• Merganlar - O'zbek Tilida
  • Zulmatdan Ovoz - O'zbek Tilida
  • Hevenhyorst - O'zbek Tilida
  • Yitqichni Izlab - O'zbek Tilida
  • Bo'rilar Jasorati - O'zbek Tilida
  • Yalmog'iz Dunyoni Qutqaradi - O'zbek Tilida
  • Ilonli Botqoq - O'zbek Tilida
  • Begona - O'zbek Tilida
  • Vahshiy Ona - O'zbek Tilida
  • Uddalab Bo'lmas Topshiriq 7 - O'zbek Tilida
  • Kompaniya - O'zbek Tilida
  • Hech Kimga Aytma - O'zbek Tilida
  • Najot Tongi - O'zbek Tilida
  • Stoun Yuragi - O'zbek Tilida
  • Avlod - O'zbek Tilida
  • Berkin - O'zbek Tilida
  • Solomon Keyn - O'zbek Tilida
  • Raketachilar Klubi - O'zbek Tilida
  • Enaga - O'zbek Tilida
  • Meg 2 - O'zbek Tilida
Наш опрос
QAYERDANSIZ
Всего ответов: 1765
Статистика


Яндекс.Метрика


Сейчас онлайн: 14
Гостей: 14
Пользователи 0

faxriddin
Tre
Submarine
Sher80
Tohirjon
hbahodir1980
Umida4008
17797
Nodirjon
Yagshisaxet
Главная » 2016 » Sentyabr » 16 » Rayhon G‘aniyeva 38 yoshni qarshiladi
19:45
Rayhon G‘aniyeva 38 yoshni qarshiladi

Rayhon G‘aniyeva hamisha shou-biznesning ilg‘or xonandalaridan bo‘lishga intilib kelgan va buning uddasidan chiqqan ham. U bo‘sh vaqtini bekor o‘tkazmaydi, g‘iybat va mish-mishlar bor joyda Rayhonni topmasligingiz aniq.

Bugun, 16 sentyar kuni O‘zbekistonda xizmat ko‘rsatgan artist Rayhon G‘aniyeva uchun o‘zgacha kun. Xonanda 38 yoshni qarshiladi. Shu munosabat bilan ijtimoiy tarmoqlar Rayhonga atalgan tabriklar bilan to‘lib toshmoqda. Kechagina san'at olamiga kirib kelgan havaskorlardan tortib, taniqli fonogramma ustalarigacha Rayhon G‘aniyevani qutlash bilan ovvora.
 
1978 yilning 16 sentyabrida Toshkentda tavallud topgan Rayhon G‘aniyeva uchun san'at olami begona emas edi. Uning qo‘shiq kuylash mahoratini baholamay turib ham ustazoda deyish mumkin. Boisi xonanda san'atkorlar oilasida tavallud topdi. Otasi Otabek G‘aniyev bir necha filmlardagi rollari bilan tomoshabinlarga yaxshi tanish bo‘lgan. Onasi Tamara Shakirova esa o‘zbek kinematografiyasi tarixida o‘chmas iz qoldirgan, desak mubolag‘a bo‘lmaydi.O‘zbekiston Davlat jahon tillari universitetining Ingliz filologiyasi fakultetini tamomlagan Rayhon G‘aniyeva 90-yillar oxirida professional ijodga qadam qo‘yadi. U ilk bor "Tohir va Zuhra” musiqali filmidagi qo‘shig‘i bilan odamlar tiliga tushadi. O‘sha davrlarda xonandalar bugungidek ko‘p bo‘lmagan. Shu sabab ham Rayhonning qo‘shiqlari zamonaviy yoshlar orasida tez ommalashgan va xonanda 2002 yilda ilk yakkaxon konsert dasturini taqdim etishga muvaffaq bo‘lgan. Omad kelsa, birvarakayiga keladi, deganlaridek xonanda 2002 yilda "Nihol” mukofoti sovrindoriga aylandi. Keyinchalik Rayhon bir necha bor "Yilning eng yaxshi ayol xonandasi”, "Yil qo‘shig‘i”, "Yilning eng yaxshi albomi” mukofotlarini qo‘lga kiritdi.Rayhon G‘aniyeva ijodining eng gullagan davrlari 2005-2010 yillarga to‘g‘ri keladi. O‘sha yillarda yaratilgan qo‘shiqlar esa hamon muxlislar tilidan tushmay kelyapti. "Yodindami?”, "Kechir”, "Orzuinga ishon”, "Doimo”, "Baka-baka bang” kabi qo‘shiqlari tinglovchilar tilidan-tiliga o‘tib kelmoqda. Xonandaning har yilgi konsert dasturini esa muxlislar intiqlik bilan kutardi. U o‘zbek xonandalari ichida shou konsertlar taqdim etishda, yangilikka qo‘l urishda hamon peshqadam bo‘lib kelmoqda.
 
Rayhon G‘aniyeva ijodi davomida o‘zini aktrisalikda ham sinab ko‘rdi. U ishtirok etgan "Kechir” filmini tomoshabinlar iliq kutib olgan. U mazkur filmning ssenariysini o‘zi yozgan va kartinada shou-biznes olamidagi illatlarni ochib berishga harakat qilgan.
 
2012 yil Rayhon G‘aniyeva uchun ham qayg‘uli, ham quvonchli keldi. U 2012 yilning fevral oyida volidasi Tamara Shakirovani yo‘qotdi. Aktrisa og‘ir xastalik sabab olamdan ko‘z yumdi. Ko‘p o‘tmay, noyabr oyida xonanda o‘z baxtini topdi. 34 yoshida Rayhon aktyor Yigitali Mamajonovga turmush chiqdi. Biroq ularning hayoti uzoqqa cho‘zilmadi. Rayhon ikki egizakning onasi bo‘lgach, Yigitali Mamajonov bilan ajrashdi.Umuman olganda, Rayhon G‘aniyeva hamisha shou-biznesning ilg‘or xonandalaridan bo‘lishga intilib kelgan va buning uddasidan chiqqan ham. U bo‘sh vaqtini bekor o‘tkazmaydi, g‘iybat va mish-mishlar bor joyda Rayhonni topmasligingiz aniq. Shu bugungacha do‘stlari bilan munosabatlarida ham masofa saqlab keladigan Rayhon yaqin dugonalaridan bir necha bor pand yegan. Shu sabab ham asosiy vaqtini oilasiga va ijodiga sarflaydi. Ayni damda u "MTV” telekanalida yangi ko‘rsatuvga boshlovchilik qilmoqda.Fursatdan foydalanib, tahririyatimiz nomidan xonanda Rayhon G‘aniyevani tavallud kuni bilan muborakbod etib, unga mustahkam sog‘lik va ijodiy barkamollik tilab qolamiz.

Категория: Har-Hil | Просмотров:3325 | Добавил: Admin | Теги: Rayhon G‘aniyeva 38 yoshni qarshila | Рейтинг: 0.0/0
Всего комментариев: 0
Добавлять комментарии могут только зарегистрированные пользователи.
[ Регистрация | Вход ]
Профил
Время:17:48
Добро Пожаловать, Mexmon
Поиск
Калькулятор
Календарь