• Merganlar - O'zbek Tilida
  • Zulmatdan Ovoz - O'zbek Tilida
  • Hevenhyorst - O'zbek Tilida
  • Yitqichni Izlab - O'zbek Tilida
  • Bo'rilar Jasorati - O'zbek Tilida
  • Yalmog'iz Dunyoni Qutqaradi - O'zbek Tilida
  • Ilonli Botqoq - O'zbek Tilida
  • Begona - O'zbek Tilida
  • Vahshiy Ona - O'zbek Tilida
  • Uddalab Bo'lmas Topshiriq 7 - O'zbek Tilida
  • Kompaniya - O'zbek Tilida
  • Hech Kimga Aytma - O'zbek Tilida
  • Najot Tongi - O'zbek Tilida
  • Stoun Yuragi - O'zbek Tilida
  • Avlod - O'zbek Tilida
  • Berkin - O'zbek Tilida
  • Solomon Keyn - O'zbek Tilida
  • Raketachilar Klubi - O'zbek Tilida
  • Enaga - O'zbek Tilida
  • Meg 2 - O'zbek Tilida
Наш опрос
QAYSI TAS-IX TIZIMI QULAY?
Всего ответов: 288
Статистика


Яндекс.Метрика


Сейчас онлайн: 6
Гостей: 6
Пользователи 0

faxriddin
Tre
Submarine
Sher80
Tohirjon
hbahodir1980
Umida4008
17797
Nodirjon
Yagshisaxet
Главная » 2018 » May » 20 » “Qo‘lingda imkon” ijtimoiy loyihasi haqida batafsil
09:56
“Qo‘lingda imkon” ijtimoiy loyihasi haqida batafsil

O‘zbekiston Respublikasi Maktabgacha ta'lim vazirligi 1-iyun – xalqaro bolalarni himoya qilish kuni munosabati bilan "Qo‘lingda imkon” nomli ijtimoiy loyihaga qo‘l urdi. Mazkur loyiha haqida avvalgi xabarlarimizda qisqacha to‘xtalib o‘tgan edik. Quyida esa sizga mazkur loyiha haqida batafsil ma'lumot va suratga olish jarayonlaridan fotoreportajni taqdim qilamiz. "Qo‘lingda imkon” qo‘shig‘ining matn muallifi Shoira G‘iyosova. Bastakor "E'tirof” mukofoti sovrindori Shuhrat Zokirov. Taronani O‘zbekiston xalq artisti Ozodbek Nazarbekov, O‘zbekistonda xizmat ko‘rsatgan artist Ulug‘bek Rahmatullayev, Shahzoda, Lola, Shaxriyor, shuningdek, "Bulbulcha” bolalar ansambli ijro qilgan. Kelajakdagi muvofaqqiyat, omad, o‘zini anglash  bolalikdan shakllanadi. Farzandlarimizning bugungi tanlovi ularning va mamlakatimizning kelajagi bilan bog‘liq. Bu yo‘lda ularga yordam berish bizning umumiy vazifamizdir.” – deydi Maktabgacha ta'lim vazirligi vakili Shahnoza Mirziyoyeva. Vatanimizning farovonligi  bolalarni erta yoshdan to‘g‘ri tarbiyalashga bog‘liq – deydi O‘zbekiston Respublikasi madaniyat vazirining birinchi o‘rinbosari, O‘zbekiston xalq artisti Ozodbek Nazarbekov.   Klipda 300 dan ortiq kishi ishtirok etdi. Jumladan, "Tomosha”, "Monster Kids”, "Alladin” bolalar guruhi, "Paxtakor” bolalar futbol jamoasi, bog‘cha va maktab bolalari, boks bo‘yicha chempionlar Shaxram G‘iyosov, Xasanboy Do‘stmatov, "Global Soccer Awards”ning "Dunyoning eng yaxshi hakami” nominatsiyasi g‘olibi Ravshan Ermatov, taniqli futbolchi Sardor Rashidov, O‘zbekistonning mashxur "Bunyodkor” klubi va yurtimizning taniqli qo‘shiqchilari, aktyor va aktrisalari qatnashishdi. Stsenariy muallifi va rejissyor Lola Yuldasheva, tasvirchi Rustam Murodov, ikkinchi rejissyor Sanjar Matkarimov, rassom Baxriddin Shamsutdinov, liboslar bo‘yicha rassom Hilola Sher. "Men Maktabgacha ta'lim vazirligining bu loyihasini mamnuniyat bilan qabul qildim va qo‘llab-quvvatladim. Umid qilamizki, bu loyiha bolalarga yorqin va yoqimli sovg‘a bo‘ladi " – deydi Lola Yuldasheva.
Категория: Har-Hil | Просмотров:1373 | Добавил: Moderator | Рейтинг: 0.0/0
Всего комментариев: 0
Добавлять комментарии могут только зарегистрированные пользователи.
[ Регистрация | Вход ]
Профил
Время:21:19
Добро Пожаловать, Mexmon
Поиск
Калькулятор
Календарь