• Merganlar - O'zbek Tilida
  • Zulmatdan Ovoz - O'zbek Tilida
  • Hevenhyorst - O'zbek Tilida
  • Yitqichni Izlab - O'zbek Tilida
  • Bo'rilar Jasorati - O'zbek Tilida
  • Yalmog'iz Dunyoni Qutqaradi - O'zbek Tilida
  • Ilonli Botqoq - O'zbek Tilida
  • Begona - O'zbek Tilida
  • Vahshiy Ona - O'zbek Tilida
  • Uddalab Bo'lmas Topshiriq 7 - O'zbek Tilida
  • Kompaniya - O'zbek Tilida
  • Hech Kimga Aytma - O'zbek Tilida
  • Najot Tongi - O'zbek Tilida
  • Stoun Yuragi - O'zbek Tilida
  • Avlod - O'zbek Tilida
  • Berkin - O'zbek Tilida
  • Solomon Keyn - O'zbek Tilida
  • Raketachilar Klubi - O'zbek Tilida
  • Enaga - O'zbek Tilida
  • Meg 2 - O'zbek Tilida
Наш опрос
Qaysi mobil operatordan foydalanasiz?
Всего ответов: 373
Статистика


Яндекс.Метрика


Сейчас онлайн: 4
Гостей: 4
Пользователи 0

faxriddin
Tre
Submarine
Sher80
Tohirjon
hbahodir1980
Umida4008
17797
Nodirjon
Yagshisaxet
Главная » 2018 » Mart » 10 » Sharq guruhi bilan suhbat
19:55
Sharq guruhi bilan suhbat

- Bu yil birgalikdagi ijodingizga 10 yil bo‘ladi. Ilk konsertingiz haqida ma'lum qildingiz. Nega dasturni aynan «Ikki yurak» deb nomladingiz? 
Sarvar Akbarov: Haqiqatdan ham bu yil guruhimizga Tatyana kelib qo‘shilganiga 10 yil bo‘ladi. Uzoq vaqtdan beri konsert dasturi taqdim etish niyatida edik. Lekin, turli xil sabablar bilan amalga oshmayotgan edi. Bu yilga nasib qilgan ekan.
Tatyana Zayseva: Dasturimizni «Ikki yurak» deb nomlashimizga sabab, biz bir guruh bo‘lishimizga qaramay, ikki alohida qalb egalarimiz. Va shu kuni ijodimiz muxlislari bilan dildan suhbat qurish niyatidamiz. Biz o‘z muxlislarimiz bilan o‘z dunyoqarashimiz, tuyg‘ularimiz va ijodimizni baham ko‘rmoqchimiz.

- Konsertga tayyorgarlik jarayonlari haqida ikki og‘iz. Muxlislar uchun qanaqadir sovg‘alar bo‘lishi kutilmoqdami?
T.: Biz bu konsertga ortiqcha hovliqmalarsiz yondashishga harakat qildik. Bu konsert o‘n yillik mehnatimizning tantanasi bo‘ladi. Biz aynan bugungi kunda nimaga qodir bo‘lsak, shuni ko‘rsatishga harakat qilamiz. Balki kelajakda bundan ham yuqori darajadagi dasturlar taqdim etarmiz.

- O‘zbek shou-biznesida qaysi xonandalar ijodiga befarq emassiz. Bir so‘z bilan aytganda, kimlarni miriqib tinglaysiz? 
T.: Biz ikkalovimiz ham Sevara Nazarxonning ijodlarini juda hurmat qilamiz va har bir qo‘shiqlarini sevib tinglaymiz. Men Yulduz Usmonovaning ashulalarida katta bo‘lganman. Ularning qo‘shiqlarini doim sevib kuylardim. O‘zbek tilini o‘rganishni ularning ashulalari bilan boshlaganman.
S.: Estradamiz asoschisi Botir Zokirov, «Yalla» ansamblining yetuk xonandasi Farruh Zokirovning qo‘shiqlarini sevib tinglayman.



