• Merganlar - O'zbek Tilida
  • Zulmatdan Ovoz - O'zbek Tilida
  • Hevenhyorst - O'zbek Tilida
  • Yitqichni Izlab - O'zbek Tilida
  • Bo'rilar Jasorati - O'zbek Tilida
  • Yalmog'iz Dunyoni Qutqaradi - O'zbek Tilida
  • Ilonli Botqoq - O'zbek Tilida
  • Begona - O'zbek Tilida
  • Vahshiy Ona - O'zbek Tilida
  • Uddalab Bo'lmas Topshiriq 7 - O'zbek Tilida
  • Kompaniya - O'zbek Tilida
  • Hech Kimga Aytma - O'zbek Tilida
  • Najot Tongi - O'zbek Tilida
  • Stoun Yuragi - O'zbek Tilida
  • Avlod - O'zbek Tilida
  • Berkin - O'zbek Tilida
  • Solomon Keyn - O'zbek Tilida
  • Raketachilar Klubi - O'zbek Tilida
  • Enaga - O'zbek Tilida
  • Meg 2 - O'zbek Tilida
Наш опрос
Bizning Saytga Yana Qanday Loyihalar Kiritish Lozim?
Всего ответов: 231
Статистика


Яндекс.Метрика


Сейчас онлайн: 8
Гостей: 8
Пользователи 0

faxriddin
Tre
Submarine
Sher80
Tohirjon
hbahodir1980
Umida4008
17797
Nodirjon
Yagshisaxet
Главная » 2022 » Fevral » 28 » Rossiya rubli O‘zbekiston iqtisodiyotiga qanday ta’sir qiladi?
20:34
Rossiya rubli O‘zbekiston iqtisodiyotiga qanday ta’sir qiladi?

Avvalroq Rossiya rubli tarixdagi eng minimal darajaga tushib ketgani haqida xabar berilgan edi.

Rossiyadagi ba’zi nuqtalarda 1 AQSh dollari 130-150 rublga sotilmoqda. Taqqoslash uchun, fevral oyining boshlaridayoq dollar bahosi 76 rublni tashkil qilgan edi.

Rubl bilan bog‘liq vaziyatlar O‘zbekistonda ham o‘z asoratini ko‘rsatib kelgan. Bu aynan qanday yuz berishi haqida Markaziy bank rahbari Mamarizo Nurmurotov aytib o‘tgan edi.

Pul o‘tkazmalari
Birinchi navbatda, rubl devalvatsiyasi O‘zbekistonga pul o‘tkazmalarning kamayishiga olib keladi.

Masalan, 2020-yili rubl dollarga nisbatan qadrsizlanganda, Rossiyadan amalga oshiriladigan o‘tkazmalarning 11 foizga, O‘zbekistonga umumiy o‘tkazmalarning 4 foizga qisqarishiga olib kelgan edi. 

Xalqaro pul o‘tkazmalari, o‘z navbatida boshqa ko‘rsatkichlarga, shu jumladan, o‘zbek so‘miga ham o‘z ta’sirini ko‘rsatadi.

Misol uchun, 2021-yilda O‘zbekistonga 7 mlrd dollar mablag‘ o‘tkazmalari kirib kelgan. Bu so‘mning bor-yo‘g‘i 3,4 foizga (2019-yildan beri eng yaxshi ko‘rsatkich) qadrsizlanishiga sabab bo‘lgan omillardan biriga aylangan.

Markaziy bankdagilarning aytishicha, eksportdan tushgan valyuta tushumlari, shuningdek, pul o‘tkazmalari hajmining sezilarli oshishi kurs qiymatini ushlab turishga yordam bergan. O‘tgan yili bu ko‘rsatkich 34 foizni tashkil etib, buning hisobiga xorijiy valyuta taklifi 1,6 barobar oshgan. 

Eksport
Rublning qadrsizlanishi pul o‘tkazmalaridan tashqari, O‘zbekiston eksportchilariga ham o‘z ta’sirini o‘tkazadi. 

Biz istaymizmi, yo‘qmi, Rossiya bozorlaridagi bizning mahsulotlar rublda baholanadi. Va tabiiyki, eksportchilarimizning daromadlarida o‘z aksini ko‘rsatmay qolmaydi, — deydi Mamarizo Nurmurotov.

2021-yil sarhisoblariga ko‘ra, Rossiya Xitoyni orta qoldirgan holda, O‘zbekistonning asosiy savdo hamkoriga aylandi. 

Rossiya bilan savdo-sotiqlar o‘tgan yili 7,4 mlrd dollarni tashkil qildi (5,4 mlrd dollar import, 2 mlrd dollar eksport).

Rossiya — O‘zbekistonning meva va sabzavotlari, tekstil va boshqa mahsulotlari bo‘yicha uning asosiy xaridori.  Masalan, o‘tgan yili Rossiyaga qariyb 1 mlrd dollarlik tekstil mahsulotlari sotilgan edi.

So‘m bilan qanday vaziyat?
Rubl valyutasi so‘nggi marotaba qulashi 2014-yil oxirlariga to‘g‘ri kelgan edi.  Bu holat O‘zbekistondagi pul o‘tkazmalari hajmining tushib ketishiga, shuningdek, mehnat migrantlarining kamayishiga olib kelgandi.

So‘m kursiga to‘xtaladigan bo‘lsak, rublning so‘nggi marta qulashi valyuta liberalizatsiyasidan oldin, kurslar asosan bozor asosida emas, balki "qo‘lda” o‘rnatilgan paytlarda yuz bergan edi.

28-fevral, dushanba kuni Markaziy bank yangi valyuta kurslarini e’lon qildi. Unga ko‘ra, rublning so‘mga nisbatan qiymati valyuta liberallashuvidan so‘ng rekord darajada tushib ketdi. 

Avvalroq Rossiya banklarining SWIFT’dan uzilishi O‘zbekistonga qanday ta’sir qilishi haqida xabar berilgan edi.
Категория: Har-Hil | Просмотров:383 | Добавил: moderator | Теги: yangilik | Рейтинг: 0.0/0
Всего комментариев: 0
Добавлять комментарии могут только зарегистрированные пользователи.
[ Регистрация | Вход ]
Профил
Время:19:48
Добро Пожаловать, Mexmon
Поиск
Калькулятор
Календарь
«  Fevral 2022  »
ПнВтСрЧтПтСбВс
 123456
78910111213
14151617181920
21222324252627
28