• Merganlar - O'zbek Tilida
  • Zulmatdan Ovoz - O'zbek Tilida
  • Hevenhyorst - O'zbek Tilida
  • Yitqichni Izlab - O'zbek Tilida
  • Bo'rilar Jasorati - O'zbek Tilida
  • Yalmog'iz Dunyoni Qutqaradi - O'zbek Tilida
  • Ilonli Botqoq - O'zbek Tilida
  • Begona - O'zbek Tilida
  • Vahshiy Ona - O'zbek Tilida
  • Uddalab Bo'lmas Topshiriq 7 - O'zbek Tilida
  • Kompaniya - O'zbek Tilida
  • Hech Kimga Aytma - O'zbek Tilida
  • Najot Tongi - O'zbek Tilida
  • Stoun Yuragi - O'zbek Tilida
  • Avlod - O'zbek Tilida
  • Berkin - O'zbek Tilida
  • Solomon Keyn - O'zbek Tilida
  • Raketachilar Klubi - O'zbek Tilida
  • Enaga - O'zbek Tilida
  • Meg 2 - O'zbek Tilida
Наш опрос
QAYSI TAS-IX TIZIMI QULAY?
Всего ответов: 289
Статистика


Яндекс.Метрика


Сейчас онлайн: 7
Гостей: 7
Пользователи 0

faxriddin
Tre
Submarine
Sher80
Tohirjon
hbahodir1980
Umida4008
17797
Nodirjon
Yagshisaxet
Главная » 2023 » Sentyabr » 4 » Putin Ramzan Qodirovning 24 yashar qizini mukofotladi
23:04
Putin Ramzan Qodirovning 24 yashar qizini mukofotladi

Rossiya prezidenti Vladimir Putin Checheniston rahbari Ramzan Qodirovning qizi Ayshat Qodirovani II darajali "Vatan oldidagi xizmatlari uchun” ordeni bilan taqdirladi. Tegishli farmon huquqiy axborotning rasmiy internet portalida eʼlon qilindi.

Hujjatga ko‘ra, 24 yoshli Qodirova bir qancha odamlar qatori "milliy madaniyat va san’atni rivojlantirishdagi xizmatlari, ko‘p yillik samarali ijodiy faoliyati uchun” taqdirlangan.

Ayshat Qodirova 2021-yil oktabridan buyon Checheniston madaniyat vaziri lavozimida ishlab kelmoqda. Bungacha u bir yil Checheniston Madaniyat vazirligi rahbarining birinchi o‘rinbosari sifatida faoliyat olib borgan.

Davlat xizmatidan oldin u Firdaws islom modalar uyini uch yil boshqargan. Shu vaqt ichida Ayshat

"Checheniston oldidagi xizmatlari uchun” medali;
"Inson huquqlarini himoya qilgani uchun” medali;
"A’lo mehnati uchun” faxriy nishoni;
Chechenistonda xizmat ko‘rsatgan madaniyat xodimi unvoni;
Qodirov ordeni — respublikaning oliy mukofoti bilan taqdirlangan.
Ramzan Qodirov va uning oilasi muntazam ravishda taqdirlanib keladi.

Checheniston rahbarining qarindoshlari qanday mukofotlar olgan?

Ramzan Qodirovning qarindoshlari xuddi o‘zi kabi muntazam ravishda mintaqaviy va federal mukofot va unvonlar oladi. 

2022-yil noyabrda Putin Checheniston rahbarining rafiqasi Medni Qodirovaga "Qahramon ona” unvonini bergan. 
2023-yil fevralda Qodirovning o‘zi birinchi "Checheniston qahramoni” bo‘ldi (bu unvonni uning o‘zi ta’sis etgan) va mart oyida u "Chechenistonda xizmat ko‘rsatgan inson huquqlari himoyachisi” medalini oldi.
Iyun oyida Checheniston rahbarining 20 yoshli qizi Xutmat "tibbiyot rivojiga qo‘shgan ulkan hissasi” uchun respublikaning oliy ordeni bilan taqdirlangan edi.
Putin Checheniston rahbarining 26 yoshli jiyani Hamzat Qodirov "Vatan oldidagi xizmatlari uchun” II darajali ordeni bilan taqdirlagandi. U "faoliyatidagi muvaffaqiyatlar va ko‘p yillik vijdonli mehnati uchun” mukofotlangan.
BBC rus xizmatining 2018-yilda hisob-kitoblariga ko‘ra, Chechenistondagi 158 nafar yuqori martabali amaldorning 30 foizi respublika rahbarining qarindoshlari, 23 foizi qishloqdoshlari, yana 12 foizi Checheniston rahbarining do‘stlari va ularning qarindoshlaridir. 
"Qarindoshlarimning har qanday muassasa va har qanday lavozimdagi talabi o‘n barobar ko‘p, chunki ular menga qaramay ishlashlarini isbotlashi kerak. Kimga ishonsam, o‘shani tayinlayman”, — degan edi Qodirov bu borada.
Категория: Har-Hil | Просмотров:162 | Добавил: Admin | Теги: yangilik | Рейтинг: 0.0/0
Всего комментариев: 0
Добавлять комментарии могут только зарегистрированные пользователи.
[ Регистрация | Вход ]
Профил
Время:16:15
Добро Пожаловать, Mexmon
Поиск
Калькулятор
Календарь
«  Sentyabr 2023  »
ПнВтСрЧтПтСбВс
    123
45678910
11121314151617
18192021222324
252627282930