• Merganlar - O'zbek Tilida
  • Zulmatdan Ovoz - O'zbek Tilida
  • Hevenhyorst - O'zbek Tilida
  • Yitqichni Izlab - O'zbek Tilida
  • Bo'rilar Jasorati - O'zbek Tilida
  • Yalmog'iz Dunyoni Qutqaradi - O'zbek Tilida
  • Ilonli Botqoq - O'zbek Tilida
  • Begona - O'zbek Tilida
  • Vahshiy Ona - O'zbek Tilida
  • Uddalab Bo'lmas Topshiriq 7 - O'zbek Tilida
  • Kompaniya - O'zbek Tilida
  • Hech Kimga Aytma - O'zbek Tilida
  • Najot Tongi - O'zbek Tilida
  • Stoun Yuragi - O'zbek Tilida
  • Avlod - O'zbek Tilida
  • Berkin - O'zbek Tilida
  • Solomon Keyn - O'zbek Tilida
  • Raketachilar Klubi - O'zbek Tilida
  • Enaga - O'zbek Tilida
  • Meg 2 - O'zbek Tilida
Наш опрос
Bizning Saytga Yana Qanday Loyihalar Kiritish Lozim?
Всего ответов: 231
Статистика


Яндекс.Метрика


Сейчас онлайн: 18
Гостей: 18
Пользователи 0

faxriddin
Tre
Submarine
Sher80
Tohirjon
hbahodir1980
Umida4008
17797
Nodirjon
Yagshisaxet
Главная » 2022 » May » 13 » Qozog‘istonda ichida O‘zbekiston fuqarolari bo‘lgan avtobus ag‘darilib ketdi
12:17
Qozog‘istonda ichida O‘zbekiston fuqarolari bo‘lgan avtobus ag‘darilib ketdi

Qozog‘istonning Jambil viloyatida hududidan o‘tuvchi G‘arbiy Yevropa—G‘arbiy Xitoy avtomobil yo‘lida ichida O‘zbekiston fuqarolari bo‘lgan avtobus YTHga uchradi, deb xabar beradi "Kazinform”.

Jambil viloyati Favqulodda vaziyatlar departamentining ma’lum qilinishicha, hodisa 12-may kuni Olmaota—Toshkent avtomobil yo‘lining 571-kilometrida, Jualinskiy tumani "Baurjon Momishuli” qishlog‘idagi yo‘lda sodir bo‘lgan.

Dastlabki ma’lumotlarga ko‘ra, avtobus haydovchisi boshqaruvni yo‘qotib, yo‘l bo‘ylab harakatlanayotgan traktor tirkamasi bilan to‘qnashib ketgan.

"YTH natijasida haydovchi yordamchisi va avtobus yo‘lovchisi voqea joyida halok bo‘lgan”, — deyiladi xabarda.

Avariya sabab Jualinskiy tuman shifoxonasiga avtobus ichida bo‘lgan 48 nafar O‘zbekiston fuqarosi murojaat qilgan. Ularning 38 nafari erkak, to‘qqiz nafari ayol va bir nafar bola. 16 nafar yo‘lovchi shifoxonaga yotqizilgan bo‘lib, to‘rt nafari reanimatsiya, 12 nafari esa jarrohlik bo‘limida.

"Reanimatsiya bo‘limidagi bemorlarning ahvoli hozirda barqaror. Barcha jabrlanuvchilarga birinchi tibbiy yordam ko‘rsatilgan”, — deydi Jambil viloyati sog‘liqni saqlash boshqarmasi boshlig‘i Aset Kaliyev.

Holat yuzasidan Qozog‘iston Jinoyat kodeksining 345-moddasi 4-qismi (transport vositasini boshqarayotgan shaxs tomonidan ehtiyotsizlik oqibatida ikki yoki undan ortiq shaxsning o‘limiga olib kelgan yo‘l harakati yoki transport vositalaridan foydalanish qoidalarini buzish) bilan tergovga qadar tekshiruv harakatlari boshlangan. Kerakli tekshiruvlar tayinlangan.

Eslatib o‘tamiz, 2020-yilning martida Qozog‘istonda 26 nafar o‘zbekistonlik bo‘lgan avtobus ag‘darilib ketgan, 2019-yilda Qozog‘istonda Rossiyadan qaytayotgan o‘zbekistonliklar ishtirokida YTH sodir bo‘lishi oqibatida bir kishi halok bo‘lgan, 2018-yil yanvarida Aqto‘be viloyati hududida ichida O‘zbekiston fuqarolari bo‘lgan avtobus yonib ketgan va 52 o‘zbekistonlik halok bo‘lgan edi.
Категория: Har-Hil | Просмотров:302 | Добавил: moderator | Теги: yangilik | Рейтинг: 0.0/0
Всего комментариев: 0
Добавлять комментарии могут только зарегистрированные пользователи.
[ Регистрация | Вход ]
Профил
Время:19:21
Добро Пожаловать, Mexmon
Поиск
Калькулятор
Календарь
«  May 2022  »
ПнВтСрЧтПтСбВс
      1
2345678
9101112131415
16171819202122
23242526272829
3031