• Merganlar - O'zbek Tilida
  • Zulmatdan Ovoz - O'zbek Tilida
  • Hevenhyorst - O'zbek Tilida
  • Yitqichni Izlab - O'zbek Tilida
  • Bo'rilar Jasorati - O'zbek Tilida
  • Yalmog'iz Dunyoni Qutqaradi - O'zbek Tilida
  • Ilonli Botqoq - O'zbek Tilida
  • Begona - O'zbek Tilida
  • Vahshiy Ona - O'zbek Tilida
  • Uddalab Bo'lmas Topshiriq 7 - O'zbek Tilida
  • Kompaniya - O'zbek Tilida
  • Hech Kimga Aytma - O'zbek Tilida
  • Najot Tongi - O'zbek Tilida
  • Stoun Yuragi - O'zbek Tilida
  • Avlod - O'zbek Tilida
  • Berkin - O'zbek Tilida
  • Solomon Keyn - O'zbek Tilida
  • Raketachilar Klubi - O'zbek Tilida
  • Enaga - O'zbek Tilida
  • Meg 2 - O'zbek Tilida
Наш опрос
YOSHINGIZ?
Всего ответов: 1361
Статистика


Яндекс.Метрика


Сейчас онлайн: 14
Гостей: 14
Пользователи 0

faxriddin
Tre
Submarine
Sher80
Tohirjon
hbahodir1980
Umida4008
17797
Nodirjon
Yagshisaxet
Главная » 2018 » Mart » 23 » Saratonning oldini olish mumkinmi
11:39
Saratonning oldini olish mumkinmi

Ayni paytda dunyo bo‘ylab saratonga chalinish hollari tobora ko‘paymoqda. Bu kasallikdan saqlanish uchun nimalarni bilish kerak? Quyida siz bu haqda bilib olasiz.

Qanday omillar sabab bo‘lishi mumkin?

Irsiyat. Onkologik kasalliklarning 5 foizi irsiyatga bog‘liq, qolgan 95 foizi o‘z-o‘zidan yuzaga keladigan mutatsiyalarning natijasidir.
Zararli odatlar. O‘pka saratoniga chalinganlarning 85 foizi — chekuvchilar.
Viruslar. Bachadon bo‘yni saratonini VPCH virusi keltirib chiqaradi, oshqozon saratoniga xelibakter bakteriyasi sababchi bo‘ladi.
Ionlashtiruvchi nurlanish. Radiatsiya saratonni rivojlantiradi.
Quyosh nurlari. Quyoshda ortiqcha toblanish melanomani qo‘zg‘atadi.
Surunkali yallig‘lanishlar. Har qanday yallig‘lanish saraton uchun qulay sharoit yaratadi.
Ziqlik holatlari. Miyada, ehtimol, hujayralarning bo‘linishini nazorat qiluvchi markaz bo‘lishi mumkin, uni hissiyotlar "ishdan chiqaradi”.
        Qanday alomatlarga e'tiborli bo‘lish kerak?

Saratonning shunday belgilari borki, ularni shifokorlar ham, bemorlar ham o‘tkazib yuborishlari mumkin. Bular:

Kuchsizlik.
Ishtaha hamda ta'm sezishning buzilishi.
Uzoq bitmaydigan yaralar.
Xol rangi, shaklining o‘zgarishi va qichishishi.
Har qanday fiziologik ajralishlar (to‘qima parchalanishining belgisi). Eng xavotirli belgi – bu qonli ajralmalar, ular onkologik jarayonning asosiy ko‘rsatkichi hisoblanadi.
Oshqozon, ichak, qizilo‘ngach sohasidagi og‘riqlar.
Kasallikdan qanday saqlanish mumkin?

To‘g‘ri ovqatlaning. 35 foiz hollarda kasallikka noto‘g‘ri ovqatlanish sabab bo‘ladi. YOg‘li taomlarni iste'mol qilmang. Har kuni 500g meva va sabzavotlarni iste'mol qiling.
Chekmang. Umumjahon sog‘liqni saqlash tashkilotining ma'lumotlariga ko‘ra, tamaki chekish barcha shakldagi xavfli shishlarning 30foiz rivojlanishiga sababchi bo‘ladi. Kam chekuvchilar ham xavfdan yiroq emas.
To‘g‘ridan-to‘g‘ri quyosh nurlaridan uzoqroq bo‘ling. Ular teri saratonini rivojlantirishi mumkin. Eng xavfli shishlar orqada bo‘ladi.
Ruhiy muvozanatni saqlang. Saratonning paydo bo‘lishiga ziqlik holati, depressiya va salbiy hissiyotlar sabab bo‘ladi.
Muntazam tekshiruvdan o‘tib turing. Kasallikni erta aniqlash – unga qarshi "emlash” demakdir.
Qanday turlarini to‘liq davolasa bo‘ladi?

Kasallikning barcha turlari (bachadon bo‘yni, ko‘krak bezi, teri, qalqonsimon bez, prostata bezi, kolorektal saraton) erta bosqichda aniqlanganda 95 foiz hollarda davolanadi.

Saraton hujayralariga qarshi mahsulotlar

Pomidorlar. Likopinga eng boy mahsulot.
Kurkuma. Kurkumin manbai hisoblanadi.
Chernika. Chernika ekstrakti shishlarni qisqartiradi.
Malina. Yallig‘lanishga qarshi fitonutriyentlarga boy.
Qahva va ko‘k choy. Saratonga qarshi moddalarga boy.
Qora shokolad. U nafaqat foydali moddalar manbai, balki shunchaki kayfiyatni ko‘taradi va bu hamma uchun zarur.
Kimda ko‘proq uchraydi?

Saratonga chalingan bemorlarning 54 foizini ayollar, 46 foizini erkaklar tashkil qiladi.  Dunyoda har yili saratonga chalingan 10 million kishi ro‘yxatga olinadi. Har yili dunyoda saratondan 8,2 million odam vafot etadi. Saraton bilan kasallanish har yili 15 foizga o‘smoqda va umumiy o‘lim holatlarining 13 foizini tashkil qilmoqda.
Категория: Har-Hil | Просмотров:1301 | Добавил: Admin | Теги: Saratonning oldini olish mumkinmi | Рейтинг: 0.0/0
Всего комментариев: 0
Добавлять комментарии могут только зарегистрированные пользователи.
[ Регистрация | Вход ]
Профил
Время:09:40
Добро Пожаловать, Mexmon
Поиск
Калькулятор
Календарь
«  Mart 2018  »
ПнВтСрЧтПтСбВс
   1234
567891011
12131415161718
19202122232425
262728293031