• Merganlar - O'zbek Tilida
  • Zulmatdan Ovoz - O'zbek Tilida
  • Hevenhyorst - O'zbek Tilida
  • Yitqichni Izlab - O'zbek Tilida
  • Bo'rilar Jasorati - O'zbek Tilida
  • Yalmog'iz Dunyoni Qutqaradi - O'zbek Tilida
  • Ilonli Botqoq - O'zbek Tilida
  • Begona - O'zbek Tilida
  • Vahshiy Ona - O'zbek Tilida
  • Uddalab Bo'lmas Topshiriq 7 - O'zbek Tilida
  • Kompaniya - O'zbek Tilida
  • Hech Kimga Aytma - O'zbek Tilida
  • Najot Tongi - O'zbek Tilida
  • Stoun Yuragi - O'zbek Tilida
  • Avlod - O'zbek Tilida
  • Berkin - O'zbek Tilida
  • Solomon Keyn - O'zbek Tilida
  • Raketachilar Klubi - O'zbek Tilida
  • Enaga - O'zbek Tilida
  • Meg 2 - O'zbek Tilida
Наш опрос
Bizning Saytga Yana Qanday Loyihalar Kiritish Lozim?
Всего ответов: 236
Статистика


Яндекс.Метрика


Сейчас онлайн: 4
Гостей: 4
Пользователи 0

JohaC2
03012005
Olaqanatlar
Akmalaka
Holdarov
Nuratdin
ismonali1994
2904
Risolat0921
faxriddin
Главная » 2020 » May » 20 » Rossiyalik millionerlar orasida bunker xarid qilish holatlari ko‘paydi
11:55
Rossiyalik millionerlar orasida bunker xarid qilish holatlari ko‘paydi

So‘nggi vaqtlarda yashirin himoyalanish inshootlarini quruvchi kompaniyalarning xizmatlariga talab keskin ortgan, deb yozmoqda Forbes. Bunga koronavirus pandemiyasi sabab bo‘lgan. Mijozlar orasida rossiyalik millionerlar ko‘p.

Jurnalning qayd etishicha yashirin joy – bunkerlarga talab odatda favqulodda holatlarda oshib ketadi, shu sababli ham bozor nisbatan katta emas. "Spetsgeoproyekt” kompaniyasi rahbari Danil Andreyev bunkerlar qurilishini 200 million rublga baholagan. Uning so‘zlariga ko‘ra, bir yil ichida 30 ta xavfsizlik xonasi va 10 ta bunker quriladi. Kompaniya COVID-19 epidemiyasidan avval bir oyda bitta bunker qurgan bo‘lsa, hozir uchta qurilmoqda. Aprelda esa beshta bunkerga buyurtma olgan.

Talabning o‘sib borayotganini AQShdagi ishlab chiqaruvchilar (bu yerda bozor ancha rivojlangan) ham qayd etgan. "Bizga rossiyaliklar ko‘p bora murojaat qildi, 2020-yilda biz ularga ikkita yashirinish bunkerini sotdik”,— deydi AQShdagi Rising S Company bunkerlar ishlab chiqaruvchi kompaniyasi vakili Gari Linch.

Uning so‘zlariga ko‘ra, bunday obyektlarning maydoni taxminan 46 kvadrat metrni tashkil qiladi. Bitta bunkerning narxi — 150 ming dollar. 2020-yilning dastlabki uch oyi davomida bunkerlarga bo‘lgan talab 2019-yildagiga nisbatan 2000 foizga o‘sgan. Boshqa bir AQSh kompaniyasi Vivos ham Rossiyadan takliflar kelib tushayotganini bildirgan, ammo raqamlar va narxlar borasida aniq ma’lumot bermagan. Umumiy olganda, yashirin joylar tayyorlashga bo‘lgan so‘rovlar ko‘rsatkichi 1000 foizga, sotuvlar esa 400 foizdan ko‘proqqa o‘sgan.

Butun dunyoda koronavirus infeksiyasiga chalinganlar soni 4,8 millionga yetgan, kasallanganlar soni bo‘yicha AQSh yaqqol peshqadam — 1,5 milliondan ko‘proq, 2-o‘rinda Rossiya — 299 ming nafardan ko‘p odam kasallikka chalingan. Pandemiya davrida jahonda 319 mingdan ko‘p bemor vafot etgan, 1,8 milliondan ortiq odam esa kasallikdan tuzalgan.
Категория: Har-Hil | Просмотров:598 | Добавил: moderator | Теги: yangilik | Рейтинг: 0.0/0
Всего комментариев: 0
Добавлять комментарии могут только зарегистрированные пользователи.
[ Регистрация | Вход ]
Профил
Время:11:56
Добро Пожаловать, Mexmon
Поиск
Калькулятор
Календарь
«  May 2020  »
Пн Вт Ср Чт Пт Сб Вс
    123
45678910
11121314151617
18192021222324
25262728293031