mahmudxo‘ja Behbudiyning milliy jurnalistika maktabi, ayniqsa muhim ahamiyatga ega.

Siz azizlarning bugungi kasb bayramingiz bahona bir ezgu taklifni ilgari surmoqchiman. O‘zbekiston jurnalistika va ommaviy kommunikatsiyalar universiteti talabalari uchun Mahmudxo‘ja Behbudiy nomidagi stipendiyani ta’sis etsak, o‘ylaymanki, bu ham yoshlarimizni milliy g‘oya ruhida tarbiyalashga xizmat qiladi.

Shuningdek, ayni vaqtda jahondagi yetakchi media kompaniyalarning kadrlar tayyorlash va ular bilan ishlashga oid tajribasini chuqur o‘rganib, chet ellik jurnalistlar bilan tajriba almashish, xalqaro hamkorlikni kuchaytirishimiz zarur.

Muhtaram matbuot va ommaviy axborot vositalari xodimlari!

Sizlarni va sizlarning ijod mahsulingizdan bahramand bo‘ladigan jamiki mushtariy va muxlislaringizni kasb bayramingiz bilan yana bir bor samimiy muborakbod etaman.

Barchangizga sihat-salomatlik, yangi yutuqlar, xonadonlaringizga fayz-u baraka tilayman.

Shavkat Mirziyoyev, O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti
Категория: Har-Hil | Просмотров:470 | Добавил: moderator | Теги: yangilik | Рейтинг: 0.0/0
Всего комментариев: 0
Добавлять комментарии могут только зарегистрированные пользователи.
[ Регистрация | Вход ]
Профил
Время:19:06
Добро Пожаловать, Mexmon
Поиск
Калькулятор
Календарь