• Merganlar - O'zbek Tilida
  • Zulmatdan Ovoz - O'zbek Tilida
  • Hevenhyorst - O'zbek Tilida
  • Yitqichni Izlab - O'zbek Tilida
  • Bo'rilar Jasorati - O'zbek Tilida
  • Yalmog'iz Dunyoni Qutqaradi - O'zbek Tilida
  • Ilonli Botqoq - O'zbek Tilida
  • Begona - O'zbek Tilida
  • Vahshiy Ona - O'zbek Tilida
  • Uddalab Bo'lmas Topshiriq 7 - O'zbek Tilida
  • Kompaniya - O'zbek Tilida
  • Hech Kimga Aytma - O'zbek Tilida
  • Najot Tongi - O'zbek Tilida
  • Stoun Yuragi - O'zbek Tilida
  • Avlod - O'zbek Tilida
  • Berkin - O'zbek Tilida
  • Solomon Keyn - O'zbek Tilida
  • Raketachilar Klubi - O'zbek Tilida
  • Enaga - O'zbek Tilida
  • Meg 2 - O'zbek Tilida
Наш опрос
Ўзбекистоннинг энг яхши телеканалини белгиланг
Всего ответов: 686
Статистика


Яндекс.Метрика


Сейчас онлайн: 53
Гостей: 53
Пользователи 0

Risolat0921
faxriddin
Tre
Submarine
Sher80
Tohirjon
hbahodir1980
Umida4008
17797
Nodirjon
Главная » 2016 » Sentyabr » 23 » Qaysi faslni yoqtirishingizga qarab fe'lingizni aniqlang!
19:56
Qaysi faslni yoqtirishingizga qarab fe'lingizni aniqlang!

Bu savolga deyarli har qanday odam o‘ylab o‘tirmay aniq javob beradi. Ruhshunoslar esa aynan shu javoblarga ko‘ra insonning ichki olami haqida ma'lumot olishadi. Demak, sizda ham o‘zligingizni anglash uchun yana bir imkoniyat mavjud. Xo‘sh, qaysi faslni orziqib kutasiz? Qaysi mavsumda ishlaringiz o‘ngidan kelib, omadingiz chopadi? Qachon kayfiyatingiz ko‘tarinki bo‘ladi? Bilib oldingizmi? Unda faqat ma'lumotlarni to‘g‘ri talqin qilish qoldi.

Yoz
Bu faslni yaxshi ko‘radiganlar yetakchilik, ilg‘orlik sifatlariga ega. O‘zlari yonib, atrofdagilarni ham yondirib yurishadi. Ular bilan muloqot juda qiziqarli kechadi. Hyech qachon tushkunlikka tushmaydilar va hamisha nekbin kayfiyatda yuradilar. Bunday kimsalar har doim yangidan-yangi g‘oyalar o‘ylab topib, amalga oshiradi. Yoz fasli ishtiyoqmandlarining ishdagi o‘sishi ham tez sur'atda bo‘lib, yuqori martabalarga erishadilar, yaxshi rahbarlik sifatlari bilan ajralib turishadi. Hayotiy shiorlari: qat'iyat va mehnat. Ayni paytda yetarli darajada murosasoz bo‘lib, zarur o‘rinda yon berishni ham bilishadi. Ularning shaxsiy hayotlari ham havas qilsa arzigulik. Chunki aqlni yo‘qotar darajada sevish va juftlariga bir umr sodiq qolishni biladilar. Atrofdagilarning kamchiliklariga nisbatan anchayin sabrli va o‘zlariga nisbatan talabchan bo‘lgan bunday insonlardan yaxshi do‘st chiqadi. Chunki do‘stlarini shodlikda ham, g‘amda ham yolg‘iz qoldirmaydilar. Birgina kamchiliklari bor: haddan ortiq arazchi bo‘lganlari holda kechirimli emas.

