• Merganlar - O'zbek Tilida
  • Zulmatdan Ovoz - O'zbek Tilida
  • Hevenhyorst - O'zbek Tilida
  • Yitqichni Izlab - O'zbek Tilida
  • Bo'rilar Jasorati - O'zbek Tilida
  • Yalmog'iz Dunyoni Qutqaradi - O'zbek Tilida
  • Ilonli Botqoq - O'zbek Tilida
  • Begona - O'zbek Tilida
  • Vahshiy Ona - O'zbek Tilida
  • Uddalab Bo'lmas Topshiriq 7 - O'zbek Tilida
  • Kompaniya - O'zbek Tilida
  • Hech Kimga Aytma - O'zbek Tilida
  • Najot Tongi - O'zbek Tilida
  • Stoun Yuragi - O'zbek Tilida
  • Avlod - O'zbek Tilida
  • Berkin - O'zbek Tilida
  • Solomon Keyn - O'zbek Tilida
  • Raketachilar Klubi - O'zbek Tilida
  • Enaga - O'zbek Tilida
  • Meg 2 - O'zbek Tilida
Наш опрос
QAYERDANSIZ
Всего ответов: 1765
Статистика


Яндекс.Метрика


Сейчас онлайн: 8
Гостей: 8
Пользователи 0

faxriddin
Tre
Submarine
Sher80
Tohirjon
hbahodir1980
Umida4008
17797
Nodirjon
Yagshisaxet
Главная » 2016 » Avgust » 13 » Qiz ko‘rgan otalar amal qilishi kerak bo‘lgan 25 qoida
18:59
Qiz ko‘rgan otalar amal qilishi kerak bo‘lgan 25 qoida

Zamonamiz ruhshunoslari oilada qiz farzandi bo‘lgan otalar amal qilishi lozim bo‘lgan qator qoidalarni ishlab chiqishdi. Aslida bu qoidalar avval ham bo‘lgan, ammo ularning soni 25ta emas, 250 mingdan ham ko‘p. Biroq umumlashtirilgan va 25ta qoida ichiga kiritilgan umumiy qoidalarga amal qilish bilan otalar qizlari bilan bog‘liq 250 mingdan ortiq vaziyatda o‘zlarini risoladagidek tutishlari, muammolarnnig oldini olishlari mumkin bo‘ladi.

1. Katta, o‘rtancha, kenja qizingiz aytgan har bir gap ahamiyatli. Vaqtingizni sarf etib, garchi uning so‘zlari siz uchun qiziq bo‘lmasada, ularni eshita biling. Agar birini boshqasidan kamroq tinglasangiz, unga yetarlicha mehr bera olmayotganingizdan u xafa bo‘ladi.
 
2. Dunyoda bor jamiki qizaloqlar go‘zal va shirin bo‘lishadi, ana shuni ularga har kuni takrorlab turing.
 
3. Siz qizingiz uchun onasi emassiz. Siz – otasiz. Onasi bo‘la turib ona o‘rnini bosishga harakat qilmang. Oilada otaning o‘z vazifasi bor. Siz ularni qisman bilasiz.
 
4. Ovozingizni baland ko‘tarib gapirmang. Agar shunday qilsangiz, kelajakda shallaqi qizning otasiga aylanasiz. Asabiga tegib, hafa qildingizmi, kechirim so‘rang.
 
5. O‘yinchoqlarning ko‘pi yoki kami bo‘lmaydi. Agar sizdan yangi o‘yinchoq olib berishni so‘rasa, olib bering. Biroq avval, eski o‘yinchoqlardan bir nechtasini boshqa bolalarga o‘ynashlari uchun sovg‘a qilishni taklif qiling.

6. Har bir qiz o‘zini malika deb biladi. Unga shuni isbot qiling va tarbiyali qizni voyaga yetkazing. Bu juda og‘ir mehnat, biroq natijasi shunga arziydi.
 
7. Agar sizga katta qizingiz qo‘ng‘iroq qilayotgan bo‘lsa, uning pul so‘rashiga tayyor turing. Axir u o‘zida bor barcha narsalar pulga sotib olinishini tushunayotgan yoshda.
 
8. Qizingizni quchoqlab, uni bag‘ringizga bosib turing. Axir u hali kichkina, atrofda unga notanish bo‘lgan dahshatli olam bor. Ba'zida bu olamdan uni onasi ham himoya qila olmaydi. Kenja qizingiz 22ga kirgan bo‘lsa ham o‘z nomi bilan u kichkina.
 
9. Agar o‘g‘il bolalar qiladigan ishlarni qilishda qizingiz sizga yordamlashishni istasa, qarshilik qilmang. Shunda, oradan bir necha o‘n yil o‘tsa ham yoningizda yordamchi va hamroh bo‘ladi.
 
10. Ba'zi ishlarni faqat siz bilan qilishiga o‘rgating. Masalan, baliq oviga birga borish, futbolni birga tamosha qilish... Bu juda muhim.

