Rossiyalik milliarder Roman Abramovich "Chelsi”ni sotishga qaror qilganini ma’lum qildi. Biznesmenning bayonoti London klubining rasmiy saytida e’lon qildi.
OAVda "Chelsi”ga egalik qilishim haqidagi taxminlarga izoh bermoqchiman.
Avval ham aytganimdek, har doim klub manfaatini ko‘zlab qarorlar qabul qilganman. Shu bois hozirgi vaziyatda klubni sotishga qaror qildim, chunki bu klub, muxlislar, xodimlar hamda klub homiylari va hamkorlari manfaatiga to‘g‘ri keladi deb hisoblayman.
Klubning sotilish jarayoni tezlashtirilmaydi, lekin belgilangan tartibda amalga oshiriladi. Qarzlarni qaytarishni so‘ramayman. Bu loyiha men uchun hech qachon biznes yoki pulni anglatmagan, balki o‘yin va klubga bo‘lgan sof ishtiyoqimni bildirgan.
Bundan tashqari, o‘z jamoamga savdodan tushgan barcha sof daromadlarni oladigan xayriya jamg‘armasini yaratishni buyurdim. Jamg‘arma Ukrainadagi barcha jabrlanganlarning manfaatlarini ko‘zlab tuziladi. Bu jabrlanganlarning favqulodda va tezkor ehtiyojlarini qondirish uchun mablag‘lar bilan ta’minlash, shuningdek, uzoq muddatli tiklanish sa’y-harakatlarini qo‘llab-quvvatlashni o‘z ichiga oladi.
Bilingki, bu juda og‘ir qaror bo‘ldi va klubni bu tarzda tark etish juda og‘riqli. Biroq bu klub manfaatlariga mos kelishiga ishonaman.
Umid qilamanki, "Stamford Bridj”ga oxirgi marta tashrif buyurib, barchangiz bilan shaxsan xayrlashaman. "Chelsi”ning bir qismi bo‘lish umr bo‘yi sharaf bo‘ldi va birgalikda erishgan barcha yutuqlarimizdan faxrlanaman. "Chelsi” futbol klubi va uning muxlislari doim yuragimda bo‘ladi.
Roman Abramovich
Ma’lumot uchun, rossiyalik milliarder "Chelsi”ni 2003-yilda 140 million funtga sotib olgan. Jamoa uning qo‘l ostida jamoa 21 ta sovrinni qo‘lga kiritgan. "Chelsi”ning undan 2 mlrd dollar qarzdorligi aytilmoqda.
Avvalroq Abramovich klubni sotuvga qo‘yib, unga 4 milliard funt sterling narx qo‘ygani, biroq hozirgi sharoitda 2 milliarddan ko‘proq pul taklif qilinmaslik ehtimoli yuqori ekani haqida xabarlar yangragandi.
Eslatib o‘tamiz, 27-fevral kuni Abramovich Ukrainadagi vaziyat tufayli "Chelsi” boshqaruvini klub xayriya fondiga topshirgandi.