Norvegiyalik sobiq futbolchi Yan Oge Fyortoft "Liverpul” jamoasining chempionlar ligasida g‘olib chiqqan yili sodir bo‘lgan voqyealarni keltirib, katolikchilarni vahimaga solib qo‘ydi.
"Liverpul”yutdi, Shahzoda uylandi, Rim Papasi...
Yan Fyortoft dastlab Mersisayd klubi u paytda "Chempionlar kubogi” deb nomlanuvchi musobaqada g‘olib chiqqan 1981 yilni yodga oldi. O‘sha yili liverpulliklar finalda aynan "Real” Madridni 1:0 hisobida mag‘lubiyatga uchratib, chempion bo‘lgandi.
Aynan "Liverpul” bosh sovrin sohibi bo‘lganda, Britaniya shahzodasi Charlz Malika Dianaga uylangan. 1981 yilning 13 mayida Jean Paul Papa II ga hujum uyushtirilib, o‘lishiga bir bahya qolgandi.
Oradan, 24 yil o‘tgach, 2005 yilda "Liverpul” Istanbuldagi stadionda kambekni amalga oshirib, "Milan” ustida g‘alaba qozonib "Chempionlar ligasi”taxtiga chiqqandi.
Xo‘sh, o‘shanda qanday tarixiy kutilmagan hodisalar yuz bergan? Shahzoda Charlz Kamilla Parker bilan nikohdan o‘tgan. Rim Papasi Jean Paul II 84 yoshida vafot etgan.
Tarix takrorlanadimi?
Norvegiyalik sobiq futbolchi Britaniya shahzodasi Charlz va Malika Diananing o‘g‘li Xarrining oila qurayotganiga ishora qilib, yana tarix takrorlanishiga ishora qilmoqda. Xarri va Megar Marklning to‘yi 19 mayga belgilangan. "Liverpul” va "Real” o‘rtasidagi bahs esa 26 may kuni bo‘lib o‘tadi.
"Agar Yurgen Klopp jamoasi g‘alaba qozonsa, 81 yoshli Rim Papasi Fransiskni qanday taqdir kutib turibdi?”, degan savol katta muhokamalarga sabab bo‘lmoqda. Chunki, yuqorida aytib o‘tganimizdek, liverpulliklar chempionlar ligasida g‘olib chiqqan yili, "Papalar” bilan bog‘liq albatta, noxush voqyea kuzatiladi. Ehtimol, tarix takrorlanmas. Voqyealarni kuzatishda davom etamiz.