• Merganlar - O'zbek Tilida
  • Zulmatdan Ovoz - O'zbek Tilida
  • Hevenhyorst - O'zbek Tilida
  • Yitqichni Izlab - O'zbek Tilida
  • Bo'rilar Jasorati - O'zbek Tilida
  • Yalmog'iz Dunyoni Qutqaradi - O'zbek Tilida
  • Ilonli Botqoq - O'zbek Tilida
  • Begona - O'zbek Tilida
  • Vahshiy Ona - O'zbek Tilida
  • Uddalab Bo'lmas Topshiriq 7 - O'zbek Tilida
  • Kompaniya - O'zbek Tilida
  • Hech Kimga Aytma - O'zbek Tilida
  • Najot Tongi - O'zbek Tilida
  • Stoun Yuragi - O'zbek Tilida
  • Avlod - O'zbek Tilida
  • Berkin - O'zbek Tilida
  • Solomon Keyn - O'zbek Tilida
  • Raketachilar Klubi - O'zbek Tilida
  • Enaga - O'zbek Tilida
  • Meg 2 - O'zbek Tilida
Наш опрос
QAYERDANSIZ
Всего ответов: 1765
Статистика


Яндекс.Метрика


Сейчас онлайн: 10
Гостей: 10
Пользователи 0

faxriddin
Tre
Submarine
Sher80
Tohirjon
hbahodir1980
Umida4008
17797
Nodirjon
Yagshisaxet
Главная » 2018 » Iyun » 3 » Ro‘za tutish insonlarni intizomga o‘rgatadi
19:29
Ro‘za tutish insonlarni intizomga o‘rgatadi

"Islom.uz” ro‘za tutish insonlarni intizomga o‘rgatishi, ularni xursand hamda faol qilishi haqida hikmatli so‘zlarni keltirdi.
Dindorlar haqida gapirishganda ularni xo‘mraygan, haddan tashqari jiddiy va beparvo deb ta’riflashadi. Lekin xuddi shu gaplarni aytayotgan odam, ehtimol Islom va bu dinning yorqin namoyandasi bo‘lgan Nabiy sollallohu alayhi vasallam haqlarida umuman eshitmagan bo‘lishi mumkin. U zot doimo tabassum qilar va:

"Ruxsat etilgan narsalarning birortasiga past nazar bilan qaramanglar, hatto birodaring bilan uchrashganingda yuzda tabassumni ham ” (Imom Buxoriy va Muslim rivoyati)

Ba’zilar Ramazon oyida yuzlarini sarg‘aytirib, toliqqan va jonsizdek sarg‘ayib, o‘zlarining ro‘zadorliklarini bildirib, ko‘rsatib yurishadi. Bunday xulq musulmon kishiga yarashmaydi, illo Ramazon avvalambor hamma xursand bo‘ladigan bayram.

Bu oyning kelishi Allohning musulmon bandalariga bergan juda katta ne’matidir. Bu muborak oyda Jannat eshiklari ochiladi va jahannam eshiklari berkitiladigan muborak vaqt. Bu Qur’on oyi, dinimiz uchun muhim bo‘lgan nafs bilan jang qilinadigan oy.

"Sen: ‘Allohning fazli ila va Uning rahmati ila. Bas ana shu bilan xursand bo‘lsinlar. U ular jamlaydigan narsalardan yaxshidir’, deb ayt. (Yunus surasi, 58-oyat)

Faqat ochko‘zlik insonni toliqqan va harakatsiz qilishi mumkin, ammo ro‘za, xursand va faol qiladi. Ochko‘zlik ketidan ochko‘zlik va dangasalikni yetaklaydi, ro‘za bo‘lsa, ancha intizomga o‘rgatadi va insonni xushchaqchaq qiladi.

Yaqinda ruhshunoslar kim ijobiy hissiyotlarni his qilsa u hayotidan rozi bo‘ladi degan xulosaga kelishdi. Tajriba o‘tkazishganda, bir narsa yaqqol tasdig‘ini topdi. Bir lahzalik shahvatlardan voz kecha olgan insonlar, ancha ijobiy hissiyotlarni his qilishgan va tabiiyki hayotdan ancha mamnun bo‘lishgan.

