• Merganlar - O'zbek Tilida
  • Zulmatdan Ovoz - O'zbek Tilida
  • Hevenhyorst - O'zbek Tilida
  • Yitqichni Izlab - O'zbek Tilida
  • Bo'rilar Jasorati - O'zbek Tilida
  • Yalmog'iz Dunyoni Qutqaradi - O'zbek Tilida
  • Ilonli Botqoq - O'zbek Tilida
  • Begona - O'zbek Tilida
  • Vahshiy Ona - O'zbek Tilida
  • Uddalab Bo'lmas Topshiriq 7 - O'zbek Tilida
  • Kompaniya - O'zbek Tilida
  • Hech Kimga Aytma - O'zbek Tilida
  • Najot Tongi - O'zbek Tilida
  • Stoun Yuragi - O'zbek Tilida
  • Avlod - O'zbek Tilida
  • Berkin - O'zbek Tilida
  • Solomon Keyn - O'zbek Tilida
  • Raketachilar Klubi - O'zbek Tilida
  • Enaga - O'zbek Tilida
  • Meg 2 - O'zbek Tilida
Наш опрос
SAYTGA NIMALAR KO'PROQ KERAK?
Всего ответов: 1897
Статистика


Яндекс.Метрика


Сейчас онлайн: 8
Гостей: 8
Пользователи 0

JohaC2
03012005
Olaqanatlar
Akmalaka
Holdarov
Nuratdin
ismonali1994
2904
Risolat0921
faxriddin
Главная » 2020 » Iyun » 26 » Shartlari bor... Qozog‘iston O‘zbekiston bilan aviaqatnovlarni tiklayapti
20:47
Shartlari bor... Qozog‘iston O‘zbekiston bilan aviaqatnovlarni tiklayapti

Qozog‘iston tomoni ushbu mamlakatda COVID-19 bilan bog‘liq vaziyat barqarorlashgani sababli qator davlatlar, shu jumladan, O‘zbekiston bilan muntazam aviareyslarni tiklashga qaror qiladi. Bu haqda Qozog‘iston transporti bosh sanitar xodimi Sadvakas Baygabulov ma’lum qildi.

"Xalqaro reyslarni qayta tiklash to‘g‘risida qarorlar bosqichma-bosqich ko‘rib chiqilmoqda va qabul qilinmoqda. Ushbu qarorlarni hisobga olgan holda xalqaro reyslarni qayta tiklash masalasi ko‘rib chiqiladi", dedi Baygabulov bugun, 26 iyun kuni bo‘lib o‘tgan brifingda.

Shu bilan birga, Baygabulov jurnalistlarga Qozog‘iston birinchi va ikkinchi toifadagi mamlakatlar ro‘yxatini kengaytirganini va ular bilan muntazam parvozlarni qayta tiklash rejalashtirilganini aytdi.

"Birinchi toifaga Vengriya, Hindiston, Germaniya, Chexiya, Malayziya kiradi. Birinchi toifadagi mamlakatlardan kelgan yo‘lovchilar uchun hech qanday cheklovlar yo‘q. Ta’kidlash joizki, birinchi toifaga Xitoy, Janubiy Koreya, Yaponiya, Gruziya va Tailand kiritilgan", dedi u brifing chog‘ida.

Rasmiyning ta’kidlashicha, Misr, Ukraina, Polsha, O‘zbekiston, Qirg‘iziston va Tojikiston ikkinchi toifadagi mamlakatlar qatoriga kiritilgan.

Baygabulovning ta’kidlashicha, COVID-19 yo‘qligi to‘g‘risidagi sertifikati bo‘lgan yo‘lovchilarga hech qanday cheklovlar qo‘yilmaydi.

"Agar sertifikat bo‘lmasa, u holda sanitariya-karantin punktlari mutaxassislariga 48 soat ichida PSR-tahlillar to‘g‘risida xabar beriladi yoki u 14 kunlik uy karantinidan o‘tishi kerak bo‘ladi", dedi shifokor.

Uning eslatishicha, COVID-19 yo‘qligi to‘g‘risidagi sertifikat olingan kundan boshlab besh kun davomida amal qiladi.

Birinchi va ikkinchi darajaga kiritilmagan mamlakatlarning uchinchi toifalari uchun parvozlar taqiqlanadi.

16 mart kuni Qozog‘istonda koronavirus tufayli favqulodda holat joriy etilishi bilan mamlakatdagi muntazam havo qatnovi to‘xtatildi. 11 may kuni Qozog‘istonda favqulodda holat bekor qilindi.

20 iyun kuni Qozog‘iston xalqaro qatnovlarni bosqichma-bosqich qayta boshladi, 25 maydan boshlab barcha ichki reyslar tiklandi.

So‘nggi ma’lumotlarga ko‘ra, Qozog‘istonda 19 750 nafar odam koronavirusga chalindi. Ulardan 12 220 nafari sog‘aygan bo‘lsa, 140 bemor olamdan o‘tdi.
Категория: Har-Hil | Просмотров:554 | Добавил: moderator | Теги: yangilik | Рейтинг: 0.0/0
Всего комментариев: 0
Добавлять комментарии могут только зарегистрированные пользователи.
[ Регистрация | Вход ]
Профил
Время:16:41
Добро Пожаловать, Mexmon
Поиск
Калькулятор
Календарь
«  Iyun 2020  »
Пн Вт Ср Чт Пт Сб Вс
1234567
891011121314
15161718192021
22232425262728
2930