• Merganlar - O'zbek Tilida
  • Zulmatdan Ovoz - O'zbek Tilida
  • Hevenhyorst - O'zbek Tilida
  • Yitqichni Izlab - O'zbek Tilida
  • Bo'rilar Jasorati - O'zbek Tilida
  • Yalmog'iz Dunyoni Qutqaradi - O'zbek Tilida
  • Ilonli Botqoq - O'zbek Tilida
  • Begona - O'zbek Tilida
  • Vahshiy Ona - O'zbek Tilida
  • Uddalab Bo'lmas Topshiriq 7 - O'zbek Tilida
  • Kompaniya - O'zbek Tilida
  • Hech Kimga Aytma - O'zbek Tilida
  • Najot Tongi - O'zbek Tilida
  • Stoun Yuragi - O'zbek Tilida
  • Avlod - O'zbek Tilida
  • Berkin - O'zbek Tilida
  • Solomon Keyn - O'zbek Tilida
  • Raketachilar Klubi - O'zbek Tilida
  • Enaga - O'zbek Tilida
  • Meg 2 - O'zbek Tilida
Наш опрос
YOSHINGIZ?
Всего ответов: 1362
Статистика


Яндекс.Метрика


Сейчас онлайн: 11
Гостей: 11
Пользователи 0

faxriddin
Tre
Submarine
Sher80
Tohirjon
hbahodir1980
Umida4008
17797
Nodirjon
Yagshisaxet
Главная » 2020 » Fevral » 15 » Samarqanddagi “zapravka”da avtomobillarga gaz o‘rniga suv quyib berilgani aytilmoqda
20:43
Samarqanddagi “zapravka”da avtomobillarga gaz o‘rniga suv quyib berilgani aytilmoqda

Samarqandda avtomobillarga suyultirilgan gaz quyish shoxobchasida gaz o‘rniga suv quyib berilayotgani aytilmoqda.Holat joriy yil 23-yanvar kuni Samarqand shahridagi So‘g‘diyona mavzesida joylashgan "Musaffo” MChJga qarashli suyultirilgan gaz quyish shoxobchasida sodir bo‘lgan. Gaz olgan haydovchilarning avtomobillari o‘z-o‘zidan yurmay qolgan. Haydovchilar gaz o‘rniga suv quyib berilganligini servisga borgan payt bilishgan.

"23-yanvar kuni soat 18:00 atrofida avtomobilimga suyultirilgan gaz quygan edim. Shoxobchadan chiqqanimdan so‘ng mashinam o‘z-o‘zidan yurmay qoldi. Bir amallab ustaxonaga olib borganimdan so‘ng gaz o‘rniga suv quyilganini aytishdi, — deydi Eldor Muhammadiyev. — Avtomobillarga gaz o‘rniga suv quyilayotganligining sababi nimadaligini bilish maqsadida shoxobcha rahbari bilan uchrashdim. Ammo rahbar meni kurakda turmaydigan so‘zlar bilan haqoratlab, unga tuhmat qilayotganimni aytdi. Hatto haydovchilarni muttahamlikda ayblab, ularni ham izza qildi.”

Ma’lum bo‘lishicha, "Sho‘rtangaz kimyo majmuasi” mas’uliyati cheklangan jamiyatidan 16-yanvar kuni "Musaffo” MChJga 21 tonna suyultirilgan tabiiy gaz keltirilgan. Aynan shu kundan boshlab "zapravka”da avtomobillarga gaz tarqatila boshlangan.

Eldor Muhammadiyevning ta’kidlashicha, mazkur gaz quyish shoxobchasida xarid qilingan gaz uchun iste’molchilarga xarid cheki berilmas ekan.

"Shoxobcha rahbarining qo‘pol muomalasi, haqoratlashi yetmaganidek hatto sotib olingan gaz uchun xarid chekini ham berishmadi, — deydi Eldor Muhammadiyev. — Tadbirkorligini pesh qilayotgan rahbar istaganini qiladimi? Axir hamma yerda qonun-qoida bor. Tadbirkor degani bilganini qilaman degani emas-ku.”

"Musaffo” mas’uliyati cheklangan jamiyati tomonidan xaridorlarga chek berilmayotganligi yuzasidan viloyat davlat soliq boshqarmasi mas’ullariga murojaat qilganimizda ular 1-aprelga qadar tadbirkorlar faoliyatiga aralashish mumkinmasligini, to‘g‘ridan to‘g‘ri ularning faoliyatini tekshira olmasliklarini ma’lum qildi.