Shu sabab, iymon keltirgan odam Ramazon oyida nafaqat o‘z nafsini gunoh qilishdan saqlaydi, balki boshqa vaqtlarda ruxsat berilgan yemoq, ichmoq va turmush o‘rtog‘i bilan jimo qilishdan voz kechadi va bu o‘z navbatida uni hayotdan rozi ekanligini bildirgan bir vaqtda undan Allohning O‘zi ham rozi bo‘lishi hamdir.

Ba’zi odamlar Ramazonga beparvo bo‘ladilar va kunning aksar qismini uyquda o‘tkazishadi. Ular charchoq va kuch kamligini bahona qilishadi, lekin aslini olganda bu katta xato va adashishlik. Ro‘za bilan inson ruhi va tanasini og‘irlik, zulmatdan, siqilishdan tozalaydi. Tana yengil va tetiklashadi, ruh esa, tiniq va yorqinlashadi. Ramazon ro‘zasi kishini baquvvat va qat’iy, bag‘rikeng, mehribon va itoatgo‘y qiladi.

Masalan, ro‘za sababli, Dovud alayhissalom go‘zal ovozlari bilan Zaburni tilovat qilib, qalblarini Allohga bog‘ladilar. Uning ro‘zasi insoniyat tarixidagi eng go‘zal ro‘za bo‘ldi. Zamoni saodatda Payg‘ambarimiz sallollohu alayhi vasallam Badr jangi paytida sahobalar bilan ro‘zador edilar va g‘alabaga erishishdi.

Ro‘za ularning amallariga xalaqit bermagan, aksincha ularga kuch va bardosh bergan. Faqatgina bu jangda emas. Payg‘ambarimiz sallollohu alayhi vasallamning as’hoblari janglarda ro‘za tutib, poklanishar edi, va dushman ustidan bir necha bor g‘alaba qozonishgan. Chunki ular qiyin bo‘lgan nafslari ustidan g‘alabaga erishgan edilar.

Bu haqda Payg‘ambarimiz sallollohu alayhi vasallam bitta jihoddan qaytganlarida aytgan gaplari misol bo‘ladi:

"Biz kichik jihoddan katta jihodga keldik. Va bu jihod bandaning o‘z nafsi bilan qiladigan jihodidir”.

Ramazon – bu xursandlik. Axir Buyuk Alloh bizga gunohlardan forig‘ bo‘lish va O‘ziga yaqinlashish imkonini berdiku. U Ramazongacha yashashni va ro‘za lazzatini tatib ko‘rishni nasib qildiku. Robbimiz bizga ato etgan, kundan kun biz sezmayotgan xuddi bo‘lishi kerakdek qabul qilayotgan ne’matlarga xursandmiz. Ramazon- bu Allohga itoat va Uni roziligi yo‘liga turish xursandchiligi.

Shu bilan birga bu narsadan faqatgina biz o‘zimiz xursand bo‘lib qolmaymiz. Boshqalarga ham sadaqalar berib, iftorliklar qilib, atrofdagilar bilan chiroyli xulq ila muloqot qilib xursand bo‘lishlariga sababchi bo‘lamiz.

Shunday ekan, jilmaying, o‘zingizni tetik tuting, hammaga o‘zingizni qanchalik xursand ekaningizni ko‘rsating. Unutmang tabassumingizga ham ajru savob olasiz.

Alloh bu muborak Ramazonning hamma manfaatlarini qo‘lga kiritish bilan, bizga xursandchilik olib kelishini nasib etsin.
Категория: Har-Hil | Просмотров:1146 | Добавил: Moderator | Рейтинг: 0.0/0
Всего комментариев: 0
Добавлять комментарии могут только зарегистрированные пользователи.
[ Регистрация | Вход ]
Профил
Время:16:19
Добро Пожаловать, Mexmon
Поиск
Калькулятор
Календарь
«  Iyun 2018  »
ПнВтСрЧтПтСбВс
    123
45678910
11121314151617
18192021222324
252627282930