• Merganlar - O'zbek Tilida
  • Zulmatdan Ovoz - O'zbek Tilida
  • Hevenhyorst - O'zbek Tilida
  • Yitqichni Izlab - O'zbek Tilida
  • Bo'rilar Jasorati - O'zbek Tilida
  • Yalmog'iz Dunyoni Qutqaradi - O'zbek Tilida
  • Ilonli Botqoq - O'zbek Tilida
  • Begona - O'zbek Tilida
  • Vahshiy Ona - O'zbek Tilida
  • Uddalab Bo'lmas Topshiriq 7 - O'zbek Tilida
  • Kompaniya - O'zbek Tilida
  • Hech Kimga Aytma - O'zbek Tilida
  • Najot Tongi - O'zbek Tilida
  • Stoun Yuragi - O'zbek Tilida
  • Avlod - O'zbek Tilida
  • Berkin - O'zbek Tilida
  • Solomon Keyn - O'zbek Tilida
  • Raketachilar Klubi - O'zbek Tilida
  • Enaga - O'zbek Tilida
  • Meg 2 - O'zbek Tilida
Наш опрос
SAYTNI QAYERDAN TOPDINGIZ?
Всего ответов: 705
Статистика


Яндекс.Метрика


Сейчас онлайн: 5
Гостей: 5
Пользователи 0

faxriddin
Tre
Submarine
Sher80
Tohirjon
hbahodir1980
Umida4008
17797
Nodirjon
Yagshisaxet
Главная » 2018 » Iyun » 9 » “Real”ni ham, “Barsa”ni ham qo‘ying, avvalo, inson ekaningizni unutmang!
19:55
“Real”ni ham, “Barsa”ni ham qo‘ying, avvalo, inson ekaningizni unutmang!


Jahon chempionati arafasida turgan bo‘lishimizga qaramay, o‘tgan hafta eng ko‘p tortishilgan mavzu Zidanning "Real”dan ketishi bo‘ldi.
 
Deyarli barcha - "Real” tarafdorlari, uning "dushmanlari” (aniqrog‘i, "Barsa” fanatlari) va uchinchi toifa - betaraf muxlislar bunga ko‘p va xo‘p to‘xtaldilar. Aslida ushbu mavzuni yana "chaynash” bugun ortiqchadek tuyular, lekin kadr ortidagi bir qator tasvirlar ham borki, bularni tilga olmasdan iloj yo‘q...
 
Maqola boshida oldindan ochig‘ini aytib qo‘yaylik, biz yuqorida tilga olinganlardan uchinchi toifa vakilimiz va "Real”ga ham, "Barsa”ga ham teppa-teng normal munosabat bildirishni joiz deb o‘ylaymiz.
 
O‘tgan payshanba kuni Zidanning "Real”dan ketishi mumkinligi haqidagi xabarlar qanchalik tez tarqalgan bo‘lsa, o‘sha kuni kechki payt Madrid superklubi shtab-kvartirasida bo‘lib o‘tgan matbuot anjumani dunyo futbol jamoatchiligini birdek lol qoldirdi.
 
Haqiqatan, Florentino Peres shaxsan o‘zi ishtirok etgan matbuot anjumanida Zidan "Real”dan ketishini ma'lum qildi. Unga omad tilab, kelajakda yana birga ishlash nasib qilishiga umid bildirishidan so‘ng, o‘sha kuni bunday xabarlarga ishonmayotgan eng optimist "Real” muxlisi ham mazkur qarorning rost ekanligiga alal-oqibat iqror bo‘ldi.
 
O‘zbekistonda esa futbol saytlaridagi hamma g‘avg‘o shundan so‘ng boshlandi. Oradan ikki kun o‘tib, matbuotda "Buyuk ketish” maqolasi e'lon qilindi. Muallifini ko‘pchilik yaxshi taniydi.
 
