Меню сайта
Главная страница Форум сайта Узбекская Музыка Картинка Онлайн PhotoShop Софт для PC Система uCoz Видео Монтаж Кинофильмы Новости Eset Upatde (База) Компьютерный игры Игры и софт для Android Телефон прошивка Все Usb драйвер
Клип премьера
Наш опрос
QAYERDANSIZ
Всего ответов: 1627
Статистика


Statok.net


Сейчас онлайн: 136
Гостей: 136
Пользователи 0

Davronbek
Madamax
Baxtiwka
Jumaev1996
Itines
Dinara86
ayyub504
1998
5432siroj
Ixtiyor222
Реклама
Главная » 2019 » Oktyabr » 29 » Qiz bolaning jinsiy rivojlanishi (Ota-onalar bilishi shart)
10:30
Qiz bolaning jinsiy rivojlanishi (Ota-onalar bilishi shart)

Albatta qiz bolaning jinsiy tarbiyasida ko‘plab o‘ziga xos jihatlar mavjud. Aksari ota-onalar go‘dak qizaloqlaridagi ayrim me’yoriy holatlarni dard alomatlari deb o‘ylashadi.

Xususan, go‘dak siynalari, ya’ni sut bezlarining vaqtinchalik biroz qattiqlashishi yoki gohida qizaloq jinsiy yo‘llaridan birozgina qizg‘ish suyuqlik chiqishi o‘tkinchi me’yoriy hollardir. Qiz bola, tetapoya bo‘la boshlagan davrdanoq tashqi ta’sirotlarga o‘ta sezuvchan bo‘ladi.

Qizaloq bir yoshga to‘lgunga qadar uning suyak tuzilishi to‘g‘ri rivojlanishiga ahamiyat berish zarur. Jumladan, raxit kasalligida skelet muskulaturasi tonusining oshishi qiz bola chanog‘ining tor va yassiroq bo‘lib qolishiga olib keladi. Bu hol o‘z navbatida jinsiy a’zolar rivojiga ham aks ta’sir ko‘rsatadi.

Goho ulg‘ayib turmush qurilganda odatiy tug‘ruq yo‘llarining torligi bois, tug‘ish asoratli kechishiga ham bolalik davridagi befarq munosabat sabab bo‘lishi mumkin. Go‘dak beqiyos ona suti va tabiat ne’matlaridan qancha uzoq muddat bahramand bo‘lsa, uning zuvalasi shuncha pishiq bo‘ladi. Raxitni imkon qadar tezroq, shifokor nazoratida D-guruhidagi darmondorilarni tayinlash, quyosh nuridan bahramand etish bilan davolash lozim.

Qizaloqni yo‘rgak kasalliklaridan asrang
Go‘dak qizaloqni iloji boricha, yo‘rgak kasalligidan asrash lozim. Chaqaloq uzoq vaqt tagi ho‘l holatda yotishi natijasida, teri bichilishi, jinsiy a’zolar hududi ta’sirlanib, shishishi va qizarishi kabi asoratlarga olib kelishi bilan xatarlidir. Taglik sintetik bo‘lmagan oddiy materialdan bo‘lib, yaxshilab yuvilishi va zararsizlantirilishi, qulay bo‘lishi maqsadga muvofiq.

Cho‘miltirishda har xil shampunlarning ishlatilishi ham qizlarda tashqi jinsiy a’zolarning jumladan, vulvaning allergik yallig‘lanishiga olib kelishi bilan xatarli. Bolakaylarni to‘g‘ri kiyintirish, ishtonchalarni tez-tez almashtirib turish ham zarur. Qiz bolalar ishtonchalarining pochasi yopiq bo‘lishi, jinsiy a’zolarni sovuq qotishdan hamda turli xatarli nopokliklar bilan bulg‘anishdan saqlashi bilan qulaydir.

Maktab yoshidagi qizlar parvarishi

Maktab yoshidagi qizaloqlarda ancha tortinchoqlik, uyatchanlik ustuvor bo‘lishini ota-onalar va muallimlar ko‘zda tutishlari joiz. Zero, qizaloqlarda peshob qopi va to‘g‘ri ichakning to‘lib ketishi, ya’ni hojatga ehtiyojmand bo‘lsa-da, qimtinib o‘z paytida chiqmasliklari bachadonning joyidan surilib, asta-sekinlik bilan egilib qolishi kabi xatarli asoratga olib keladi. Bunday holatlar keyinchalik bepushtlikka ham sabab bo‘lishini unutmasligimiz joiz.

Shu sababli ham dars o‘tilayotgan paytda qizlar uchun hatto ruxsatsiz birrovga chiqib kelishlariga qarshilik qilinmasa, nazarimda ayrim ko‘ngilsiz holatlarning oldi olingan bo‘lardi.

