• Merganlar - O'zbek Tilida
  • Zulmatdan Ovoz - O'zbek Tilida
  • Hevenhyorst - O'zbek Tilida
  • Yitqichni Izlab - O'zbek Tilida
  • Bo'rilar Jasorati - O'zbek Tilida
  • Yalmog'iz Dunyoni Qutqaradi - O'zbek Tilida
  • Ilonli Botqoq - O'zbek Tilida
  • Begona - O'zbek Tilida
  • Vahshiy Ona - O'zbek Tilida
  • Uddalab Bo'lmas Topshiriq 7 - O'zbek Tilida
  • Kompaniya - O'zbek Tilida
  • Hech Kimga Aytma - O'zbek Tilida
  • Najot Tongi - O'zbek Tilida
  • Stoun Yuragi - O'zbek Tilida
  • Avlod - O'zbek Tilida
  • Berkin - O'zbek Tilida
  • Solomon Keyn - O'zbek Tilida
  • Raketachilar Klubi - O'zbek Tilida
  • Enaga - O'zbek Tilida
  • Meg 2 - O'zbek Tilida
Наш опрос
QAYSI TAS-IX TIZIMI QULAY?
Всего ответов: 288
Статистика


Яндекс.Метрика


Сейчас онлайн: 14
Гостей: 14
Пользователи 0

faxriddin
Tre
Submarine
Sher80
Tohirjon
hbahodir1980
Umida4008
17797
Nodirjon
Yagshisaxet
Главная » 2017 » Iyul » 8 » Shahzoda Muhammedova quyushqondan chiqdi
10:52
Shahzoda Muhammedova quyushqondan chiqdi

Har ikki gapning birida o‘zini aslzodalardan ekanini eslatib turishni kanda qilmaydigan "aktrisa”, "teleboshlovchi”, "xonanda”, dizayner Shahzoda Muhammedova ko‘p hollarda hayotidagi ayrim voqyealarni ijtimoiy tarmoqlar orqali ommaga yoyib, e'tibor tortishni xush ko‘rishi sir emas. U bir necha bor ijtimoiy tarmoqlar orqali yozib qoldirgan fikr-mulohazalari (bilmadik, bularni fikr deb bo‘larmikin), suratlari bilan odamlar orasida muhokamaga tushgan. Bir-ikki xususiy kinofilmlar bilan tomoshabin e'tiboriga tushib, bugun kino san'atidan zerikkan va o‘zini qo‘shiqchilikda ham sinab ko‘rib hech omadi kelmagan Shahzoda Muhammedovaning galdagi gaplari O‘zbekiston Respublikasi san'at arbobi, O‘zbekiston davlat konservatoriyasi professori, bastakor, "Sharq taronalari”, "Toshkent” gimnlari muallifi Dilorom Omonullayevaga ataldi. Ijtimoiy tarmoqlarga Dilorom Omonullayevaning surati yoniga u haqidagi gaplar telba-teskari qilib yozilgan postni joylashtirdi. Postda shunday deyiladi:"Konservatoriya institutida (tahririyat: O‘zbekiston davlat konservatoriyasi institut emas) tahsil beruvchi ayol Dilorom Omonullayeva oliygohga kirish uchun hujjat topshirayotgan, yordam so‘rab kelgan yosh talantli talabalarga (tahririyat: oliy o‘quv yurtiga kirmagan kishi talaba emas, abituriyent bo‘ladi) qo‘rs muomalada bo‘lib, turtkilab, xonasidan haydayapti. Yoshlarning yuragidagi san'atga bo‘lgan mehrini ishtiyoqini, alangasini so‘ndiryapti. Muhtaram, hurmatli sobiq Prezidentimiz Islom Abdug‘aniyevich Karimov ta'kidlab aytganlar: Farzandlarimiz bizdan ko‘ra kuchli va bilimli bo‘lishi zarur. Bolalarim istagan oliygohida o‘qishga, bilim olishga haqli deb aytganlar. (tahririyat: buyuklar aytgan gaplarni to‘liq bilmasa, ishlatmagan ma'qul. Islom Karimov "Farzandlarimiz bizdan ko‘ra kuchli, bilimli, dono va albatta, baxtli bo‘lishlari shart”, deb aytgan). Bu ayol esa yoshlarni ko‘ksidan itarib, turtkilab, xo‘rlab, baqirib haydayapti. Bunaqa madaniyatsiz, tarbiyasiz, ruhan kasal bo‘lgan domlalar, ustozlar talabaga qay tarzda ta'lim berishi mumkin. Shaxsan o‘zim shu oliygohga hujjat topshirayotganimda guvohi bo‘ldim, estradamizning yorqin yulduzlari, xalqimiz ardog‘idagi san'atkor yigit-qizlar shu oliygohga kiraman, deb u ayolni oldiga yordam so‘rab kirsa, mensimay oyoqosti qilyapti. Bu ayolda na vijdon, na yurak bor ekan. Oliygohga qabul qilmaymiz musiqa maktabini va musiqa kollejini tugatmagan bo‘lsa, degan qaror qayerdan chiqdi? Hatto, rektorning orqasidan mensimay gapiradigan domla – bu domlami? Inson o‘la o‘lgunicha ta'lim oladi. Lekin bu razil ayolning qo‘lida ta'lim olgandan bir umr o‘qimay o‘tgan afzal”.
 
