• Merganlar - O'zbek Tilida
  • Zulmatdan Ovoz - O'zbek Tilida
  • Hevenhyorst - O'zbek Tilida
  • Yitqichni Izlab - O'zbek Tilida
  • Bo'rilar Jasorati - O'zbek Tilida
  • Yalmog'iz Dunyoni Qutqaradi - O'zbek Tilida
  • Ilonli Botqoq - O'zbek Tilida
  • Begona - O'zbek Tilida
  • Vahshiy Ona - O'zbek Tilida
  • Uddalab Bo'lmas Topshiriq 7 - O'zbek Tilida
  • Kompaniya - O'zbek Tilida
  • Hech Kimga Aytma - O'zbek Tilida
  • Najot Tongi - O'zbek Tilida
  • Stoun Yuragi - O'zbek Tilida
  • Avlod - O'zbek Tilida
  • Berkin - O'zbek Tilida
  • Solomon Keyn - O'zbek Tilida
  • Raketachilar Klubi - O'zbek Tilida
  • Enaga - O'zbek Tilida
  • Meg 2 - O'zbek Tilida
Наш опрос
YOSHINGIZ?
Всего ответов: 1369
Статистика


Яндекс.Метрика


Сейчас онлайн: 4
Гостей: 4
Пользователи 0

2904
Risolat0921
faxriddin
Tre
Submarine
Sher80
Tohirjon
hbahodir1980
Umida4008
17797
Главная » 2021 » Iyul » 1 » Shavkat Mirziyoyev Afg‘onistondagi vaziyat yuzasidan fikr bildirdi
21:54
Shavkat Mirziyoyev Afg‘onistondagi vaziyat yuzasidan fikr bildirdi

Shavkat Mirziyoyev 30-iyun kuni Botanika bog‘ida o‘tkazilgan O‘zbekiston yoshlari va talabalari forumida Afg‘onistondagi vaziyat yuzasidan fikr bildirdi. Bu haqda Prezident matbuot xizmati xabar berdi.

Davlat rahbarining ta’kidlashicha, mintaqamiz va dunyodagi vaziyat tobora keskinlashib bormoqda. O‘zbekistonning milliy xavfsizligi, tinch va osoyishta hayotimizga nisbatan tahdid va xatarlar kuchaymoqda.

"Mana, o‘zingiz televideniye, ijtimoiy tarmoqlar orqali ko‘ryapsiz, qo‘shni Afg‘onistondagi ahvol murakkablashib bormoqda. Bunday vaziyat Qurolli Kuchlarimiz salohiyatini yuksaltirish borasidagi ishlarni, harbiy-vatanparvarlik tarbiyasi bilan uyg‘un holda olib borishni talab etmoqda. Shu bois hushyorlik va ogohlikni oshirish, o‘zaro hamjihatlik va birdamligimizni mustahkamlash, har qanday tahdidlarga munosib javob berishga tayyor bo‘lib yashash hayotning o‘tkir zaruratiga aylanmoqda”, — degan Prezident.

Reklamani yopish
Shavkat Mirziyoyevning so‘zlariga ko‘ra, yosh avlodning ongini salbiy ta’sirlardan himoya qilish, adashganlarni to‘g‘ri yo‘lga qaytarish o‘zini vatanparvar deb hisoblaydigan har bir O‘zbekiston fuqarosi, ayniqsa, yoshlarning asosiy burchi bo‘lib qolishi shart.

"Hozirgi vaqtda milliy armiyamiz, Ichki ishlar, Favqulodda vaziyatlar vazirliklari, Milliy gvardiya, chegara qo‘shinlarida xizmat qilayotgan harbiylarimiz chinakam Vatan o‘g‘lonlari, jasur ajdodlarimizning munosib davomchilari ekanini amalda isbotlamoqda. Ular xalqaro harbiy musobaqalarda, jahon sport maydonlarida Vatanimiz bayrog‘ini baland ko‘tarayotganlarini barchamiz yaxshi bilamiz”, — degan davlat rahbari.

Prezident yoshlar, ayniqsa, uyushmagan yoshlarning muammolarini o‘rganib, hal qilish, ularning bo‘sh vaqtini mazmunli tashkil etish, harbiy-vatanparvarlik ruhida tarbiyalash va sportga jalb etish masalalariga ustuvor ahamiyat qaratish zarurligini ta’kidlagan.

"Shu maqsadda Mudofaa vazirligi huzurida ‘Vatan o‘g‘loni’ bolalar va o‘smirlar harbiy-vatanparvarlik harakatini tashkil etish haqidagi tashabbusni qo‘llab-quvvatlayman. Harakatning har bir maktabda tuziladigan otryadlari jami 200 mingdan ortiq o‘quvchilarni qamrab olib, ularni tarbiyalashda asosiy kuchga aylanishi kerak”, — degan Shavkat Mirziyoyev.

Qayd etilishicha, Mudofaa va Xalq ta’limi vazirliklari viloyat, tuman va shahar hokimlari bilan birga ushbu tizimni samarali yo‘lga qo‘yishga mas’ul bo‘ladi.

Eslatib o‘tamiz, so‘nggi kunlarda Afg‘oniston shimolida hukumat qo‘shinlari va "Tolibon” harakati o‘rtasida jangovar to‘qnashuvlar davom etmoqda. Ushbu mamlakatda bo‘layotgan voqealar bo‘yicha shu yilning 24-iyun kuni Tashqi ishlar vazirligi O‘zbekiston davlati va hukumatining rasmiy pozitsiyasini e’lon qildi.

23-iyun kuni 53 nafar afg‘on chegara qo‘shinlari harbiy xizmatchilari va mahalliy qurolli guruhlar O‘zbekiston hududiga qochib o‘tdi. Zaruriy surishtiruv va tergov tadbirlari o‘tkazilganidan so‘ng, ular vataniga qaytarildi. Prezident matbuot kotibi Sherzod Asadov Afg‘onlar O‘zbekiston hududiga bundan keyin ham yana bir necha bor qochib o‘tganini ma’lum qildi.

23-iyun kuni Shavkat Mirziyoyev va Tojikiston prezidenti Emomali Rahmon telefon orqali suhbatlashib, Afg‘onistonning shimoliy va shimoli-sharqiy viloyatlarida, ikki mamlakatning Afg‘oniston bilan davlat chegarasi o‘tadigan hududlari bo‘ylab vujudga kelayotgan tahlikali vaziyatni juda keskin deb baholadi. Shavkat Mirziyoyev 29-iyun kuni Turkmaniston prezidenti Gurbanguli Berdimuhamedov bilan ham telefon orqali muloqot qilib, Afg‘oniston chegaraoldi hududlaridagi vaziyatning rivojlanishini muhokama qildi.
Категория: Har-Hil | Просмотров:538 | Добавил: moderator | Теги: yangilik | Рейтинг: 0.0/0
Всего комментариев: 0
Добавлять комментарии могут только зарегистрированные пользователи.
[ Регистрация | Вход ]
Профил
Время:10:12
Добро Пожаловать, Mexmon
Поиск
Калькулятор
Календарь
«  Iyul 2021  »
ПнВтСрЧтПтСбВс
   1234
567891011
12131415161718
19202122232425
262728293031