• Merganlar - O'zbek Tilida
  • Zulmatdan Ovoz - O'zbek Tilida
  • Hevenhyorst - O'zbek Tilida
  • Yitqichni Izlab - O'zbek Tilida
  • Bo'rilar Jasorati - O'zbek Tilida
  • Yalmog'iz Dunyoni Qutqaradi - O'zbek Tilida
  • Ilonli Botqoq - O'zbek Tilida
  • Begona - O'zbek Tilida
  • Vahshiy Ona - O'zbek Tilida
  • Uddalab Bo'lmas Topshiriq 7 - O'zbek Tilida
  • Kompaniya - O'zbek Tilida
  • Hech Kimga Aytma - O'zbek Tilida
  • Najot Tongi - O'zbek Tilida
  • Stoun Yuragi - O'zbek Tilida
  • Avlod - O'zbek Tilida
  • Berkin - O'zbek Tilida
  • Solomon Keyn - O'zbek Tilida
  • Raketachilar Klubi - O'zbek Tilida
  • Enaga - O'zbek Tilida
  • Meg 2 - O'zbek Tilida
Наш опрос
SAYTNI QAYERDAN TOPDINGIZ?
Всего ответов: 705
Статистика


Яндекс.Метрика


Сейчас онлайн: 11
Гостей: 11
Пользователи 0

faxriddin
Tre
Submarine
Sher80
Tohirjon
hbahodir1980
Umida4008
17797
Nodirjon
Yagshisaxet
Главная » 2023 » Yanvar » 12 » “Rossiyadan namuna olib”. Belarusda “Vagner” guruhining analogi yaratilyaptimi?
21:42
“Rossiyadan namuna olib”. Belarusda “Vagner” guruhining analogi yaratilyaptimi?

Belarusning "GardServis” xususiy xavfsizlik kompaniyasi qoshida, aftidan, Rossiyaning "Vagner” xususiy harbiy kompaniyasi analogini tashkil qilish rejalashtirilmoqda. Bu haqda Belarus muxolifatchisi Svetlana Tixanovskayaning mudofaa va milliy xavfsizlik masalalari bo‘yicha Birlashgan o‘tish vazirlar mahkamasi a’zosi Valeriy Saxashikka tayanib, Deutsche Welle xabar berdi.

Saxashikning so‘zlariga ko‘ra, so‘nggi paytlarda "GardServis” xodimlarining soni sezilarli darajada oshgan. U hozir kompaniyada mingdan ortiq odam bo‘lishi mumkinligini taxmin qilmoqda.

"Tayyorgarlik va ishga olish bir necha oydan beri davom etmoqda. Shaxsiy tarkib maxsus operatsiyalarda va Belarus huquqni muhofaza qilish organlarining maxsus bo‘linmalarida xizmat qilgan ofitserlar, posbonlar, serjantlar va askarlar hisobiga ko‘paytirildi”, — dedi u.

Deutsche Welle suhbatdoshining so‘zlariga ko‘ra, "GardServis” xodimlari Belarusning bir nechta poligonlarida o‘qitilmoqda. "5-maxsus bo‘linmalar brigadasi ofitserlari o‘zlarining poligonlarida ‘GardServis’ xodimlarini o‘qitishayotganidan xabarim bor. Bundan tashqari, kompaniya sobiq ‘Dinamo’ maxsus o‘quv markazi bazasini egallagan, u yerda ham faol operatsiyalar olib borilmoqda”, — dedi manba.

Saxashikning fikricha, Rossiyaning "Vagner” guruhidan namuna olib, "GardServis” xodimlaridan sabotaj-razvedka guruhlari va hujumlar uchun foydalanishlari mumkin.

2022-yilning yozida Belarus mustaqil OAVlari "GardServis”dagi manbaga tayanib, "Vagner” yollanma askarlari Minskka Xususiy xavfsizlik tashkiloti xodimlarini o‘qitish uchun kelganini yozgandi, deb eslatdi DW.

"GardServis” xususiy xavfsizlik kompaniyasi 2020-yil iyun oyida tashkil etilgan. Aleksandr Lukashenkoning farmoniga ko‘ra, ushbu xususiy xavfsizlik kompaniyasi xodimlariga "harbiylashtirilgan qo‘riqchilar uchun qonun hujjatlarida belgilangan tartibda” xizmat va fuqarolik qurollarini, shuningdek, maxsus vositalar va jismoniy kuchlarni olib yurish, saqlash va ishlatishga ruxsat berilgan. "GardServis” Belarusda o‘qotar qurollardan, jumladan, to‘pponcha, pulemyot va snayper miltiqlaridan foydalanish huquqini olgan yagona xususiy xavfsizlik kompaniyasi hisoblanadi.

Xodimlariga qurol ishlatishga ruxsat berilgan "GaardServis”ning paydo bo‘lishi 2020-yil avgust oyida Belarusda bo‘lib o‘tgan prezidentlik saylovlari bilan bog‘liq. O‘shanda Belarus Markaziy saylov komissiyasi Aleksandr Lukashenkoni saylov g‘olibi deb e’lon qilgan. Muxolifat esa natijalar soxtalashtirilganini ma’lum qilgan va saylov natijalarini tan olishdan bosh tortgan. So‘ng Belarusda norozilik namoyishlari boshlangan, ular shafqatsizlarcha bostirilgan.
Категория: Har-Hil | Просмотров:233 | Добавил: moderator | Теги: yangilik | Рейтинг: 0.0/0
Всего комментариев: 0
Добавлять комментарии могут только зарегистрированные пользователи.
[ Регистрация | Вход ]
Профил
Время:21:08
Добро Пожаловать, Mexmon
Поиск
Калькулятор
Календарь
«  Yanvar 2023  »
ПнВтСрЧтПтСбВс
      1
2345678
9101112131415
16171819202122
23242526272829
3031