Qiz bola jinsiy tarbiyasida rasida bo‘lish davriga qadar quyidagi hollarga ahamiyat berishlik joiz:

qiz bola bir yoshdan boshlab faqat onasi yordamida cho‘miltirilishi, aka-ukachalari bilan bir vannada cho‘milmasligi lozim;
o‘g‘il bolalar xush ko‘ruvchi toychoq, velosiped kabi tos a’zolarini ta’sirlantiruvchi o‘yinchoqlar, qizaloqlarda klitor sezuvchanligini oshirib, iffat pardasiga darz yetkazish ehtimoli mavjudligini unutmaslik kerak;
qizaloqlar ota-ona jinsiy munosabatidan imkon qadar bexabarroq bo‘lishi joizligi sabab, yotoqxonalar alohidaligi, ichki kiyimlarning esa ko‘zdan yiroq bo‘lganligi ma’qulroqdir;
jinsiy a’zolar ozoda tutilishi zarur; o‘g‘il bolalarning tor, badanni ta’sirlantiradigan kiyimlarini, xususan, shimlarini kiyish ham qizaloqlarga salbiy ta’sir ko‘rsatishi aniqlangan.
Yuqorida asosan balog‘at sari odimlayotgan qizaloqlar jinsiy tarbiyasidagi o‘ziga xosliklar haqida fikr yuritildi. Umuman balog‘atgacha va balog‘at davridagi o‘zgarishlar nimalarda namoyon bo‘ladi?

Balog‘at davri bosqichlari
Qiz bolalar rasida davri taxminan 9 yoshlardan boshlanadi. Shartli tarzda bu jarayonning quyidagi bosqichlarini tafovut etish mumkin:

9-11 yoshli qizlarda (ayrimlarda 8,5 yoshdan 11,5 yoshgacha) tos, dumg‘aza suyaklarining sezilarli o‘sayotganligi kuzatiladi;
10-11 yoshlarda (ayrimlarda 9,5 yoshdan 12 yoshgacha) qorin pasti, qov hududlarida ayollarga xos yakkam-dukkam, mayin tuklar paydo bo‘lishi va ko‘krak bezlarining sezilarli o‘sishi kuzatiladi;
11-13 yoshlarda (ayrimlarda 10-15 yoshlarda) tashqi va ichki jinsiy a’zolarning keskin rivoji kuzatiladi. Qov tuklari ko‘payib, ko‘krak bezlari keskin kattalashib, uning uchida rangdorlik paydo bo‘ladi;
13,5-14 yoshlarda (ba’zilarda 9-16,5 yoshlarda) keskin rivojlanish ro‘y berishi natijasida qo‘ltiq osti mo‘ylari paydo bo‘ladi hamda ilk hayz ko‘rish jarayoni kuzatiladi. Oradan ko‘p o‘tmay bu qizlar organizmida homilador bo‘lishlik imkoniyati ro‘y beradi;
15,5-17,5 yoshlarga to‘lgach, qizlarda suyak, ya’ni bo‘y o‘sishi to‘xtaydi. Ovozlari istig‘noli, mayinlik bilan chulg‘anishi, husnbuzarlar toshishi ham shu yoshlarga xosdir. Har oyning ma’lum kunlarida hayz jarayoni ro‘y berishi odatiy maromga tushib oladi.

Balog‘at davridagi o‘zgarishlar
Balog‘at yoshidagi qizlarda tananing notekis o‘sish jarayoni boshlanadi. Sonning yog‘ to‘plashi, siynalarning kattalashishi, chanoq suyaklari kengayishi, dumba hududining et olishi va sezilarli to‘lishishlar shular jumlasidandir.

jinsiy rivojlanish

Keskin o‘sish jarayoni bilan birgalikda o‘spirin qiz ruhiyatida ham o‘ziga xos o‘zgarishlar ro‘y berib, siqiluvchanlik, qimtinish kabi hollarga moyillik kuzatiladi. Ayrim qizlar ko‘kraklarining dirkillashidan andisha qilib, ko‘ksilarini ichga tortib yuradilar. Bu esa gavdaning me’yoriy o‘sishiga salbiy ta’sir etishi tufayli, nafas olish a’zolari va yurak xastaliklarining vujudga keltirishi mumkin.

Ayrim qizlar esa uzoq vaqtgacha ko‘kraklarini biror material bilan siqib o‘rab yuradilar. Natijada, siynalar yalpayib, xunuklashib ketishi bilan bir qatorda, kelajakda ko‘krak bezi kasalliklari vujudga kelishiga ma’lum darajada sabab bo‘ladi. Bu yoshdagi qizlar har jihatdan qulay, iqlimga mos, tabiiy, odmi matodan qilingan siynaband taqsalar bas, hushqomat va sog‘lom bo‘lishlari shaksizdir.

Balog‘at yoshidagi qizlarning og‘ir yuk ko‘tarishlari qin va bachadonning pastga tushish dardiga olib kelishi bilan xatarlidir. Ko‘pgina, onalar ginekolog shifokor maslahatiga faqat qizlari turmushga chiqqandan so‘nggina zarurat bor, deya xato o‘ylashadi. Natijada, balog‘at yoshidagi qizlarning jinsiy a’zo kasalliklari nazardan chetda qolib, o‘z vaqtida davolanmasligi bois, har xil xatarli asoratlarga, jumladan bachadon yoki tuxum yo‘llarining qayrilib qolishiga olib keladi.

Umuman olganda, har qanday qizaloqni ham bolalar ginekologi ko‘rigidan o‘tkazib turilishi bugungi kun talabidir.
Категория: Har-Hil | Просмотров: 191 | Добавил: Admin | Теги: foydali | Рейтинг: 5.0/1
Всего комментариев: 0
Добавлять комментарии могут только зарегистрированные пользователи.
[ Регистрация | Вход ]
Профил
Время:10:29
Добро Пожаловать, Mexmon
Реклама
Поиск
Календарь
«  Oktyabr 2019  »
ПнВтСрЧтПтСбВс
 123456
78910111213
14151617181920
21222324252627
28293031