Eldor Muhammadiyevning ta’kidlashicha, boshqa haydovchilar ham zarar ko‘rmasligi uchun "Musaffo” MChJga qarashli yoqilg‘i quyish shoxobchasiga qaytib borganida shoxobcha rahbari E.Muhammadiyevni tadbirkorning faoliyatiga to‘sqinlik qilayotgan tovlamachi sifatida ayblagan.

"Shoxobcha rahbari menga vaziyatni tushuntirishga imkon ham bermadi. Og‘zidan faqat haqoratli so‘zlar chiqib, nafsoniyatimga tegdi. Yoniga to‘plangan to‘rt-besh nafar o‘zining odamlari unga qo‘shilib meni "tovlamachi”, "tuhmatchi”, deya haqorat qilishga tushishdi. Ularning bu yerda janjal chiqarishdan manfaatdor ekanliklarini anglagach, ketishga majbur bo‘ldim”, — deydi E.Muhammadiyev.

Jurnalistik surishtiruv davomida, "O‘zdavneftgazinspeksiya”si Samarqand hududiy bo‘limiga murojaat qildik. Inspeksiya rahbari Ikrom Maqsudov xizmat safari bilan tumanga ketganligi bois bosh mutaxassis Dilshod Sayfiyev bilan suhbatlashdik. "Musaffo” MChJga qarashli yoqilg‘i quyish shoxobchasida bo‘lgan holatni batafsil eshitgan mutaxassis hech qanday yordam berolmasligini, ayni paytda borib tadbirkorning faoliyatini to‘g‘ridan to‘g‘ri o‘rgana olmasligini bildirdi.

Avtomashinaga quyilgan suyuqlikning tarkibini o‘rganib xulosa berishlarini so‘raganimizda inspeksiyada gaz mahsulotlarining laboratoriyasi yo‘qligini aytdi.

"O‘zdavneftgazinspeksiya”ning hududiy bo‘limi boshlig‘i Ikrom Maxsudov inspeksiya mas’ul xodimi Dilshod Sayfiyev "Musaffo” MChJga qarashli avtomobillarga yonilg‘i quyish shoxobchasida holatni o‘rganayotganligini ma’lum qildi. Mazkur jarayonga bevosita ishtirok etib, avtomobilga suv quyib berish holatini o‘rganmoqchi bo‘lib, ushbu "zapravka”ga bordik. Ammo inspeksiya xodimi Dilshod Sayfiyev va "Musaffo” MChJ rahbari Komil ismli shaxs (familiyasini aytishni istamadi) elektr energiyasida uzilish bo‘lganligi sabab holatni o‘rganishning iloji yo‘qligini ta’kidlashdi.


Shahar va viloyat hududiy elektr tarmoqlari korxonasi mazkur hududda elektr ta’minotida uzilish bo‘lmaganini bildirib, chiroq ataylab o‘chirilganini ma’lum qildi.

"Bu holatga tegishli mutasaddilar tomoshabin bo‘lib turganiga hayronman. "O‘zdavneftgazinspeksiya”si Samarqand hududiy bo‘limi rahbariyatiga 24-yanvarda murojaat qilganman. Ammo hozirga qadar javob bo‘lmayapti. Viloyat soliq boshqarmasi esa 1-aprelga qadar birorta tadbirkorning faoliyatini tekshirishga yo‘l qo‘yilmasligini ma’lum qilib, hozirda murojaatim o‘rganilmasligini aytishdi, — deydi Eldor Muhammadiyev. – Bugun yurtimizda tadbirkorlarga keng imkoniyat yaratilib, ularga turli imtiyozlar berilmoqda. Ammo ushbu imkoniyat va imtiyozdan g‘arazli maqsadlarda foydalanib, yuzlab iste’molchilarni sarson qilayotgan tadbirkorlar ham oramizda uchrab turibdi-da.”
Категория: Har-Hil | Просмотров:553 | Добавил: moderator | Теги: yangilik | Рейтинг: 0.0/0
Всего комментариев: 0
Добавлять комментарии могут только зарегистрированные пользователи.
[ Регистрация | Вход ]
Профил
Время:19:45
Добро Пожаловать, Mexmon
Поиск
Калькулятор
Календарь
«  Fevral 2020  »
ПнВтСрЧтПтСбВс
     12
3456789
10111213141516
17181920212223
242526272829