• Merganlar - O'zbek Tilida
  • Zulmatdan Ovoz - O'zbek Tilida
  • Hevenhyorst - O'zbek Tilida
  • Yitqichni Izlab - O'zbek Tilida
  • Bo'rilar Jasorati - O'zbek Tilida
  • Yalmog'iz Dunyoni Qutqaradi - O'zbek Tilida
  • Ilonli Botqoq - O'zbek Tilida
  • Begona - O'zbek Tilida
  • Vahshiy Ona - O'zbek Tilida
  • Uddalab Bo'lmas Topshiriq 7 - O'zbek Tilida
  • Kompaniya - O'zbek Tilida
  • Hech Kimga Aytma - O'zbek Tilida
  • Najot Tongi - O'zbek Tilida
  • Stoun Yuragi - O'zbek Tilida
  • Avlod - O'zbek Tilida
  • Berkin - O'zbek Tilida
  • Solomon Keyn - O'zbek Tilida
  • Raketachilar Klubi - O'zbek Tilida
  • Enaga - O'zbek Tilida
  • Meg 2 - O'zbek Tilida
Наш опрос
Bizning Saytga Yana Qanday Loyihalar Kiritish Lozim?
Всего ответов: 231
Статистика


Яндекс.Метрика


Сейчас онлайн: 17
Гостей: 17
Пользователи 0

faxriddin
Tre
Submarine
Sher80
Tohirjon
hbahodir1980
Umida4008
17797
Nodirjon
Yagshisaxet
Главная » 2020 » May » 27 » Rossiya “Qiyomat kuni torpedasi”ni uchirishga tayyorgarlik ko‘rmoqda
19:51
Rossiya “Qiyomat kuni torpedasi”ni uchirishga tayyorgarlik ko‘rmoqda

Rossiya o‘zining "Poseydon" pilotsiz suv osti apparatining birinchi parvozini 2020 yilning kuziga rejalashtirmoqda. ayni paytda eng so‘nggi tizimning tarkibiy qismlari va agregatlari sinovdan o‘tkazilmoqda. Bu parvoz "Belgorod" ko‘p maqsadli atom suv osti kemasi (949A "Antey" loyihasidagi) bortida amalga oshiriladi. Bu haqda RIA Novosti xabar berdi. 

Qayd etilishicha, ushbu kema eng so‘nggi pilotsiz kemalarning birinchi sinov tashuvchisi hisoblanadi.

Eksperimental kema "Poseydon" uchun maxsus qayta ishlangan (loyiha 09852) va 2019 yil aprel oyida Severodvinskda suvga tushirilgan. Bu suvosti kemasining sinovlari 2021 yilgacha davom etadi va ular muvaffaqiyatli yakunlansa, "Poseydon"lar bilan jihozlangan "Belgorod" Rossiya dengiz floti tarkibiga kiradi.

Kelajakda qit’alararo suv osti pilotsiz apparatlarning birinchi to‘laqonli tashuvchisi – "Xabarovsk" atom suv osti kemasi (098531 loyihasi) bo‘ladi. U yozning boshida suvga tushirilishi rejalashtirmoqda. Shundan so‘ng sinovlar taxminan ikki yil davom etadi. Xabarda yozilishicha, unyoning hech bir mamlakatida "Poseydon" kabi tizimlar mavjud emas va undan himoya vositalari mavjud emas.

"Poseydon" – bu atom elektr uskunasiga ega strategik qit’alararo chuqur dengiz apparati bo‘lib, u 100 uzel (185 km/soat) tezlikda 1000 metr chuqurlikda 10 ming kilometrgacha masofani bosib o‘tishga qodir. "Poseydon" sinovlari noyob xususiyatlari va deyarli cheksiz pilotsiz suzish masofasiga ega.

24 metr uzunlikdagi, diametri 1,6 metr bo‘lgan apparat an’anaviy yoki megatonli termoyadroviy o‘q-dorilar bilan jihozlanishi mumkin va aviatashuvchi guruhlarni, suvosti kemalari strategik bazalarini va raqibning sohil infratuzilmasini yo‘q qilishga mo‘ljallangan. Okeanda bunday "torpedo"ni topish oson emas, past tezlikda u o‘ta tovushsiz yuradi, ammo gidroakustik aloqada (aniqlanib qolganida) bo‘lgan taqdirda ham undan himoyalanishning ilojisi yo‘q.

Pilotsiz rejimda "Poseydon" ehtimoliy raqibning barcha mavjud va istiqbolli suvosti kemalari, torpedalari va raketalari uchun erishib bo‘lmas 
chuqurlik va tezlikda harakatlana oladi. Avtonom boshqaruv tizimi suv osti kemalariga qarshi tusiqlar yoki boshqa mudofaa tizimlarini topib, yengib o‘tishga imkon beradi.
Категория: Har-Hil | Просмотров:585 | Добавил: moderator | Теги: yangilik | Рейтинг: 0.0/0
Всего комментариев: 0
Добавлять комментарии могут только зарегистрированные пользователи.
[ Регистрация | Вход ]
Профил
Время:16:28
Добро Пожаловать, Mexmon
Поиск
Калькулятор
Календарь