- «Bugungi estrada qo‘shiqlari salomatlikka foyda ekani isbotlandi. O‘ttiz yilki nogironlik aravachasiga mixlangan kishi falon guruhning konsertida... shartta o‘rnidan turib, chiqib ketdi», degan edi adabiyotshunoslardan biri. Bu kabi kinoyaga sizning munosabatingiz?
S.: Bilasizmi, yaxshi ijodkorlar ham bor. Shunchaki, oldin san'atkorlar tanilish uchun radio, televideniye efirlaridan foydalanishgan bo‘lsa, hozir internet tarmog‘i rivojlanishi natijasida tanilish oson bo‘lib qoldi. Professional qo‘shiqchilar bilan tengma-teng havaskorlar ham o‘z ijod mahsulini internet orqali darrov keng ommaga tanitish imkoniga ega bo‘ldilar. Lekin, bu degani butun boshli estrada shu darajaga tushib ketdi degani emas. Sifatli qo‘shiqlar yaratayotganlar ham talaygina.
 

- Xo‘sh, qachon tomoshabinni milliy qo‘shiqchilikka qaytarish imkoni bo‘ladi. Bu uchun nima qilish darkor?
S.: Hozirda maqomchilikni rivojlantirish uchun katta sa'y-harakatlar olib borilmoqda. Prezidentimizning «O‘zbek milliy maqom san'atini yanada rivojlantirish chora-tadbirlari to‘g‘risida»gi qarori bilan Farg‘onada Maqom maktabi ochildi. 2018 yildan boshlab, har ikki yilda bir marta Shahrisabz shahrida Xalqaro maqom anjumanining o‘tkazilishi rejalashtirilgan. Eng kerakligi maqomga qiziqish katta. Biz ham o‘z navbatida qo‘limizdan kelgancha maqomchilikni rivojlantirishga o‘z hissamizni qo‘shish niyatidamiz. Har bir albomimizda kamida bitta maqom bo‘lishini rejalashtirganmiz.
 

- Sarvar aka Sizni yakkaxon xonanda sifatida ham eslaymiz. O‘sha davrda yaratgan taronalaringiz juda mashhur bo‘lgan. Lekin ijodingizni duet tarzida davom ettirishga qaror qildingiz. Bunga nima sabab bo‘ldi?
S.: Texnikumni an'anaviy qo‘shiqchilik yo‘nalishi bo‘yicha tugatganman. 1999 yilda Konservatoriyaga o‘qishga kirdim. Ovozimni eshitib ko‘rib, Akademik vokal yo‘nalishida tahsil olishim kerakligini maslahat berishdi. O‘sha damlarda Murod ismli kursdoshim bilan do‘stlashib, guruh tuzishga qaror qildik. Sababi o‘sha paytlarda Backstreet Boys, ’N Sync degan guruhlar juda ommalashgan edi. Ularga havas qilib, o‘zimiz ham guruh tashkil qilganmiz.


- Tatyana bilan ilk tanishishingiz qanday kechgan? 
S.: Tatyanani ilk marta davlat tadbirida ko‘rganman. Undan oldin televizorda ham ko‘rgan edim, lekin guruh tuzish, ustiga-ustak oila qurish tushimga ham kirmagan edi.
T.: Bir tadbirda, sahna ortida turganimda juda chiroyli ovoz eshitganman. Sahnada Sarvar kuylayotgan edi. Unda bir-birimizni tanimas edik. Bu bizning ilk uchrashuvimiz edi. Lekin tanishmaganmiz, shunchaki bir-birimizni ko‘rganmiz. Keyinchalik Sarvar guruhga qiz vokalist qidirayotganini eshitganlar meni taklif qilishgan. Taklifni menga bildirishganda, men rad javobini berganman. Chunki o‘sha paytlarda men hayotda o‘z o‘rnimni qidirish bilan band edim. Qo‘shiqchilikni tashlab, aeroportga ishga kirgan edim. Lekin, bir oy aeroportda ishlab ko‘rib, bu mening ishim emasligini, men kuylash uchun yaralganimni tushunib yetdim va Sarvarning taklifini qabul qildim. 
 
