• Merganlar - O'zbek Tilida
  • Zulmatdan Ovoz - O'zbek Tilida
  • Hevenhyorst - O'zbek Tilida
  • Yitqichni Izlab - O'zbek Tilida
  • Bo'rilar Jasorati - O'zbek Tilida
  • Yalmog'iz Dunyoni Qutqaradi - O'zbek Tilida
  • Ilonli Botqoq - O'zbek Tilida
  • Begona - O'zbek Tilida
  • Vahshiy Ona - O'zbek Tilida
  • Uddalab Bo'lmas Topshiriq 7 - O'zbek Tilida
  • Kompaniya - O'zbek Tilida
  • Hech Kimga Aytma - O'zbek Tilida
  • Najot Tongi - O'zbek Tilida
  • Stoun Yuragi - O'zbek Tilida
  • Avlod - O'zbek Tilida
  • Berkin - O'zbek Tilida
  • Solomon Keyn - O'zbek Tilida
  • Raketachilar Klubi - O'zbek Tilida
  • Enaga - O'zbek Tilida
  • Meg 2 - O'zbek Tilida
Наш опрос
SAYTNI QAYERDAN TOPDINGIZ?
Всего ответов: 705
Статистика


Яндекс.Метрика


Сейчас онлайн: 11
Гостей: 11
Пользователи 0

faxriddin
Tre
Submarine
Sher80
Tohirjon
hbahodir1980
Umida4008
17797
Nodirjon
Yagshisaxet
Главная » 2023 » Avgust » 30 » Putin Prigojinni Kreml rasmiysi sifatida yashirincha mukofotlagan — OAV
22:01
Putin Prigojinni Kreml rasmiysi sifatida yashirincha mukofotlagan — OAV

23-avgust kuni aviahalokatda vafot etgan "Vagner” rahbari Yevgeniy Prigojin Rossiyaning ko‘plab davlat mukofotlariga sazovor bo‘lgan. Bu haqda BBC xabar berdi.

Prigojining ismi hatto Rossiya prezidenti Vladimir Putinning "Prezident ma’muriyati xodimlarini” mukofotlash to‘g‘risidagi maxfiy farmonida ham ko‘rsatilgan. Jurnalistlar Prigojin ochiqchasiga "Rossiya qahramoni” yulduzini taqib yurganini va isyondan keyin qidiruv paytida uyidan o‘ndan ortiq davlat mukofotlari topilganini aniqladi.

Rasmiy ravishda Kreml "Putin oshpazini” faqat uch marta mukofotlagan: ikkita orden va medal bilan.

2004-yilda Prigojin II darajali "Vatan oldidagi xizmatlari uchun” ordeni, 2008-yilda o‘sha paytdagi prezident Dmitriy Medvedevning "Do‘stlik” ordeni bilan, 2014-yilda Qrim anneksiya qilinganidan va "Vagner” tashkil etilgandan so‘ng IV darajali "Vatanga xizmatlari uchun” ordeni bilan mukofotlangan. 

Barcha holatlarda Prigojin "muvaffaqiyati mehnati” va "ko'p yillik vijdonli faoliyati” uchun mukofotlarga sazovor bo‘lgan, ammo yutuqlari ko‘rsatilmagan.

Maxfiy farmon 2006-yil 30-oktabrda imzolangan va 1199 raqamiga ega. U "Rossiya Prezidenti ma’muriyati xodimlarini Rossiyaning davlat mukofotlari bilan taqdirlash to‘g‘risida” deb nomlangan, ammo u rasman e’lon qilinmagan. 

Mukofotlarni Concord Management and Consulting kompaniyasi bosh direktori Prigojin bilan birga prezident ishlari bo‘yicha menejeri Vladimir Kojin va yana 17 nafar rasmiy shaxslar olgan.

"Farmonning nomi Prigojinning prezident ma’muriyatida qandaydir yashirin mavqega ega bo‘lgani yoki ular alohida farmon yozmaslik uchun uning nomini bir vaqtning o‘zida mukofotlangan xodimlar ro‘yxatiga qo‘yishganini anglatadi” — deb tushuntirdi yuridik firmaning boshqaruvchi hamkori Sergey Markov.

Shu bilan birga, maxfiy farmonda ko‘rsatilgan barcha shaxslar 2006-yilda Sankt-Peterburgda G8 sammitiga tayyorgarlik ko‘rish va o‘tkazishga qo‘shgan "katta hissasi” uchun mukofot taqdim etilgani ko‘rsatilgan.

Ma’lumki, Prigojin Konstantinovskiy saroyi yonidagi Lindstrem dachasida kechki ovqat paytida Putin va mehmonlar, jumladan, AQSH prezidenti Jorj Bushga shaxsan xizmat qilgan.

Prigojinning o‘limi: nima ma’lum

23-avgust kuni Tver viloyatida Moskvadan Sankt-Peterburgga uchayotgan shaxsiy Embraer Legacy samolyoti halokatga uchradi. Samolyotdagi o‘n kishining bari halok bo‘lgan. Yo‘lovchilar qatorida "Vagner” rahbari Yevgeniy Prigojin va uning o‘rinbosari Dmitriy Utkin bo‘lgan.

Rossiya prezidenti Vladimir Putin va Checheniston rahbari Ramzan Qodirov uning oilasiga hamdardlik bildirdi.

"Men Prigojinni juda uzoq vaqtdan beri: 1990-yillarning boshidan beri taniyman. U taqdiri murakkab, hayotda jiddiy xatolarga yo‘l qo‘ygan odam edi. Kerakli natijalarga erishdi. U iqtidorli inson, iqtidorli tadbirkor edi. Nafaqat mamlakatimizda balki chet elda, xususan, Afrikada ham faol ishladi. U yerda neft, gaz, qimmatbaho metallar va toshlar bilan shug‘ullangan”, — degan Putin.
Peskov "Vagner” rahbarining o‘limiga Putin aloqadorligini rad etdi. Tegishli fikrni Belarus rahbari Aleksandr Lukashenko ham ilgari surdi. U Prigojin undan xavfsizlik kafolatlari so‘ramagani va "Vagner” Belarusda qolishini aytdi.

Ukraina prezidenti Vladimir Zelenskiy ham voqeaga munosabat bildirdi va Ukrainaning bunga aloqadorligini rad etdi. U aviahalokat ortida kim turganini hamma tushunishini aytdi.
Категория: Har-Hil | Просмотров:124 | Добавил: Admin | Теги: yangilik | Рейтинг: 0.0/0
Всего комментариев: 0
Добавлять комментарии могут только зарегистрированные пользователи.
[ Регистрация | Вход ]
Профил
Время:12:19
Добро Пожаловать, Mexmon
Поиск
Калькулятор
Календарь
«  Avgust 2023  »
ПнВтСрЧтПтСбВс
 123456
78910111213
14151617181920
21222324252627
28293031