O‘qigan bo‘lsangiz, "Buyuk ketish”da "Zidanning o‘z vaqtida ketganligi uning rostdan buyuk shaxs ekanligini yana bir bor tasdiqlashi” tilga olingan, bevosita "Real”ning o‘zi haqida ortiqcha ko‘p gapirilmagandi. Biroq bu narsa "Barselona” muxlislariga yoqmadi.
 
Yana bir kun o‘tib, boshqa bir muallif Zidanning "Real”dan ketishi ahmoqlikdan boshqa narsa emasligi haqida maqola tayyorladi - "Buyuk ketishmi yoki bu yo‘q ketishmi? Zidan yana kalla qo‘ydi!” Tabiiyki, "Barsa”chilar buni olqishlashdi, har doimgidek, "Real”ga va unga bog‘liq har qanday ijobiy holatlarga negativ munosabatlarini bildirishdi.
 
Uchinchi kuni "Buyuk ketish” muallifi kutilmaganda yana "Real” masalasiga to‘xtaldi. Elektron saytlarda uning "Real” haqida 13 chizgi” nomli maqolasi e'lon qilindi. Mana shunisi hammasidan oshiqcha bo‘ldi. Bu "Barsa” muxlislariga umuman yoqib tushmasligi oldindan ma'lum edi va shunga qaramay, muallifi uni yozishga qaror qilgani meni ajablantirdi.
 
Maqola Kataloniya klubi tarafdorlarini rosmana junbushga keltirgan ediki, saytlarda bu haqda bildirilgan fikrlarga aslo chidab bo‘lmasdi. Tarmoqlarga yaxshilab "joylashgan” o‘zbek fanatlari ikki tomonga bo‘linib, nojo‘ya so‘zlar bilan bir-birlarini haqorat qilishadi.
 
Muborak Ramazon oyida bo‘lishimizga qaramay, muxlislar bir-birlariga shu tarzda - istagancha "tosh” otishdi, otishmoqda. Hatto maqola muallifi ham bu toshlardan "benasib” qolmadi. Uning sha'niga bildirilgan fikrlarni o‘qirkanman, bu gaplarga aslo chiday olmadim va bugun, hozir o‘qiyotganingiz maqolani yozishga majbur bo‘lmoqdaman.
 
Xayrulla Hamidov deganda o‘zbek futbol jurnalistikasidagi bayroqdor ijodkor gavdalanadi. Uning televideniyedagi sharhlari, matbuotdagi maqolalari ne-ne muxlislarni xursand etmagan.
 
Lekin o‘sha "Real” haqida ketma-ket e'lon qilingan maqolalardan keyin u o‘ziga shunchalik ko‘p "dushman” orttirib oldiki, biz bugun bunga munosabat bildirishga majburmiz.
 
Taxminan bir oycha oldin bir yaqin insonimiz "Xayrulla Hamidov "Real”ga muxlislik qilarkan-a?”, - deb so‘rab qoldi. Xayrulla akani 20 yildan beri yaxshi tanigan, yaqindan bilgan inson sifatida uning "Real”ga ortiqcha muxlislik qilishini bilmas edik.
 
Tabiiyki, "Buni qayerdan bildingiz, hatto men ham bilmayman-ku?!”, - deb so‘radim. U menga ijtimoiy tarmoq orqali Hamidov yozgan maqolani jo‘natib, "O‘qib ko‘ring”, dedi. "Real”ning kuchi qayerda?” sarlavhali maqolada Madrid superklubi ancha maqtalgan, men o‘sha inson "So‘rab beringchi, rostdan "Real”ga muxlislar qilarkanmi?” deyishidan so‘ng jurnalist bilan bog‘lanib, bu haqdagi fikrini bildik.
 
"Ha, "Real”ga muxlislik qilaman, bilmasmidingiz?” deb qolsa bo‘ladimi? "Aynan nega?”, qabilidagi savolimga javobni Telegram tarmog‘ida oldim - u yerda "Raul” degan nom turardi. Lekin orqasidan "Barselona”ga ham muxlislik qilaman, chunki u yerda Messi va bir qancha dunyo yulduzlari bor”, deb qoldi (adashmasak, Xavi bilan Inyestani gapirdi).
 
