• Merganlar - O'zbek Tilida
  • Zulmatdan Ovoz - O'zbek Tilida
  • Hevenhyorst - O'zbek Tilida
  • Yitqichni Izlab - O'zbek Tilida
  • Bo'rilar Jasorati - O'zbek Tilida
  • Yalmog'iz Dunyoni Qutqaradi - O'zbek Tilida
  • Ilonli Botqoq - O'zbek Tilida
  • Begona - O'zbek Tilida
  • Vahshiy Ona - O'zbek Tilida
  • Uddalab Bo'lmas Topshiriq 7 - O'zbek Tilida
  • Kompaniya - O'zbek Tilida
  • Hech Kimga Aytma - O'zbek Tilida
  • Najot Tongi - O'zbek Tilida
  • Stoun Yuragi - O'zbek Tilida
  • Avlod - O'zbek Tilida
  • Berkin - O'zbek Tilida
  • Solomon Keyn - O'zbek Tilida
  • Raketachilar Klubi - O'zbek Tilida
  • Enaga - O'zbek Tilida
  • Meg 2 - O'zbek Tilida
Наш опрос
Bizning Saytga Yana Qanday Loyihalar Kiritish Lozim?
Всего ответов: 231
Статистика


Яндекс.Метрика


Сейчас онлайн: 9
Гостей: 9
Пользователи 0

faxriddin
Tre
Submarine
Sher80
Tohirjon
hbahodir1980
Umida4008
17797
Nodirjon
Yagshisaxet
Главная » 2016 » Oktyabr » 25 » Rayhon G‘aniyeva 29 oktyabr kuni turmushga chiqyapti...mi?!
17:30
Rayhon G‘aniyeva 29 oktyabr kuni turmushga chiqyapti...mi?!

2012 yilning 16 noyabrida estradamizning yorqin yulduzlaridan biri, O‘zbekistonda xizmat ko‘rsatgan artist Rayhon G‘aniyeva va aktyor Yigitali Mamajonovning nikoh to‘ylari bo‘lib o‘tganidan xabaringiz bor. To‘yda Nilufar Sotiboldiyeva va Farhod Alimov boshlovchilik qilishgandi. 2014 yilning 5 may kuni esa ularning oilasida egizak farzandlar – Islom va Imron dunyoga kelishdi.
 
Xabaringiz bor, 2015 yilning yanvar oyida O‘zbekistonda xizmat ko‘rsatgan artist Rayhon G‘aniyeva turmush o‘rtog‘i, aktyor Yigitali Mamajonov bilan ajrashayotgani haqida rasman xabar qilgandi. Shu bugunga qadar Rayhon va Yigitali oilaviy ajrim sabablarini OAVga va muxlislariga aniq oshkor qilishgani yo‘q. Biroq, Rayhonning OAVga bergan intervyulari va ijtimoiy tarmoqlarda yozib qoldirgan izohlarida turmush o‘rtog‘i Yigitali Mamajonovdan qattiq ranjiganini sezish qiyin emasdi.
 
Bundan tashqari, Yigitalining ijtimoiy tarmoqda oilasi haqida aytgan va yozgan fikrlari muxlislarning g‘azabiga sabab bo‘lgandi.
 
Rayhon ajralish haqidagi rasmiy ma'lumotdan so‘ng, namunali ayollar kabi bu borada ortiqcha izoh bermadi, sobiq turmush o‘rtog‘i haqida hech qanday salbiy gap aytmadi.  U bor e'tiborini ijodiga va o‘g‘illari – Islom va Imronga qaratdi.
 
Shu kunlarda Telegram messenjerida Rayhon G‘aniyevaning asli teatr aktyori bo‘lgan, ammo bugungi kunda to‘ylar, turli nufuzli tadbirlarda boshlovchilik qilayotgan Farhod Alimov bilan tushgan surati tarqalmoqda. Ayni surat muxlislar orasida ko‘plab mish-mishlarning kelib chiqishiga sabab bo‘ldi.
 
Surat borasida Rayhon ham Farhod Alimov ham fikr bildirishmadi. Ko‘p o‘tmay, Farhod Alimov va Rayhon G‘aniyevaning do‘konda nikoh uzugi xarid qilayotganini ko‘rganlar ham topildi. Surishtiruvlar natijasida ishonchli manbalardan biri "Nozim-Studio.com” saytiga boshlovchi Farhod Alimov va Rayhon G‘aniyevaning turmush qurayotganliklari haqida xabar qildi.
 
Manbaning so‘zlariga ko‘ra, bir necha kundan so‘ng, ya'ni 29 oktyabr kuni Farhod va Rayhonning nikoh to‘ylari bo‘lib o‘tadi. Uzunquloq gaplarga qaraganda, to‘y O‘zbekistonda emas, boshqa mamlakatda tor doirada o‘tkaziladi.
 
Biz bu boradagi savollar bilan O‘zbekistonda xizmat ko‘rsatgan artist Rayhon G‘aniyeva hamda Farhod Alimovga qo‘ng‘iroq qildik. Ular bizni va albatta, millionlab muxlislarni qiziqtirayotgan savolga javob berishgani yo‘q. Ammo tez orada biz ularning bu boradagi izohlarini e'tiboringizga havola etamiz, degan umiddamiz.

Ma'lumot uchun, Rayhon G‘aniyevaning sobiq turmushidan ikki o‘g‘li, Farhod Alimovning esa ikki qizi va bir o‘g‘li bor.


Категория: Har-Hil | Просмотров:5501 | Добавил: Admin | Теги: Райҳон Ғаниева 29 октябрь куни турм | Рейтинг: 0.0/0
Всего комментариев: 0
Добавлять комментарии могут только зарегистрированные пользователи.
[ Регистрация | Вход ]
Профил
Время:06:03
Добро Пожаловать, Mexmon
Поиск
Калькулятор
Календарь
«  Oktyabr 2016  »
ПнВтСрЧтПтСбВс
     12
3456789
10111213141516
17181920212223
24252627282930
31