Har-Hil [10401] |
Turfa olam [22] |
Odnoklassniki Sirlari [39] |
Dunyo Habarlari [26] |
Telefon Kodlari [18] |
Telefonlar Haqida [8] |
Sherlar [108] |
Futbol Yangiliklari [30] |
Maslahatlar [37] |
Latifalar [81] |
Yangi Yil Tabriklari [2] |
Senga Oshiqman [3] |
Bilimlar [6] |
Yulduzlar Biografiyasi | Юлдузлар Хаёти [126] |
Tush Ta'birlari [486] |
Muchal va Burjlar [8] |
Xamid Toshpo'latov Biografiyasi |
Anvar Kartayev Biografiyasi |
Ma'suda Otajonova Biografiyasi |
Lola Eltoyeva Biografiyasi |
Husan Sharipov Biografiyasi |
Gulnora Qosimova Biografiyasi |
Yodgora Ziyomuhammedova Biografiyasi |
Shaytanat Xongrey Biografiyasi |
Barno Qodirova Biografiyasi |
Farziddin Fayozov Biografiyasi |
Hoshim Arslonov Biografiyasi |
Gulchehra Ibrohimbekova Biografiyasi |
Erkin Komilov Biografiyasi |
Dildora Rustamova Biografiyasi |
Alisher Hamroyev Biografiyasi |
Afzal Rafiqov Biografiyasi |
Ra'no Shodiyeva Biografiyasi |
To'lqin Tojiyev Biografiyasi |
Zuhra Ashurova Biografiyasi |
Behzod Muhammadkarimov Biografiyasi |
Tush tabiri - Tushda Yel chiqarish ko'rish |
Tush tabiri - Tushda Kaklik ko'rish |
Tush tabiri - Tushda Ho'kiz ko'rish |
Tush tabiri - Tushda Hulkar yulduz ko'rish |
Tush tabiri - Tushda Homiladorlik ko'rish |
Tush tabiri - Tushda Hojatga chiqish ko'rish |
Tush tabiri - Tushda Hojatga borish ko'rish |
Tush tabiri - Tushda Hovuz ko'rish |
Tush tabiri - Tushda Hassa ko'rish |
Tush tabiri - Tushda Hammom ko'rish |
15:39 Ro‘zani buzuvchi amallar | |
Muborak Ramazon oyi bu yil ham yurtimizda o‘zgacha shukuh, xush kayfiyat bilan kutib olindi. O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining qarori bilan bu muborak oyni o‘tkazish uchun katta tadorik ko‘rildi. Respublikamizdagi 2 mingdan ortiq masjidlarda taroveh nomozlari o‘qilayotgani ham shundan dalolat. Har kech bir safda jam bo‘lib, duogo qo‘l ochayotganlar yurtga tinchlik, farovon kunlarning bardavomligini so‘rashmoqda. Ko‘p sonli o‘quvchilarimizning taklif va mulohazalarini inobatga olgan holda quyida ro‘zani buzadigan amallarni taqdim etamiz. Bu amallar orqali ro‘za buziladi va faqat qazo ro‘za tutish vojib bo‘ladi: 1. Ro‘zani safarga chiqish, kasallik, hayz-nifos va aqldan ozish kabi sabablar bilan buzilsa; 2. Odatda tanavvul qilinmaydigan narsalar, masalan, qog‘oz va loy kabilarni iste'mol qilinsa; 3. Tosh, temir, oltin, kumush va boshqa qattiq jismlarni yutilsa; 4. Zo‘rlanganlik oqibatida yeb-ichilsa; 5. Hali tong otmadi deb o‘ylab yeb-ichish yoki jinsiy aloqa qilib qo‘yilsa-yu, aslida tong otib bo‘lgan bo‘lsa yohud kun botdi degan gumon bilan og‘izni ochib qo‘ysa-yu, buning aksi bo‘lib chiqsa; 6. Og‘iz yoki burunni chayishda ehtiyotsizlik tufayli suvni ichkariga kiritib yuborsa;. 7. Qasddan ko‘ngilni aynitish tufayli og‘izdan to‘lib qayd qilsa; 8. Qor yoki yomg‘ir og‘izga tushsa;. 9. Tutunni qasddan hidlasa; 10. Tishlar orasida qolgan no‘xot va undan katta hajmdagi ovqat qoldig‘ini yutsa; 11. Ro‘zani unutib yeb yoki ichib qo‘ygach, endi ro‘zam ochilib ketdi degan gumon bilan tanavvulni davom ettirsa; 12. Tundan niyat qilmagani uchun ro‘zani buzsa; 13. Kun yarmidan keyin safarga chiqib, ro‘zani ochib yuborsa; 14. Niyat qilmay kun bo‘yi yemoq va ichmoqlardan tiyilib yursa; 15. Quloqqa tomizilgan yog‘ yoki suvning mazasini halqumida sezsa; 16. Burunga dori tomizsa; 17. Klizma qilsa; 18. Ayolini quchish yoki o‘pish tufayli maniy chiqsa;. 19. Qorindagi yaraga qo‘yilgan dorini oshqozonga va boshdagi yaraga qo‘yilgan dorini dimog‘ga yetsa; Ushbu yuqorida sanab o‘tilgan amallardan birini qilgan kishi Ramazonning hurmati uchun kunning qolganini o‘zini tiyish bilan o‘tkazishi zarur bo‘ladi hamda bir kuniga bir kun ro‘za tutib beradi. Quyidagi amallar orqali ro‘za buziladi hamda qazo va kafforat vojib bo‘ladi: 1. Qasddan taom yeyish yoki ichish. 2. Uzrsiz dori-darmonlarni qabul qilish. 3. Qasddan jinsiy yaqinlik qilish. 4. Og‘izga tushgan yomg‘irni qasddan yutish. 5. Donni chaynagandan so‘ng bo‘lsa ham yutish. 6. Kunjut donini yutish. 7. Tuz iste'mol qilish. 8. Chekish. 9. Odatlanib qolgan insonni tuproq yeyishi. Agar o‘rganib qolmagan bo‘lsa, kafforat talab qilinmaydi. Masalan: Tuz yesa, faqat qazo ro‘za vojib bo‘ladi. Ammo tuz yeb yurish odati bor odam bo‘lsa, ham ro‘zani qazo qiladi, ham kafforat beradi. Tuz yegan ro‘zadorga ham qazo, ham kafforat vojib bo‘ladi, degan fatvolar mavjud. Binobarin, bunda ehtiyotkorlik lozim bo‘ladi ("Fatovoyi Olamgiriya”, "Xulosa”, "Sharhi nihoya”). Birovning majbur qilishi sababli yoki ro‘zaligi esida bo‘la turib, ehtiyotsizlik bilan (masalan tahorat yoki g‘usl qilayotganida) tomoqdan suv o‘tib ketsa, qazoning o‘zi vojib, kafforat lozim emas. Kunduzi uxlayotgan ro‘zador uyqusirab, suv ichib qo‘ysa, ro‘zasi ochiladi. Kafforatsiz, faqat qazosini tutib beradi ("Fatovoyi Olamgiriya”, "Qozixon”). | |
|
Всего комментариев: 0 | |