• Merganlar - O'zbek Tilida
  • Zulmatdan Ovoz - O'zbek Tilida
  • Hevenhyorst - O'zbek Tilida
  • Yitqichni Izlab - O'zbek Tilida
  • Bo'rilar Jasorati - O'zbek Tilida
  • Yalmog'iz Dunyoni Qutqaradi - O'zbek Tilida
  • Ilonli Botqoq - O'zbek Tilida
  • Begona - O'zbek Tilida
  • Vahshiy Ona - O'zbek Tilida
  • Uddalab Bo'lmas Topshiriq 7 - O'zbek Tilida
  • Kompaniya - O'zbek Tilida
  • Hech Kimga Aytma - O'zbek Tilida
  • Najot Tongi - O'zbek Tilida
  • Stoun Yuragi - O'zbek Tilida
  • Avlod - O'zbek Tilida
  • Berkin - O'zbek Tilida
  • Solomon Keyn - O'zbek Tilida
  • Raketachilar Klubi - O'zbek Tilida
  • Enaga - O'zbek Tilida
  • Meg 2 - O'zbek Tilida
Наш опрос
QAYERDANSIZ
Всего ответов: 1765
Статистика


Яндекс.Метрика


Сейчас онлайн: 8
Гостей: 8
Пользователи 0

faxriddin
Tre
Submarine
Sher80
Tohirjon
hbahodir1980
Umida4008
17797
Nodirjon
Yagshisaxet
Главная » 2022 » Mart » 23 » “Ramazon oyida Umra narxi oshadi” — Musulmonlar idorasi
22:33
“Ramazon oyida Umra narxi oshadi” — Musulmonlar idorasi

Ramazon oyida Umra ziyorati uchun qilinadigan to‘lov narxlari oshadi. Bu haqda O‘zbekiston Musulmonlari idorasi xalqaro aloqalar bo‘limi mudiri Shavkat Hamdamov YouTube’dagi "Muslim.uz” kanaliga ma’lum qildi.

U ramazon oyi Umrasi uchun tayyorgarlik masalalariga to‘xtalib, narxlarda o‘zgarish bo‘lishini bildirgan:

"Aytishimiz kerak, narxlar ramazon oyi uchun oshadi. Hozir ziyoratchilarimiz 17 million 790 ming so‘m bir martalik to‘lov qilyapti. Ramazonda narxlar oshib, mavsumi tugashi bilan yana avvalgi narxga qaytadi. Idoramiz bergan ma’lumot noto‘g‘ri qilingan, "endi umra narxi oshmaydi”, degan gaplar tarqalgan. Ramazonda narxlar oshadi. Bu Musulmonlar idorasi tomonidan ko‘rilgan chora-tadbir emas, bevosita Saudiya Arabistoni tomonidan amalga oshirildi”, — degan u.

Avvalroq O‘zbekistonda Umra ziyorati qachondan boshlanishi va uning narxlari haqida ma’lumot berilgandi. Unda 2020-yil fevral oyiga qadar Umra ziyorati uchun oxirgi belgilangan to‘lovlarni amalga oshirganlar qo‘shimcha ravishda 4 770 000 so‘m mablag‘ to‘lashi ham keltirib o‘tilgan edi. Ijtimoiy tarmoqlarda ushbu qo‘shimcha to‘lov borasida turli mulohazalar bildirilganidan so‘ng, Musulmonlar idorasi holatga izoh berib, koronavirus pandemiyasi Umra xizmatlari ko‘rsatishga ham salbiy ta’sir ko‘rsatganini ma’lum qildi. Qayd etilishicha, mehmonxonada 4 kishilik xonaga 2 nafar ziyoratchi, 50 o‘rindiqli avtobusga 25 kishi joylashtirish kabi talablar o‘rnatilgan. 22-yanvar kuni erta tongda Umra—2022 mavsumining ilk ziyoratchilari Toshkent xalqaro aeroportidan Saudiya Arabistoniga jo‘nab ketgandi.

Keyinchalik Musulmonlar idorasi Saudiya Arabistoni hukumati tomonidan barcha yirik musulmon mamlakatlarga Umra ziyoratini tashkil etishga ruxsat berilishi ortidan podshohlikdagi barcha xizmatlarga talab oshganini bildirgandi. Bu o‘z navbatida bu o‘zbekistonlik ziyoratchilar uchun Ramazon oyida tashkil etiladigan Umra tadbirlari narx-navosiga ham ta’sir ko‘rsatgan. Shu sabab o‘zbekistonlik ziyoratchilar uchun Umra narxi oshiriladi.
Категория: Har-Hil | Просмотров:524 | Добавил: moderator | Теги: yangilik | Рейтинг: 0.0/0
Всего комментариев: 0
Добавлять комментарии могут только зарегистрированные пользователи.
[ Регистрация | Вход ]
Профил
Время:14:22
Добро Пожаловать, Mexmon
Поиск
Калькулятор
Календарь
«  Mart 2022  »
ПнВтСрЧтПтСбВс
 123456
78910111213
14151617181920
21222324252627
28293031