Qish
Bu faslni sevadiganlar, odatda, o‘ziga ishongan va mustaqil insonlardir. Hayotiy shiorlari: faqat o‘zingga ishon! Katta davralarni xush ko‘rishmaydi. Do‘stu tanishlari juda oz. Ammo shu ozgina odamlarga qattiq ishonishadi. Ishonmasa, ularni yaqin yo‘latmagan bo‘lishardi. Juda qat'iyatli bu kimsalar o‘z rejalarini birovga oshkor qilmay, yolg‘iz amalga oshirish yoki hayot oqimini maqsadlariga bo‘ysundirishni biladilar. Qishni yaxshi ko‘radigan insonlar kamgap bo‘lishadi. So‘rasangiz, javob beradilar, ammo o‘zlari hech qachon birinchi bo‘lib gap qotmaydilar. Pul ishlab topishni bilishadi, qulaylik va farovonlikni qadrlashadi. O‘zlariga qadrli insonlar uchun ko‘p narsadan voz kechishlari mumkin. Kamchiliklari: xasislik va pismiqlik. Shuningdek, bunday insonlar kechirishni bilmaydi.

Kuz
Kuzni sevadiganlar tinchlik, yolg‘izlik va osoyishtalikni xush ko‘radi. Ko‘pchilikni sevmaganlari holda odamlar orasida o‘zlarini noqulay his etmaydilar ham. Shunchaki jamoaning ular uchun ahamiyati yo‘q. Hayotiy shiori: meni tinch qo‘ying! Kayfiyatlari juda beqaror: bir qarasangiz, xandon otib yuradi, bir qarasangiz, hech qanday sababsiz xo‘mrayib oladi. Xuddi kuz havosiga o‘xshab. Begonalarning nekbinligiyu zafarlari ko‘pincha g‘ashlariga tegadi. Biroq kuzni yaxshi ko‘radigan odamlar juda iste'dodli bo‘lishadi. Tasviriy san'at, she'riyat va nasrda katta muvaffaqiyatlarga erishishlari mumkin. Fikrlashlari ham boshqalardan farq qiladi. Muhabbatda juda vafodor: faqat bir insonni sevib o‘tadilar. Bir bora va butun umrga! Agar muhabbatiga yetisha olmasa o‘lguncha azoblanadi va bu azob ularga ilhom manbai bo‘lib qoladi. Ular tabiat va jonzotlar bilan muloqot chog‘idagina o‘zlarini topadilar. Biroq muhabbatiga javob berib, sevib ardoqlaydigan insonni uchratsalar, haqiqiy oilaparvarga aylanadi.

Bahor
Bahor oshuftalari juda quvnoq va hayotga chanqoq insonlardir. Xushchaqchaqligi va hazilkashligi sabab do‘stlarining hamisha ardog‘ida yuradilar. Hayotiy shiorlari: buncha go‘zal bu olam, bir qara! Jamoaning joni bo‘lish bilan birga, turli hiyla-nayranglarni uyushtirishga ham usta. Bir joyda o‘tirishlari qiyin, sayohat jonu dili. Tez oshiq bo‘lib qoladilar, ammo ayriliqlarni hech qanday g‘azabu nafratsiz, yengil o‘tkazadilar. Ularni sodiq do‘st sifatida qabul qilmaslik kerak, chunki munosabatlari vaziyat taqozosiga ko‘ra o‘zgarib turadi. Istalgan daqiqada umuman ko‘zdan g‘oyib bo‘lib, sizni unutib yuborishlari mumkin. Birovga bog‘lanib qolish ular uchun qadriyat emas. Vujudida bir vaqtning o‘zida ehtiros, xudbinlik, romantika, talabchanlik va beg‘amlik jo‘sh urgan bu insonlar va'da berishga, ayniqsa, uni bajarmaslikka usta. Lekin ular bilan zerikmaysiz.

Категория: Har-Hil | Просмотров:2185 | Добавил: Admin | Теги: Qaysi faslni yoqtirishingizga qarab | Рейтинг: 0.0/0
Всего комментариев: 0
Добавлять комментарии могут только зарегистрированные пользователи.
[ Регистрация | Вход ]
Профил
Время:04:35
Добро Пожаловать, Mexmon
Поиск
Калькулятор
Календарь