- Aytingchi, bir-biringizning qaysi jihatlaringizni ko‘proq hurmat qilasiz?
S.: Rejalashtirgan ishim amalga oshmay qolsa, asabiylashaman. O‘zimni chalg‘itishga harakat qilaman-u, lekin baribir ichimni kemirib turadi. Shunaqa paytlarda Tatyana quvnoqligi bilan ko‘nglimdagi bor g‘uborlarni tarqatib, kayfiyatimni ko‘taradi.
T.: Sarvar jiddiy, uzoqni ko‘ra oladigan, reja bilan ish ko‘radigan inson. Bu juda yaxshi xislat deb hisoblayman.

- Farzand tarbiyasiga ko‘proq kim vaqt ajratadi? 
S.: Ikkalamiz uchun ham farzand tarbiyasi – ma'suliyat. Har ikkimiz birdek vaqt ajratishga harakat qilamiz. O‘g‘il bola bo‘lgani sababli, tarbiyasini albatta, o‘z qo‘limga olgim kelyapti. Bir so‘zli, va'dasiga vafoli, oq bilan qorani ajrata oladigan, ota-onasiga mehribon farzand bo‘lsin deyman.
T.: Biz band bo‘lgan mahal buvijonlari, enaga yordam beradi.  

- Sarvar aka farzandli bo‘lganingizdan keyin Tatyanada qanday o‘zgarishlarni sezdingiz? 
S.: Har doimgidan bosiqroq bo‘ldi. Oldin o‘zi ustida shaxs sifatida ishlagan bo‘lsa, hozir ona sifatida ishlashni boshladi. Bolalar tarbiyasi haqida kitoblar o‘qishni boshladi.

- Tatyana sizchi? Sarvar akada kanday o‘zgarishlar sezdingiz? 
T.: Yanada ulg‘aydi, yanada jiddiylashdi. Farzand tarbiyasida ham, o‘zaro munosabatlarimizda ham o‘zining aniq nuqtai nazari va pozitsiyasi bor.



- Xarakteringizni o‘xshash taraflari bormi?
S.: Albatta, bor. Qanday ishga qo‘l urmaylik, muhabbat bilan yondashamiz. YOqmagan ishni boshlab ham o‘tirmaymiz.
T.: Ikkovimiz ham haqiqat tarafdorimiz. Doim rost gapirishga harakat qilamiz. Yolg‘onni yomon ko‘ramiz. Juda ham ishonuvchanmiz.

- Ishonuvchanligingiz pand berganmi? Va pand yegan insoningizga yana ishona olasizmi? 
T.: Pand yegan paytlarimiz ham bo‘lgan. U insonga yana ishonishga harakat qilamiz. Uning yaxshi taraflarini qidiramiz. Uning o‘zgarishiga ishonamiz.
S.: Har bir inson adashishi mumkin. Adashgan insonni hayotingizdan yulib tashlashga shoshilish kerak emas. Vaqti-soati kelib, u inson xatosini tushunib yetadi va qilgan ishidan pushaymon bo‘ladi.

- 8 mart yaqinlashib kelmoqda. Tatyanaga sovg‘a tanlashda nimalarga e'tibor berasiz? 
S.: Sovg‘a syurpriz bo‘lsa yanada yoqimliroq bo‘ladi. Tatyanada menga yana bir juda yoqadigan tarafi – arzimagan sovg‘agayam juda xursand bo‘ladi. Uni xursand qilish oson.
 

- Va 8 mart bayrami munosabati bilan ayollarga tabriklaringizni yetkazishingiz mumkin.
S.: Ayol – bu ona, opa, singil, rafiqa. Ayol – nozik hilqat. Doim sog‘-salomat bo‘lishsin, yuzlaridan kulgu-tabassum arimasin. Barcha ayollarga onalik baxti nasib etsin.



Suhbat Cookbook qahvaxonasida bo‘lib o‘tdi. Maskanga o‘z minnatdorchiligimizni bildiramiz. 
Категория: Har-Hil | Просмотров:2013 | Добавил: Admin | Теги: Sharq guruhi bilan suhbat | Рейтинг: 0.0/0
Всего комментариев: 0
Добавлять комментарии могут только зарегистрированные пользователи.
[ Регистрация | Вход ]
Профил
Время:03:17
Добро Пожаловать, Mexmon
Поиск
Калькулятор
Календарь
«  Mart 2018  »
ПнВтСрЧтПтСбВс
   1234
567891011
12131415161718
19202122232425
262728293031