• Merganlar - O'zbek Tilida
  • Zulmatdan Ovoz - O'zbek Tilida
  • Hevenhyorst - O'zbek Tilida
  • Yitqichni Izlab - O'zbek Tilida
  • Bo'rilar Jasorati - O'zbek Tilida
  • Yalmog'iz Dunyoni Qutqaradi - O'zbek Tilida
  • Ilonli Botqoq - O'zbek Tilida
  • Begona - O'zbek Tilida
  • Vahshiy Ona - O'zbek Tilida
  • Uddalab Bo'lmas Topshiriq 7 - O'zbek Tilida
  • Kompaniya - O'zbek Tilida
  • Hech Kimga Aytma - O'zbek Tilida
  • Najot Tongi - O'zbek Tilida
  • Stoun Yuragi - O'zbek Tilida
  • Avlod - O'zbek Tilida
  • Berkin - O'zbek Tilida
  • Solomon Keyn - O'zbek Tilida
  • Raketachilar Klubi - O'zbek Tilida
  • Enaga - O'zbek Tilida
  • Meg 2 - O'zbek Tilida
Наш опрос
SAYTGA NIMALAR KO'PROQ KERAK?
Всего ответов: 1878
Статистика


Яндекс.Метрика


Сейчас онлайн: 15
Гостей: 15
Пользователи 0

faxriddin
Tre
Submarine
Sher80
Tohirjon
hbahodir1980
Umida4008
17797
Nodirjon
Yagshisaxet
Главная » 2016 » Avgust » 4 » Sharof va Sevinch ajrashganlariga ishora qilishdi
10:22
Sharof va Sevinch ajrashganlariga ishora qilishdi

Ikki xonandaning ijtimoiy tarmoqlar orqali yozib qoldirayotgan mulohazalari bir-birlariga atalgandek.

Xonanda Sharof Muqimov va Sevinch Mo‘minova ijtimoiy tarmoqlarga joylashtirgan suratlari va ularga yozib qoldirayotgan izohlari orqali oilalariga darz ketganiga ishora qilishyapti.
 
Bir necha kun avval, xonanda Sharof Muqimov nogiron erkakning o‘z oilasi bilan tushgan baxtli suratini ijtimoiy tarmoqqa joylashtirib, "Bu muhabbatga qayta-qayta bosh egaman. Burni qonasada dunyo ko‘ziga qorong‘u bo‘ladigan, noshukr, negativ, kibrli odamsifatlarga bularning hayoti ibrat maktabidir. Hamma narsasi bor, qo‘l-oyog‘i ishlab, tili juda o‘rnili va o‘rinsiz ko‘p sayrab turadigan, ammo o‘zini baxtsiz deb biladiganlar bu insonlardan hech bo‘lmasa shukrni o‘rgansa bo‘lardi. Yengil hayotdan baxting ketar, sabrlilar esa saodatga yetar”, deb  izoh qoldirgan edi.
 
Oradan ko‘p o‘tmay, Sharof Muqimovning turmush o‘rtog‘i, xonanda Sevinch Mo‘minova ijtimoiy tarmoqlarga burjlar olamiga taalluqli mulohazani joylashtirdi. Unda shunday so‘zlar yozilgan edi:
 
"Qo‘y-qisqichbaqa: Boshlanishdagi issiq munosabatlar asta-sekin kuchini yo‘qotadi. Bular ko‘p janjallashadi, chunki tushunmovchiliklar kam emas. Oila qurish ularga oson emas. Qurganda ham vaqt o‘tib buzilib ketishi mumkin”.
 
Xonanda Sevinch Mo‘minova yuqoridagi fikrlarni ijtimoiy tarmoqdagi shaxsiy sahifasiga joylashtirar ekan, "Bu narsaga ishonasizlarmi? Siz nima deb o‘ylaysiz”, deya tarmoq orqali uni kuzatuvchilariga murojaat qilgan.
 
Bu o‘rinda "Sevinch Mo‘minova burjlar olamiga oid ma'lumotni joylashtirayotib, nimani nazarda tutgan?”, degan savol tug‘ilishi tabiiy. Bu savolning javobi ham Sharof va Sevinchning shaxsiy hayotiga bog‘liq bo‘lib chiqyapti. Boisi Sharof Muqimov 1982 yilning 11 aprelida qo‘y burji ostida tavallud topgan. Sevinch Mo‘minova esa 1982 yilning 30 iyunida qisqichbaqa burjida tug‘ilgan.
 
Sevinch Mo‘minov bugun ijtimoiy tarmoqlarga qizining suratini joylashtirdi. Surat ostida yozilgan izoh esa yuqoridagi faktlarni tasdiqlayotgandek.
 
"Qizalog‘im, malikam hech o‘ksinma bu beshafqat hayotda. Onang senga shunday mehr beradiki, hech kimning mehriga muhtoj bo‘lmaysan. Onang seni shunday bekam-ko‘st katta qiladiki, hech kimdan kam bo‘lmaysan. Onang seni shunday tarbiyalaydiki, eng go‘zal namuna bo‘lasan. Sen shunday mehribon qizsanki, Ollohim butun mehrni ba'zi mehrsiz insonlardan olib, ayamay senga bergandek. O‘zimning qalbi pok, beg‘uborim, seni qanchalik yaxshi ko‘rishimni tasavvur qilolmaysan. Bu tuyg‘uni menga bergan buyuk Ollohimga behisob shukr. Sen hech qachon yig‘lama, bolam. Men sen uchun, seni baxting uchun yashayman. Sening tog‘dek onang bor, hech kimga, hech kimning mehriga zor qilmaydigan kuchli onang bor. Sen baxtli ayol, baxtli rafiqa va baxtli ona bo‘lasan”, deb yozadi Sevinch Mo‘minova.
 
Hozircha Sharof Muqimov rafiqasining yuqoridagi izohlariga nisbatan munosabat bildirganicha yo‘q. Biroq ijtimoiy tarmoqlar orqali Sevinchni kuzatib borayotgan muxlislari, xonandaning qiziga atab yozgan gaplarida Sharofning nomini qo‘llamaganidan ular ajrashishganini taxmin qilishmoqda.

Категория: Har-Hil | Просмотров:7649 | Добавил: Admin | Теги: Sharof va Sevinch ajrashganlariga i | Рейтинг: 0.0/0
Всего комментариев: 0
Добавлять комментарии могут только зарегистрированные пользователи.
[ Регистрация | Вход ]
Профил
Время:23:23
Добро Пожаловать, Mexmon
Поиск
Калькулятор
Календарь