• Merganlar - O'zbek Tilida
  • Zulmatdan Ovoz - O'zbek Tilida
  • Hevenhyorst - O'zbek Tilida
  • Yitqichni Izlab - O'zbek Tilida
  • Bo'rilar Jasorati - O'zbek Tilida
  • Yalmog'iz Dunyoni Qutqaradi - O'zbek Tilida
  • Ilonli Botqoq - O'zbek Tilida
  • Begona - O'zbek Tilida
  • Vahshiy Ona - O'zbek Tilida
  • Uddalab Bo'lmas Topshiriq 7 - O'zbek Tilida
  • Kompaniya - O'zbek Tilida
  • Hech Kimga Aytma - O'zbek Tilida
  • Najot Tongi - O'zbek Tilida
  • Stoun Yuragi - O'zbek Tilida
  • Avlod - O'zbek Tilida
  • Berkin - O'zbek Tilida
  • Solomon Keyn - O'zbek Tilida
  • Raketachilar Klubi - O'zbek Tilida
  • Enaga - O'zbek Tilida
  • Meg 2 - O'zbek Tilida
Наш опрос
QAYSI TAS-IX TIZIMI QULAY?
Всего ответов: 288
Статистика


Яндекс.Метрика


Сейчас онлайн: 11
Гостей: 11
Пользователи 0

faxriddin
Tre
Submarine
Sher80
Tohirjon
hbahodir1980
Umida4008
17797
Nodirjon
Yagshisaxet
Главная » 2020 » Iyun » 26 » Shahrisabzda nima bo‘lgandi? Madaniyat vazirligi Bosh prokuraturaga faktlar bilan raddiya berdi
07:24
Shahrisabzda nima bo‘lgandi? Madaniyat vazirligi Bosh prokuraturaga faktlar bilan raddiya berdi

Avvalroq, Bosh prokuratura Matbuot xizmati bergan ma’lmotga asosan Shahrisabz Davlat muzey-qo‘riqxonasi bosh direktori N.X. byudjet mablag‘larini talon-toroj qilishda ayblanayotgani va jinoiy ish figurantiga aylangani haqida xabar bergan edik.

N.X. byudjet mablag‘larini muzey-qo‘riqxonada haqiqatda ishlamagan turmush o‘rtog‘i D.V. va 4 nafar fuqarolarga soxta hujjatlar asosida ish haqi hisoblab, talon-taroj qilishda ayblangandi. O‘zbekiston Respublikasi Madaniyat vazirligi ushbu xabarga rasmiy munosabat bildirdi va Bosh prokuratura ma’lumotlarini inkor qildi.

Unga ko‘ra, muzey nazoratchisi Odil Taniqo‘lov Shahrisabz prokaturasiga ariza bilan murojaat etgan. Tekshiruvda filologiya fanlari nomzodi, professor Poyan Ravshanov bilan tuzilgan mehnat shartnomasiga ko‘ra, 0,5 stavka ilmiy xodim shtatiga ishga olingan. Uning ish yo‘riqnomasi va mexnat shartnomasida ilmiy ish qilish hamda ilmiy maqolalar va kitob yozish yuklatilgan. U masofadan turib Qarshi shahridagi kutubxonalar, arxiv va o‘zining shaxsiy kutubxonalaridan foydalanib, muzey direktori tarix fanlari nomzodi Nabi Xushvaqov bilan ilmiy hamkorlikda 261 betdan iborat "Qashqadaryo tarixiga sayyoxat” mavzusida ilmiy ommabop kitob chiqib vazifasini bajargan.

Odatda ilmiy xodimlarning bir yillik ish rejasida 1 pechat list, yani 25 betlik ilmiy maqola nazarda tutilgan bo‘lsa, u 1,5 yilda vazifasini 4 barobar ziyod bajargan hisoblanadi. Ammo moliya bo‘limi mutaxassisi bu ishlarni farqiga bormay ishga kelmagan, deb oylik maosh olgan deb akt dalolatnoma yozgan. Vaholanki, u zaruriy vaqtlarda kelgan, ilmiy konferensiyalarda raislik qilgan va oylik maoshini plastik orqali olgan. Uning bank kartasi o‘z qo‘lida. Bu yerda davlat mablag‘ini o‘zlashtirish xolati aniqlanmagan.

