• Merganlar - O'zbek Tilida
  • Zulmatdan Ovoz - O'zbek Tilida
  • Hevenhyorst - O'zbek Tilida
  • Yitqichni Izlab - O'zbek Tilida
  • Bo'rilar Jasorati - O'zbek Tilida
  • Yalmog'iz Dunyoni Qutqaradi - O'zbek Tilida
  • Ilonli Botqoq - O'zbek Tilida
  • Begona - O'zbek Tilida
  • Vahshiy Ona - O'zbek Tilida
  • Uddalab Bo'lmas Topshiriq 7 - O'zbek Tilida
  • Kompaniya - O'zbek Tilida
  • Hech Kimga Aytma - O'zbek Tilida
  • Najot Tongi - O'zbek Tilida
  • Stoun Yuragi - O'zbek Tilida
  • Avlod - O'zbek Tilida
  • Berkin - O'zbek Tilida
  • Solomon Keyn - O'zbek Tilida
  • Raketachilar Klubi - O'zbek Tilida
  • Enaga - O'zbek Tilida
  • Meg 2 - O'zbek Tilida
Наш опрос
SAYTNI QAYERDAN TOPDINGIZ?
Всего ответов: 705
Статистика


Яндекс.Метрика


Сейчас онлайн: 26
Гостей: 26
Пользователи 0

faxriddin
Tre
Submarine
Sher80
Tohirjon
hbahodir1980
Umida4008
17797
Nodirjon
Yagshisaxet
Главная » 2022 » Iyul » 30 » “Qumtor” oltin koni uzil-kesil Qirg‘iziston tasarrufiga o‘tdi
14:11
“Qumtor” oltin koni uzil-kesil Qirg‘iziston tasarrufiga o‘tdi

Qumtor oltin koni Qirg‘iziston tasarrufiga o‘tdi, deb yozadi "Interfaks” respublika prezidenti matbuot xizmatiga tayanib.

"29-iyul kuni Qirg‘izistonning Buyuk Britaniyadagi elchixonasida Qumtor oltin konining respublika tasarrufiga o‘tishi jarayonini tasdiqlovchi hujjatlar bilan ayirboshlash bo‘lib o‘tdi”, — deyiladi xabarda.

Matbuot xizmatiga ko‘ra, Qirg‘iziston elchixonasi hududida tomonlarning xalqaro huquqiy vakillari va eskrou agent ishtirokida Qirg‘izistonning Buyuk Britaniyadagi elchisi Ulan Jusupovga yuridik hujjatlarning to‘liq paketi, shu jumladan, "Kumtor Gold Kompani” va "Kumtor Opereyting Kompani” kompaniyalari aksiyalarining 100 foiziga nisbatan mulk huquqini "Qirg‘izoltin” OAJ foydasiga to‘liq o‘tkazilishini rasmiylashtirish uchun zarur bo‘lgan uzatish aktlari, ishonchnomalar va guvohnomalar topshirildi.

"Shuningdek, kelishuvda ko‘zda tutilgan Qirg‘iziston foydasiga moliyaviy to‘lovlarning barchasi amalga oshirildi”, — deyiladi matbuot xizmati xabarida.

Erishilgan bitimga ko‘ra, Qumtor koni to‘liq respublika tasarrufiga o‘tmoqda. Shu bilan birga, konda 2021-yil 15-maydan buyon ishlab chiqarilgan oltin Qirg‘iziston mulk huquqiga kiradi.

Bundan tashqari, Centerra Gold Inc. qariyb 11 million dollar miqdorida dividendlarni to‘laydi. Shuningdek, Kanada kompaniyasi tomonidan Qirg‘iziston tomoniga 50 million dollar hajmida bir martalik to‘lov haqida kelishilgan. Qirg‘iziston ixtiyoriga Qumtor koni bo‘yicha Rekultivatsiya jamg‘armasi ustidan boshqaruv ham Qirg‘izistonga o‘tmoqda, uning hajmi qariyb 53 million dollar bo‘lib, u Qirg‘iziston banklaridan biridagi maxsus hisobga o‘tkaziladi.

Shu bilan birga, Centerra Gold Inc. AQSH, Shvetsiya va Kanadada boshlangan barcha sud jarayonlarini to‘xtatadi.

Centerra Gold Inc. "Qirg‘izoltin” va Qirg‘iziston hukumati bilan bitim tuzgani haqida shu yilning 4-aprelida mamlakat prezidenti Sadir Japarov ma’lum qilgan edi.

Qumtor — Qirg‘izistondagi eng yirik xorijiy investitsiya loyihalaridan biri bo‘lib, 2020-yilda uning ulushiga Centerra Gold Inc. daromadining 60 foizi to‘g‘ri kelgan. Kanada kompaniyasi 2009-yilda hukumat bilan tuzilgan kelishuvga muvofiq, konga "Kumtor Gold Kompani” YoAJ sho‘ba korxonasi orqali egalik qilgan va uni boshqargan.

2021-yil mayida Qirg‘iziston hukumati Markaziy Osiyodagi eng yiriklaridan biri bo‘lib hisoblanuvchi Qumtor koni ishlab chiqaruvchisi "Kumtor Gold Kompani” YoAJga ekologik va soliq qonunchiligini buzganlik uchun 3 milliard dollardan ortiq summaga moliyaviy norozilik bildirgan edi. Shundan keyin konga nisbatan tashqi boshqaruv joriy etildi.

Centerra Gold Inc. Qirg‘iziston hukumati xatti-harakatlariga e’tiroz bildirish uchun xalqaro arbitrajni boshladi, "Kumtor Gold Kompani” esa 31-may kuni bankrotlik to‘g‘risida ariza berdi. Uning ma’lum qilishicha, Qumtor ustidan nazoratning yo‘qotilishidan yetgan zarar 926,4 million dollarga baholanmoqda.
Категория: Har-Hil | Просмотров:563 | Добавил: moderator | Теги: yangilik | Рейтинг: 2.0/1
Всего комментариев: 0
Добавлять комментарии могут только зарегистрированные пользователи.
[ Регистрация | Вход ]
Профил
Время:08:49
Добро Пожаловать, Mexmon
Поиск
Калькулятор
Календарь
«  Iyul 2022  »
ПнВтСрЧтПтСбВс
    123
45678910
11121314151617
18192021222324
25262728293031