11. Qizingiz uni otasi doimo himoya qila olishini bilishi kerak. Har qanday vaziyatda, qanday nizoga aralashgan bo‘lmasin, uning aybi bor yoki yo‘qligidan qat'i nazar uni siz himoya qila olishingizni bilsin. Kelishmovchiliklarning asl negizi keyin o‘rganiladi, asosiysi u sizga ishonsin.
 
12. Xonadagi tartibsizlik joningizga tekkan bo‘lsa, qizingizdan xuddi malikadan yordam so‘ragandek xonani tartibga keltirishini so‘rang. Bu holatda u sizning ishtirokingiz ham xonani saranjom qilib qo‘ya oladi.
 
13. Qizingiz betob bo‘lgan mahal uni tekshirish yoki davolash chog‘ida jonini biroz og‘ritgan shifokorlarga o‘shqirmang, ular bilan urushmang, kaltaklashga shoshilmang. Ayol kishining shifokorlardan qo‘rqishi yaxshilik alomati emas. Birinchidan ular qizingizga yaxshi bo‘lishi uchun shunday qilishayapti, ikkinchidan esa, hayotda erkaklardan ko‘ra ko‘proq ayollarga shifokor ko‘magi kerak bo‘ladi.
 
14. Har bir qizaloq ma'lum bir joyga faqat otasi bilan borishni odat qiladi. Kimdir qizini olib stomatologga, kimdir sirkka, kimdir shifokorga boradi. Bu holatlarda sizning inson sifatida shifokorlarni yomon ko‘rishingiz, sirkka borishni yoqtirmasligingiz hisobga olinmaydi.
 
15. Yutuq va kamchiliklar haqida so‘z borganida "biz” deb gapirishni unutmang. "Biz adashdik”, "Biz uddasidan chiqa olmadik”, "Biz buni uddaladik”, "Biz yengdik”!
 
16. Ishdan so‘ng xokkey yoki futbol ko‘rishni rejalashtirgan bo‘lsangiz, oila a'zolaringizni ham bunga jalb qiling. Ayol ishqibozlarga chetdan nazar soling, ularning quvonchi siznikidan kam bo‘lmaydi.
 
17. Qizlarning ko‘ngli nozik bo‘ladi. Agar u biror muammo tug‘ilganida sizning yoningizga kelib yig‘lab, dardini aytmasa, hayratlanmang. Bu sizning yomon ota ekaningizni bildirmaydi. Ko‘z yoshlari sababini biroz vaqt o‘tib o‘zi aytadi.
 
18. Agar qizingiz siz aytgan ertaklarni eslab yursin desangiz, o‘z qahramonlaringizni o‘ylab toping va davomiy, uzundan-uzoq, qismlarga bo‘lingan ertak ayting. Uning bir necha oy, yil davom etishidan cho‘chimang. Bu qizingizning xotirasida bir umr qolishi aniq.

19. Qizingizni "nozikoyim” qilib tarbiyalamang. Agar u ham o‘g‘il bolalar qila oladigan ba'zi sho‘xliklarni uddalay olmasa undan haqiqiy inson chiqmaydi. Faqat nazorat qilib tursangiz bas.
 
20. Qizingizning xavfsizligi va baxti uchun ba'zi qoidalarni tuzib olishingiz kerak. Masalan: "Mashinalar o‘tadigan yo‘ldan faqat mening qo‘limni ushlab o‘tishing kerak, axir hamma qizimning qanchalar chiroyli ekanini ko‘rishi va menga havas qilishi kerak-ku”, "Bog‘chaga borganda yig‘lamaslik kerak, uydagilar kelguniga qadar malika o‘z shahrida yashashi kerak”...
 
21. Qizlarning tarbiyasida eng muhim omil – bu oila boshlig‘ining yaxshi ota bo‘lishga bo‘lgan harakati va intilishidir. Siz yaxshi ota bo‘lishga harakat qilishingiz barobarida, qizingiz yaxshi qiz bo‘lishga intiladi.
 
22. Qizingizni har bir yaxshi ishi uchun maqtashga va uning yaxshi ishiga urg‘u berishga harakat qiling. Ishoning, bu u uchun juda muhim.
 
23. Yolg‘on gapirmang. Qizaloqlar kattalarga, ayniqsa, onasi va otasining so‘zlariga ishonishadi. Agar biror vaziyatda aldashni istamasangiz, keyinroq bu haqda aytib berishingizni ayting.
 
24. Uni o‘zingizga yoqadigan tarzda kiyintirishga yoki kiyinishga majbur qilmang. Agar odob doirasidan chetga chiqmagan, ob-havoga mos kiyim bo‘lsa, qizingizning istagini rad etmaganingiz ma'qul.
 
25. Qizingizning sizga ishonib aytgan sirlarini hech kimga oshkor qilmang. U o‘sha sirni o‘zi hammaga ayon qilishi mumkin, ammo sizning haqqingiz yo‘q.
Категория: Har-Hil | Просмотров:2935 | Добавил: Admin | Теги: Қиз кўрган оталар амал қилиши керак | Рейтинг: 5.0/1
Всего комментариев: 0
Добавлять комментарии могут только зарегистрированные пользователи.
[ Регистрация | Вход ]
Профил
Время:23:23
Добро Пожаловать, Mexmon
Поиск
Калькулятор
Календарь