Shahzoda Muhammedova qolgan gaplarni surat ostiga yozadi:
 
"Muhataram sobiq Prezidentimiz Islom Abdug‘aniyevich Karimov va hozirgi Prezidentimiz Shavkat Mirziyoyev yoshlarni o‘qishga, ilm olishga tafakkurini, bilimini o‘sishiga katta imkoniyatlar, keng sharoitlar yaratganlar. Lekin yoshlar o‘z yurtida tahsil ololmayapti. Bu ayolga o‘xshagan kibrli manqurtlar o‘zbek yoshlarini, iste'dod egalarini institutdan haydayapti, har yili yoshlarni turtkilab, qalbini sindirib, imtihon vaqtida ruhini sindirib, baqirib, mensimay, turtkilab muomala qiladi. Bunaqa insonlar yoshlarga bilim berishga, mehr berishga noloyiq. Ishdan olinsin bu kabi razil insonlar. Kelajak biz yoshlarniki. "Biz buyuk yurt farzandlarimiz”. Yoshlar xohlagan oliy ta'lim dargohlarida o‘qishga haqli”.
 
Eh, mamlakatimizda shunday "iste'dodli aktrisa”, shunday "sohir ovoz sohibi” bo‘lgan xonanda, shunday "jonkuyar teleboshlovchi” bor ekan-u, biz bilmay yurgan ekanmiz-da. Manqurt deb kimlarga aytiladi, Shahzoda Muhammedova? Necha yil o‘zbek san'atiga umrini baxsh etganlargami yoki zamonning zayli, reklamaning kuchi bilan tilga tushgan, bora-bora bosar-tusarini bilmay qolgan, pul, e'tibor quturtirganlargami? Kelajak biz yoshlarniki, deyishdan oldin o‘zingiz qaysi yo‘lda ekaningizni anglab olsangiz, to‘g‘ri bo‘lardi. Agar kelajak sizdaylar qo‘lida bo‘lsa, uni tasavvur qilishga ham qo‘rqasann kishi.
 
Dilorom Omonullayeva nafaqat O‘zbekiston, balki butun Markaziy Osiyoda hurmat va e'tiborga ega bastakor, taniqli san'at arbobi, eng iqtidorlilarni tarbiyalab, mahorat maktabini yarata olgan ijodkor. O‘zbekistonda xizmat ko‘rsatgan artist Sevara Nazarxon, xonandalar Sug‘diyona, Jahongir Otajonov, Manzura Yo‘ldosheva, Jasur Mirsagatov, Dilnoza Ismiyaminova, Madina Mumtoz, Umidaxon aynan shu ustozning qo‘lida ta'lim olishgan. Ha-ha, shu siz aytgan "razil” ayol sabab ular orasidan ko‘plari jahon sahnalariga chiqishdi.
 
YUqorida Dilorom Omonullayevaning bir necha gimnlar muallifi ekanini aytgan edik. O‘z davrida xit qo‘shiq sifatida e'tirof etilib, o‘zbek estradasining dunyoga kelish pallasidan to bugungacha tillardan tillarga o‘tib kelayotgan ko‘plab qo‘shiqlar ham aynan Dilorom Omonullayevaga tegishli. Bunga misol tariqasida O‘zbekistonda xizmat ko‘rsatgan artist Kumush Razzoqovaning "Yomg‘ir”, "Men seni hech kimga bermayman” nomli qo‘shiqlarini kelitirishning o‘zi kifoya.
 
Dilorom Omonullayevaning o‘zbek estradasi rivojlanishiga qo‘shgan hissasini bugungi yoshlarning ko‘plari, shu qatorda Shahzoda Muhammedova ham bilmasligi uning yozganlaridan kundek ravshan bo‘lib turibdi. To‘g‘ri, Omonullayeva iqtidorsiz yoshlarning san'atga kirib kelishiga, san'atni tirikchilik maydoniga aylantirishlariga tish-tirnog‘i bilan qarshi chiqadi. Xo‘sh, qaysi sohada bundaylar yo‘q? Biz qachondan halol, o‘z kasbini sevadigan, uni bozorga aylantirishdan cho‘chiydiganlarni razil inson sanaydigan va o‘z qarashlarimizni boshqalarga singdiradigan bo‘ldik. O‘ylaymizki, Shahzoda Muhammedovaning bu xatti-harakatlariga tegishli davlat tashkilotlari jim qarab turmaydi. Har holda Muhammedovadan ko‘ra ko‘proq o‘zbek san'atining rivojiga Omonullayevaning qo‘shgan hissasi katta.
 
Yana bir narsa: Shahzoda Muhammedova o‘z yozganlarida Dilorom Omonullayevani mamlakatdagi mavjud tartiblar, Prezidentning aytganlariga qarshi chiqayotgan kishi sifatida tasvirlashga uringandek. Holbuki, to‘ylarda boshlovchilik qilib yurgan Muhammedovaning "O‘zbekkonsert” davlat muassasi tomonidan konsert-tomosha faoliyatini olib borishi uchun litsenziyasi ham yo‘q. Xo‘sh, aslida kim mavjud tartiblarni buzyapti? So‘nggi xulosa o‘zingizdan. 
Категория: Har-Hil | Просмотров:2303 | Добавил: Admin | Теги: Shahzoda Muhammedova quyushqondan c | Рейтинг: 5.0/1
Всего комментариев: 0
Добавлять комментарии могут только зарегистрированные пользователи.
[ Регистрация | Вход ]
Профил
Время:17:51
Добро Пожаловать, Mexmon
Поиск
Калькулятор
Календарь
«  Iyul 2017  »
ПнВтСрЧтПтСбВс
     12
3456789
10111213141516
17181920212223
24252627282930
31