Qashqadaryo viloyati tarixi va madaniyati davlat muzeyi direktori Bahodir Mamadiyev ham 0,5 stavka ishlagan. U vazirlik va viloyat xokimligi tomonidan berilgan topshiriqlarga ko‘ra, yangi tashkil etilayotgan muzeylar, ekspozitsiyalar va madaniy meros obektlarini tamirlash hamda konservatsiyalash buyicha ilmiy konsepsiyalar xammuallifi hisoblanadi. U Yakkabog‘dagi Xo‘jailg‘or muzey majmuasi ilmiy konsepsiyasi (Vazirlar Mahkamasi tomonidan tasdiqlangan), Mudofaa tarixi muzeyi konsepsiyasi (Madaniyat vazirligi va viloyat xokimligi tomonidan tasdiqlangan), 
Qamashi tumanidagi Langar otadagi tarixiy masjidni tamirlash ilmiy konsepsiyasi, Kesh tarixi va madaniyati ilmiy konsepsiyasida yaratishda faol ishtirok etgan. Bundan tashqari muzeylarning sayyoxatchilar uchun shanba va yakshanba kunlarida ishlashi hamda ish rejimni 22:00 gacha cho‘zish bo‘yicha topshiriqlarini bajarishda faol ishtirok etgan. (Uning ilmiy xisobatlari muzey arxivida saqlanmoqda).Oylik maoshini o‘zi olgan va foydalangan.

Behruz Bobojonov Qarshi davlat universitetining bakalaviaturasini 2018 yilda tugatgach, muzeyga ilmiy xodimlikka ishga olingan. U 2019 yilning dekabr oyida shu universitetning magistraturasiga (qo‘shimcha ruyxat asosida) o‘qishga kirdi. Qonunda va qonunosti xujjatlarida tashkilot xodimi o‘qishga kirsa, imtiyozlar berish nazarda tutilgan.U Qarshi davlat universitetida dushanba va seshanba kunlari o‘qishda bo‘lgan (dekan malumotnomasi mavjud), Shahrisabzdan qatnab o‘qigan va ilmiy tadqiqot ishlari muzey fondidagi materiallarga asoslangan. Bundan tashqari shu 2 yilda 3 ta ilmiy maqola nashr etgan. Magistrlik dissertatsiyasi muzey fondi materiallariga asoslangan. Oliy talim vazirligining nizomida mutaxassisligi va ixtisosligi buyicha talabalar uchun ishga kirishga ruxsat berilgan va stavkalari cheklanmagan. Yani, qonun uning 1 stavka ishlashiga monelik qilmaydi.

Direktorning turmush o‘rtog‘i Dilbar Vahobova muzeyda 20 yildan beri turli xil lavozimlarda ishlab kelmoqda. U Buxoro davlat universitetidagi muzeyshunoslarni malaka oshirish kursini tugatgach, metodist lavozimiga o‘tkazilgan. U o‘z tushuntirish xatida "gohida boshim og‘rib ishdan kadrlar bo‘limidan ruxsat olib ketganman”, deb yozganini, umuman ishga kelmay oylik olgan deb talqin etilgan. Hamkasblarining tushuntirish xatida Dilbar Vahobova o‘z vaqtida ishga kelishi va ketishini tasdiqlab yozgan tushuntirish xatlari inobatga olinmagan.

Arizachi Odil Taniqo‘lov 20 iyul kunida Shahrisabz shahar prokuroriga "qizishib, noto‘g‘ri malumotlar yozganini, xozirgi kunlarda N.Xushvaqov bilan yarashganini va arizasini oqibatsiz qoldirishlarini surab” yozgan arizasini inobatga olinmagan.

Tekshiruv Bosh prokuraturaning Shahrisabz shahar bo‘limi tomonidan o‘tkazilganligi munosbati bilan tergovga qadar tekshiruv bir yoqlama tarzda olib borilgani uchun muzey rahbariyati va aloqador xodimlar akt-dalolatnomalarini tasdiqlamagan.
Категория: Har-Hil | Просмотров:426 | Добавил: moderator | Теги: yangilik | Рейтинг: 0.0/0
Всего комментариев: 0
Добавлять комментарии могут только зарегистрированные пользователи.
[ Регистрация | Вход ]
Профил
Время:06:44
Добро Пожаловать, Mexmon
Поиск
Калькулятор
Календарь