• Merganlar - O'zbek Tilida
  • Zulmatdan Ovoz - O'zbek Tilida
  • Hevenhyorst - O'zbek Tilida
  • Yitqichni Izlab - O'zbek Tilida
  • Bo'rilar Jasorati - O'zbek Tilida
  • Yalmog'iz Dunyoni Qutqaradi - O'zbek Tilida
  • Ilonli Botqoq - O'zbek Tilida
  • Begona - O'zbek Tilida
  • Vahshiy Ona - O'zbek Tilida
  • Uddalab Bo'lmas Topshiriq 7 - O'zbek Tilida
  • Kompaniya - O'zbek Tilida
  • Hech Kimga Aytma - O'zbek Tilida
  • Najot Tongi - O'zbek Tilida
  • Stoun Yuragi - O'zbek Tilida
  • Avlod - O'zbek Tilida
  • Berkin - O'zbek Tilida
  • Solomon Keyn - O'zbek Tilida
  • Raketachilar Klubi - O'zbek Tilida
  • Enaga - O'zbek Tilida
  • Meg 2 - O'zbek Tilida
Наш опрос
SAYTGA NIMALAR KO'PROQ KERAK?
Всего ответов: 1878
Статистика


Яндекс.Метрика


Сейчас онлайн: 14
Гостей: 14
Пользователи 0

faxriddin
Tre
Submarine
Sher80
Tohirjon
hbahodir1980
Umida4008
17797
Nodirjon
Yagshisaxet
Главная » 2019 » Dekabr » 2 » Sayyora Yunusova Biografiyasi
21:01
Sayyora Yunusova Biografiyasi

Sayyora Yunusova 1956 yil 25-fevral sanasida Toshkent shahrida ziyoli oilada tug'ilgan. Uning otasi Harbiy onasi esa tish shifokori bo'lgan. Aktrisa oilada kenja farzand bo'lib, uning bir akasi bor.

Sayyora Yunusova o'rta maktabni tamomlagach aktrisalik bo'yicha o'qish uchun harakat qilgan. Uning ota onasi esa san'atkor bo'lishiga qarshilik qilishgan. Shu sababdan u ota onasidan yashirincha Toshkent teatr va rassomchilik san'ati oliygohiga hujjat topshirgan. Ushbu oliygohda u dastlab Qo'g'irchoq aktyorligi bo'limiga o'qishga kirgan, lekin ushbu yo'nalishda o'qituvchi  yo'qligi sabab o'qishini drama aktyorligi bo'limida davom ettirgan.

O'qishni tugatgach o'z faoliyatini O'zbek milliy akademik drama teatrida boshlagan. Bugungi kungacha aktrisa ushbu teatrda "Oltin devor", "Al-Farg'oniy", "Gamlet" va "Zebuniso" kabi o'nlab spektakllarda o'ziga hos obrazlarni gavdalantirgan. 
Sayyora Yunusova o'z faoliyati davomida ko'plab film va seriallarda ham suratga tushgan bo'lib,  hozirgi yosh tomoshabinlarga asosan  "Opa-singillar" hamda "Zurriyod" seriallardagi rollari bilan yaxshi tanish.
Aktrisa kino va teatrdan tashqari dublaj sohasida ham ko'p yillardan beri ishlab keladi. U "Kelinlar qo'zg'oloni" filmidagi Nigora va "Oshin" serialidagi Oshin kabi,  ko'plab biz tanigan qahramonlarga ovoz bergan.

Sayyora Yunusova san'at va madaniyat sohasidagi o'zining ko'p yillik xizmatlari uchun 1999 yilda "O'zbekiston Respublikasida xizmat ko'rsatgan artist" faxriy unvoni bilan taqdirlangan.

Aktrisani shaxsiy hayoti haqida: Sayyora Yunusova 1984 yilda,  ko'pchiligimiz tanigan kinorejissyor,  Jahongir Qosimovga turmushga chiqqan. Ularni hozirda  ikki o'g'il va bir qiz farzandlari hamda bir necha nabiralari bor. Bugungi kunda aktrisaning deyarli barcha farzandlari san'at sohasida faoliyat yuritishadi.

Sayyora Yunusova hozirda 63 yoshda bo'lib, o'zining aktrisalik faoliyatini O'zbek milliy akademik drama teatrida davom ettirib kelmoqda.
Категория: Yulduzlar Biografiyasi | Юлдузлар Хаёти | Просмотров:1417 | Добавил: Admin | Теги: biografiyasi | Рейтинг: 0.0/0
Всего комментариев: 0
Добавлять комментарии могут только зарегистрированные пользователи.
[ Регистрация | Вход ]
Профил
Время:23:54
Добро Пожаловать, Mexmon
Поиск
Калькулятор
Календарь
«  Dekabr 2019  »
ПнВтСрЧтПтСбВс
      1
2345678
9101112131415
16171819202122
23242526272829
3031