Keyin esa qo‘shimcha qildi: "Barsa” haqida yozganlarimni o‘qisa, "Barsa”chi derkan-da!”. Xullas, o‘sha kungi suhbatimizning hammasi aniq esimda yo‘q, lekin oldindan menga ma'lumki, u qaysi jamoa o‘zining yaxshi tomonlarini namoyish qilsa, o‘shani e'tirof eta oladi.
 
Men "Real”ning o‘sha Raul o‘ynagan yillarini yaxshi eslayman. Shu birgina Raulni deb futbol ko‘rsa arzirdi. Uning shunday yumshoq, shundayin yengil gol urishlarini rostdan futbol teatriga qiyoslasa bo‘lardi. Aniq esimda yo‘q, adashmasam taxminan 2000-yillar edi.
 
Agar eslasangiz, o‘sha davrlarda Yoshlar telekanalida har hafta yakunida "Futbol plyus” ko‘rsatuvi efirga uzatilardi ("Sport” telekanali hali tashkil qilinmagandi). Uning yakunidagi "Gollar o‘nligi” esa ko‘rsatuvning haqiqiy bezagiga aylanardi. Davron Fayziyev tomonidan haftaning eng chiroyli 10 ta goli yetarlicha ta'riflar bilan maromiga yetkazib sanab o‘tilardi.
 
"U paytlarda TVdagi uskunalar hali unchalik talab darajasida emas, kim qanday videokadr topsa, o‘rtaga tashlab, barcha bir-biriga yordam berar, men ham xorij kanallaridagi hafta gollarini yozib olib, televideniyega olib kelib berardim. Bir chet el kanali bor edi, har seshanba tunning qoq yarmida Yevropadagi "kuchli beshlik” chempionatlarida urilgan gollarning deyarli barchasini namoyish etardi (adashmasam, "Yevrogol” dasturi edi). Bir soat davomida shuni yozib olib, TVga eltib berardim”, deya yozadi hamkasbimiz Behzod Ahmadjonov.
 
Qaysidir bir kuni juda charchaganimdan, videomagnitofonni o‘sha ko‘rsatuv bo‘lishi taxmin qilingan tungi soatlarga - "avtomatik yozib olish” taymeriga qo‘yib uxlaganman. Ertalab turib qay ko‘z bilan qarayki, 3 soatlik yozuvlar ichida biror daqiqa ham futbol yo‘l.
 
"Yevrogol” dasturi o‘rnida boshqa qandaydir oddiy ko‘rsatuvlar yozilgan. Aksiga olib, shu lahzalarda Xayrulla aka qo‘ng‘iroq qilib qoldida, "Bekzod, bizda yozib olingan gollar nihoyatda kam, "Gollar o‘nligi”ga tortadigan loaqal 4-5ta gol chiqmayapti”, deb qolsa bo‘ladimi?
 
Men borini aytdim, kimdir mendan uxlab qolganlikda shubhalangan bo‘lishi ham mumkin, chunki avvallari shirin uyquga ketib, dasturni yozib berolmay qolgan paytlarim bo‘lgan.
 
Oraga ozgina jimlik cho‘kdi, shu kuni Ispaniya kubogi o‘yinlari borligi, mendagi telekanallar o‘sha o‘yinlarni olib ko‘rsatishini, unda hatto "Real” ham o‘ynashini aytib, "Futbol plyus” muallifini tinchlantirdim. O‘sha o‘yinlardagi gollarning hammasini, albatta, yozib berishimni, nasib qilsa, 10 ta gol topishga erishishimizni aytishdan boshqa chora topolmadim.
 
