Har-Hil [10401] |
Turfa olam [22] |
Odnoklassniki Sirlari [39] |
Dunyo Habarlari [26] |
Telefon Kodlari [18] |
Telefonlar Haqida [8] |
Sherlar [108] |
Futbol Yangiliklari [30] |
Maslahatlar [37] |
Latifalar [81] |
Yangi Yil Tabriklari [2] |
Senga Oshiqman [3] |
Bilimlar [6] |
Yulduzlar Biografiyasi | Юлдузлар Хаёти [126] |
Tush Ta'birlari [486] |
Muchal va Burjlar [8] |
Xamid Toshpo'latov Biografiyasi |
Anvar Kartayev Biografiyasi |
Ma'suda Otajonova Biografiyasi |
Lola Eltoyeva Biografiyasi |
Husan Sharipov Biografiyasi |
Gulnora Qosimova Biografiyasi |
Yodgora Ziyomuhammedova Biografiyasi |
Shaytanat Xongrey Biografiyasi |
Barno Qodirova Biografiyasi |
Farziddin Fayozov Biografiyasi |
Hoshim Arslonov Biografiyasi |
Gulchehra Ibrohimbekova Biografiyasi |
Erkin Komilov Biografiyasi |
Dildora Rustamova Biografiyasi |
Alisher Hamroyev Biografiyasi |
Afzal Rafiqov Biografiyasi |
Ra'no Shodiyeva Biografiyasi |
To'lqin Tojiyev Biografiyasi |
Zuhra Ashurova Biografiyasi |
Behzod Muhammadkarimov Biografiyasi |
Tush tabiri - Tushda Yel chiqarish ko'rish |
Tush tabiri - Tushda Kaklik ko'rish |
Tush tabiri - Tushda Ho'kiz ko'rish |
Tush tabiri - Tushda Hulkar yulduz ko'rish |
Tush tabiri - Tushda Homiladorlik ko'rish |
Tush tabiri - Tushda Hojatga chiqish ko'rish |
Tush tabiri - Tushda Hojatga borish ko'rish |
Tush tabiri - Tushda Hovuz ko'rish |
Tush tabiri - Tushda Hassa ko'rish |
Tush tabiri - Tushda Hammom ko'rish |
22:00 Sevara Soliyeva Partnyorim turmush o‘rtog‘imga yoqmasa, roldan voz kechaman | |
Mushtariylarimizning talab va takliflariga binoan aktrisa Sevara SOLIYEVAni suhbatga chorladik. Aytishlaricha, aktrisa san'atni tashlab biznes bilan shug‘ullanayotgan emish... — So‘nggi suratga tushgan filmingiz «Salom rashk» bo‘ldi. Adashmasam, Aziz Rametov bilan ilk bor partnyor bo‘ldingiz? — Ha. Ushbu kartinada Aziz Rametov bilan birinchi marta partnyor bo‘ldik. Men uni hind aktyorlariga o‘xshatdim. Ijro mahorati, s'yomka jarayonida o‘zini tutishi menga yoqdi. Rolini ijro etayotgan mahali ustozoda san'atkor ekanligi bilinadi. Rostini aytsam, ba'zi sabablarga ko‘ra film premyerasida qatnasha olmadim. Lekin turli fikrlar bo‘lganidan xabarim bor. — Masalan, nimalar deyishdi? — Tanqidiy fikrlar bo‘lmadi. Mabodo, siz nimadir eshitgan bo‘lsangiz, aytavering. — Film haqida yomon gap eshitmadim. Faqat Aziz Rametov bilan ekrandagi juftligingiz ba'zilar uchun erish tuyuldi. — Bo‘lishi mumkin. Axir bu ilk hamkorligimiz. — Turmush o‘rtog‘ingiz aktyor va xonanda Ma'mur Sultonov s'yomka maydonchasida sizni Aziz Rametovdan rashk qilgan emish... — (kuladi) Umr yo‘ldoshim meni hammadan rashk qiladi. Nafaqat Aziz Rametovdan balki boshqa filmdagi partnyorlarimdan ham qizg‘onadi. Lekin men buni to‘g‘ri qabul qilaman. — Deylik, Ma'mur suratga olinishi rejalashtirilayotgan filmdagi partnyoringizni yoqtirmadi. Shu sabab bo‘lib, roldan voz kechishingiz mumkinmi? — Agar turmush o‘rtog‘im partnyorimni yoqtirmasa, u bilan bitta filmda suratga tushishimga qarshi bo‘lsa, albatta, roldan voz kechaman. Men uchun oilam xotirjamligi har narsadan muhim. — U ham siz uchun shunday qilgan bo‘larmidi? — Yo‘q! Turmush o‘rtog‘imning fe'lini yaxshi bilaman. U mening gapim bilan kinodagi partnyori yoki qilayotgan ishidan