Vaqt esa juda oz edi. Taxminan 1 sutka oralig‘ida yana 4-5ta chiroyli gol urilishi shart edi. Tasavvur qilayapsizmi, masalaning qay darajadagi murakkabligini? Hammasi 1-2ta kubok o‘yinlariga bog‘liq bo‘lib qolmoqda, lekin o‘sha bahslarda chiroyli gollar kuzatilmasa-chi? Umuman, sal tuzukroq gol urilishiga ham kafolat bormi?
 
Xullas, o‘sha oqshom hayotimdagi eng esda qolarli kunlardan biri bo‘lib qolgan. Barchasini birgina Raulning o‘zi hal qilib bergan! O‘zimiz ham kutmagandik, o‘shanda "Real” adashmasam 4:2 ga yutgan va undagi 3 ta (!) golni Raul biri-biridan chiroyli qilib urganki, bu rostdan ham Yaratganning bizga - ko‘rsatuv ijodkorlariga bergan in'omi edi.
 
Yakunda esa, Raulning o‘sha uchala goli ham haqqoniy ravishda 10 talikka kiritilgan va shu tariqa "Futbol plyus”ning navbatdagi soni muvaffaqiyatli tarzda efir yuzini ko‘rgandi.
 
Bu yerda tarixiy fakt haqidagi gaplar biroz cho‘zilib ketgandir, balki, lekin men bugun shu kabi voqyealarga to‘lig‘icha to‘xtalishga majbur bo‘lmoqdaman... Yakunda maqolada ko‘tarib chiqilayotgan masalaga muxlislarning ijobiy yondashishlaridan umidvorman, deya qo‘shimcha qiladi Behzod Ahmadjonov.
 
Xullas, ana shunday voqyealardan so‘ng "Futbol plyus” muallifining Raulga bo‘lgan samimiyati yanada ortgan bo‘lsa kerak, deb o‘ylayman. Raullar davri ortda qolib ketdi, futbolga yangi avlodlar kirib keldi. Ronaldu-Messi haqidagi tortishuvlardan, ayniqsa, "Real” va "Barsa” xususidagi qarama-qarshi fikrlarni o‘qib, eshitib, yoqa ushlaydigan holatga keldik, bugun.
 
Ulardagi asosli va chiroyli gaplar, albatta, bizni xursand qiladi, lekin o‘zini bosolmaydigan va og‘ziga erk beradigan badxulq fanatlar ham nihoyatda ko‘pki, ularni bugun to‘g‘ri yo‘lga chaqirishga majburmiz.
 
Behzod Ahmadjonov maqola boshida bu ikki jamoaga betaraf ekanligini aytdi. Shunga qaramay, jurnalist Hamidovning "Real” haqida yozganlarini qanday bo‘lsa, shundayligicha to‘g‘ri yozilgan, deb qabul qila oladi. Qaniydi, barcha "Barsa” muxlislari ham shundayin munosabat bildira olganlarida, og‘zilaridan ko‘pik toshirib xunuk gaplar aytmaganlarida...
 
Avvalo, Xayrulla akani inson sifatida yaxshi bilganimiz uchun uni yoqlab (himoyalab) munosabat bildirishga majbur bo‘lmoqdamiz, bugun. Shuni tilga olishni joiz deb bildik. Yana so‘nggi so‘z o‘zingizga havola.
 
Maqola yakunida esa shuni yana bir ta'kidlamoqchimizki, hurmatli aka-ukalarimiz, "Real”ni ham, "Barsa”ni ham qo‘yaylik, avvalo, inson ekanligimizni unumaylik! Futbol esa, albatta, sizdan ham, bizdan ham qolib ketadi!
Категория: Har-Hil | Просмотров:1233 | Добавил: Moderator | Рейтинг: 0.0/0
Всего комментариев: 0
Добавлять комментарии могут только зарегистрированные пользователи.
[ Регистрация | Вход ]
Профил
Время:19:24
Добро Пожаловать, Mexmon
Поиск
Калькулятор
Календарь
«  Iyun 2018  »
ПнВтСрЧтПтСбВс
    123
45678910
11121314151617
18192021222324
252627282930