voz kechmagan bo‘lar edi. Bir tarafdan to‘g‘ri ham qiladi. Negaki, u erkak kishi. Biz, ayollar esa hamisha juftimizning fikrini hurmat qilishimiz kerak. — Sevara, kinoda kam suratga tushayotganingizning boisi nima? — E'tibor bergan bo‘lsangiz, so‘nggi paytlarda filmlar kap ishlanyapti. Rejissyorlar, asosan, yangi qiyofalarni kashf qilishga urinishmoqda. To‘g‘ri, takliflar bo‘lyapti, ammo ko‘pchiligi men aytgan gonorarga rozi bo‘lmaydi. — Bundan chiqdi, «Sevara rol uchun katta gonorar so‘rayapti», degan gaplar rost ekan-da?.. — Nokamtarlikka yo‘ymang-u, ammo ko‘p yillardan buyon ijod qilib kelayotgan professional aktrisaman. Doim o‘z ustimda izlanaman. Mahoratimni oshirib borishga harakat qilaman. Ozmi – ko‘pmi, muxlislarim bor. Shunday ekan, rol uchun ma'lum miqdorda gonorar belgilashga haqliman, deb o‘ylayman. — Tushunarli. Teatrdan ta'tilga chiqqandingiz, ishga qaytdingizmi? — Yo‘q, teatrga qaytmadim. Biryo‘la ishdan bo‘shadim. — «Aktrisa teatrda charhlanadi» derdingiz-u, ishdan bo‘shashingizga nima sabab bo‘ldi? — Hali ham shu fikrdaman: aktrisa teatr sahnasida charhlanadi, mahorati oshadi. Ammo hozir teatr bilan kinoni birgalikda olib borishga qiynalyapman. Shu bois ishdan bo‘shashga majbur bo‘ldim. Nasib qilsa, keyinchalik teatr studiyalaridan birida ish faoliyatimni davom ettiraman. — Hamkasblaringiz «Kinochi-da, teatrda ishlashni eplolmadi», deyishmadimi? — Shaxsan o‘zimga gapirishmadi. Balki ortimdan gap – so‘z bo‘lgandir, yana kim biladi, deysiz. Hozir bor diqqatimni kinodagi rollarimga qaratmoqchiman. — To‘ylarda boshlovchilik qilayapsiz-a? — Ha! Bir men emas, ko‘pchilik aktyor – aktrisalar to‘yga chiqishadi. Meni xursand qilayotgani, odamlar to‘ylarda boshlovchilik qilishimizni yaxshi qabul qilishyapti. — «Bitta siz qolgandingiz shu ishni qilmagan», deguvchilar ham bo‘lgandir? — Bunday gaplar bo‘lmadi. To‘g‘ri, bir necha yillar oldin aktyor – aktrisalarning to‘ylarda ishtirok etishini hamma ham to‘g‘ri tushunmas edi. Ammo hozir unday emas. Aksincha, biror bir aktrisa to‘yda boshlovchilik qilsa, tashrif buyurganlar mamnuniyat bilan qarshi olishmoqda. — Yaxshi. Sevara, siz haqingizda yana bir gap eshitdim. — Xo‘sh, xo‘sh nima ekan? — Savdo markazlaridan birida do‘kon ochganmishsiz... — Xo‘jayinimning ko‘p yillik orzusi amalga oshib, restoran ochdi. Men esa reklama borasida unga yordam beryapman. Restoran savdo markazlaridan birida joylashgan. U yerda meni ko‘rganlar Sevara biznes bilan shug‘ullanyapti, deb o‘ylagan bo‘lishsa kerak. Aslida, bu turmush o‘rtog‘imning loyihasi. — Omadini bersin! — Aytganingiz kelsin! — «Sal qolishiga sal qoldi» filmi premyerasi qachonga mo‘ljallanyapti? — Bilasiz, kartina turmush o‘rtog‘imning g‘oyasi asosida suratga olindi. Nasib etsa, keyingi oylarda premyerasi bo‘lib o‘tadi. — Bosh rolda o‘zingiz bo‘lsangiz kerak? — Yo‘q, bu safar kichikroq rol ijro etdim. Film katta ekranlarga chiqqach, qahramonim bilan yaqindan tanishasiz. — Kelishdik. Sevaraning «ENG» lari Eng yomon ko‘rgani — odamlarning asossiz gap – so‘zlari. Eng quvongan kuni — kayfiyatni ko‘tarish maqsadida o‘zi uchun biror nima qilgan on Eng katta kamchiligi — jahli tez Eng yaxshi odati — yaxshilik qilgan insonlarni sira ham unutmaydi. | |
|
Всего комментариев: 0 | |